Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Shofirkon tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi


III.Yangi mavzu: Ruslarning bosqinchilarga qarshi kurashi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə3/4
tarix16.04.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#98997
1   2   3   4
Ruslarning bosqinchilarga qarshi kurashi 2 ochiq dars

III.Yangi mavzu: Ruslarning bosqinchilarga qarshi kurashi
Mo‘g‘ullarning Rus yerlarini istilo qilishi. Chingizxon O‘rta Osiyo va Eronning shimolini istilo qilganidan so‘ng mo‘g‘ullar 1223-yilda rus yerlariga ham bostirib kiradi. Mo‘g‘ullar rus askarlarini otliq qo‘shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, tor-mor qiladi.

Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237–1242-yillarda Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari olib boradi. Uning qo‘shinlari dastlab Rus knyazliklarini, keyinchalik Polsha, qisman Serbiya va Bolgariyani istilo qilishadi. Rusdagi feodal tarqoqlik mo‘g‘ullarga qo‘l keladi, dastlab Volga bo‘yi shaharlari, so‘ng Kiyev 1240-yilda olinadi.

Botuxon yangi bosib olingan hududlarda Oltin O‘rda xonligini tuzadi. Uning dastlabki poytaxti Saroy Botu Volga daryosining quyi oqimida, hozirgi Astraxan shahri yaqinida bo‘lgan.
Botuxon bo‘ysundirilgan aholidan soliq va to‘lovlarni tezroq to‘play boshlash uchun Yaroslavni «knyazlar oqsoqolligi»ga tayinlab, unga Vladimir knyazligini boshqarish yorlig‘ini beradi. Mo‘g‘ullar istilosi rus davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta’sir o‘tkazib, uning taraqqiyotini susaytirdi.
Ruslarning nemis va shved bosqinchilariga qarshi kurashi. XIII asrning boshlarida Boltiq bo‘yida yashovchi est va lit qabilalariga qarshi nemis feodallari urush olib boradi. Rim papasi salib yurishlari deb e’lon qilgan bu urushlardan maqsad ma halliy aholini katolik diniga o‘tkazish ham edi.

Nemis ritsarlari estlar yerlarini egallaganidan so‘ng, Novgorod-Pskov chegaralariga yaqinlashadi. Nemis ritsarlaridan so‘ng shved feodallari ham faollashadi. Ular 1240-yilda Neva daryosi bo‘ylab Novgorod yerlariga bostirib kiradilar. Ushbu sharoitda Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich 1240-yilning 15-iyulida Neva daryosi sohilidagi jangda shvedlar ustidan g‘alaba qozonadi. Bu g‘alaba sharafiga knyaz Aleksandrga Nevskiy nomi beriladi.
Novgorod-Pskov knyazligining mo‘g‘ullar e’tiboridan chetda qolgan boy yerlari nemis ritsarlarini ham o‘ziga jalb etadi. Nemislar qo‘shini 1240-yilda Pskovni egallaydi. O‘sha yilning qishida nemis ritsarlari Novgorod chegaralariga yaqinlashadi. Bu sharoitda Novgorod himoyasiga yana Aleksandr Nevskiy boshchilik qiladi.
Knyaz Suzdal qo‘shinlari ko‘magida Pskov va uning atrofidagi yerlarni ozod qiladi. Hal qiluvchi jang 1242-yilning aprelida Chud ko‘lida bo‘lib, Aleksandr Nevskiy boshchiligidagi rus qo‘shinlari nemis ritsarlari ustidan g‘alabaga erishadi. Bu jang Rus tarixida «Muz ustida jang» nomi bilan qoladi.




Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin