2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish Oldingi tahrirga qarang. 109. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish qonunchilik
hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan, shu jumladan vazirlik va idoralar tomonidan yangi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi
munosabati bilan, shuningdek ularni qabul qilgan vazirlik va idoralarning tashabbusi bo‘yicha amalga oshiriladi.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son) 110. Yangi idoraviy normativ-huquqiy hujjat tayyorlanayotganligi munosabati bilan muqaddam qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy
hujjatlarga yoki ularning tuzilmaviy birliklariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi
takliflar bunday hujjat loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda tayyorlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang. 110
1
. Vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga bir xil masaladagi o‘zgartirish va
qo‘shimchalarni bitta hujjat bilan kiritishi lozim.
(110 1 -band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020- y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 111. Qonunchilik hujjatlari o‘zgargan taqdirda, vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni
qonunchilik hujjatlariga muvofiq holga keltirishga hamda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni huquqiy ekspertizadan
va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilgunga qadar ushbu hujjatlar qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan qismda amalda bo‘ladi.
(111-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralarga ular tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni
qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqlidir. Bu holda vazirlik va idoralar o‘n kunlik muddatda o‘zlari
qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar. Ushbu norma bajarilmagan taqdirda
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organ (organlar)ni keyinchalik xabardor qilgan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat
reyestridan chiqarishga haqlidir, bu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.
(111-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)