Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Shofirkon tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə4/4
tarix16.04.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#98997
1   2   3   4
Ruslarning bosqinchilarga qarshi kurashi 2 ochiq dars

IV. Mustahkamlash. Yangi mavzu “Qilich va qalqon” metodi orqali mustahkamlanadi.
Qilich va qalqon” metodiga muvofiq devoriy gazetada ikki ustunda bir-biriga qarshi kurashga tushayotgan askarlar surati chizilgan bo’lib, ularning qalqonlarida yangi o’tilgan mavzu doirasida savollar o’rama kartoteka shaklida joylashtirilgan va shunga ko’ra sinf ikki guruhga bo’linadi va o’zlariga mavzuga muvofiq nom tanlaydilar hamda bunda ham guruhlar, ham faollikka intilayotgan o’quvchilar ballar yig’ib boradilar.
Ushbu metodning o’rama kartoteka savollaridan namunalar:
1. Mo’g’ullar Rus yerlariga dastlab qachon bostirib kiradilar?
2. 1240-yilda egallangan Rus shaharlari qaysilar?
3. Botuxon 1237-1242-yillarda qaysi hududda istilochilik urushlari olib boradi?
4. Botuxon qo’shinlari Rus yerini istilo qilgach so’ng qayerlarni istilo qilishadi?
5. Oltin O’rda xonligining poytaxti qaysi shahar bo’lgan?
6. Botuxon tayinlagan „Knyazlar oqsoqoli” kim?
7. XIII asr boshlarida Boltiqbo’yida yashovchi qaysi qabilalarga qarshi nemis feodallari urush olib borgan?
8. Neva daryosi sohilidagi jang qachon bo’lib o’tgan va bu jangda ruslar kimlar ustidan g’alaba qozonadi?
9. Aleksandr Nevskiy kimlar yordamida Pskov va uning atrofidagi yerlarni ozod qiladi?
10. „Muz ustidagi jang” qachon qayerda bo’lib o’tgan?
Keyingi bosqichda „Baliq ovi” metodi orqali o’quvchilarning tarixiy bilimi sinovdan o’tkaziladi. Bu metodda ham yuqoridagi ikki guruh o’rtasida musobaqa o’tkaziladi. Ushbu metodga ko’ra devoriy gazetada dengizda suzib yurgan baliqlar joylashtirilgan bo’lib, baliqlarda o’rama kartotekali muammoli va qiziqarli savollar joylashtirilgan. Guruh a’zolari „ovlangan baliq” savoliga javob beradilar va ballar yig’ib boriladi. Savollarga guruh a’zosi yoki guruh javob berolmasa baliq „Dengiz”ga qo’yib yuboriladi. Baliqlar to’liq ovlangunga qadar o’yin davom etadi. Guruhlarning ballari hisoblab chiqiladi.
„Baliq ovi” metodi o’rama kartoteka savollaridan namunalar:
1. Bu qo’zg’olon tarixda „Qizil ko’ylaklilar qo’zg’oloni” nomini olgan. Shiori: „Qirq yil qul bo’lib yashagandan bir kun ozod bo’lib yashagan ma’qul”. Gap qaysi qo’zg’olon haqida bormoqda?
2. Bu shaxs 22 yoshida Kiyev Rusi taxtiga o’tirgach Sharqqa yurish boshlagan. Gap nechanchi yil haqida bormoqda?
3. U g’alaba qozonayotgan edi. Angliya qiroli sulh taklif qildi. U ko’nmadi. Oxirigacha kurashib Angliya qirolini asir olmoqchi edi. Biroq o’zi va o’g’li asir tushdi. Bu qirol – kim?
4. U mamlaakat bo’ylab harakatlanganida uni jangchilar va filbonlar o’tirgan fillar kuzatib borgan. Fillar ortidan tuyalar, yo’lbarslar, sher va qoplonlar kuzatib borgan. Ushbu ta’rif berilgan shaxsga zamondoshlari qanday nom berishgan?
5. Bu graflikda eng mashhur yarmarkalar o’tkazilgan. U Fransiyaning shimoli sharqida joylashgan. Bu graflikning markazi bo’lgan shahar bilan bog’liq Fransiya qirollarining qanday an’anasi bo’lgan?
6. U Yevropa hukmdorlaridan farqli, birinchi bo’lib cherkovdan soliq talab qildi. U hatto Rim papasi qarorgohini ham o’zgartira oldi. Gap qaysi qirol haqida bormoqda?
Umumiy ballar hisoblab chiqilib g’olib guruh va darsning eng faol o’quvchisi aniqlanadi.


V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. O’tilgan mavzu yuzasidan 5 tadan savol tuzish va o’qib kelish.
Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin