4-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va ularning matnlarini tarqatish Oldingi tahrirga qarang. (124-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020- y.) asosan 2020-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son) Oldingi tahrirga qarang. 125. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilinishi shart.
“O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, vazirlik va idoralarning rasmiy nashrlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(125-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son) Vazirlik va idoralar tomonidan ta’sis etilgan, ta’sis hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan organlar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-
huquqiy hujjatlarni rasman e’lon qilish nazarda tutilgan ommaviy axborot vositalari ularning rasmiy nashrlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva
Respubliki Uzbekistan” va O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingunga qadar o‘zlarining rasmiy
nashrlarida e’lon qilgan taqdirda, bu haqda e’lon qilingan kundan kechikmay, rasmiy nashr rekvizitlarini ko‘rsatgan holda O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligiga ma’lum qiladi.
(125-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son) Oldingi tahrirga qarang. 125
1
. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda
zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati
bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.
(125 1 -band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 27-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2565-5, 15.01.2018-y.) buyrug‘iga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2565-5/0565-son) Oldingi tahrirga qarang. 126. Vazirliklar va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy
materiallari bilan birga) ular rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishi shart.
(126-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 27-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2565-5, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2565-5/0565-son) Oldingi tahrirga qarang. Tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan rasmiy veb-saytlarda e’lon qilinmagan idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralarini qo‘llash taqiqlanadi.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 23-maydagi 138-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-1, 23.05.2014- y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 21-son, 253-modda) 127. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni e’lon qilish va tarqatishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
raqami va sanasi ko‘rsatilishi majburiydir.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni rasmiy va norasmiy nashrlarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida va ma’lumotlarning
elektron bazalarida e’lon qilishda (tarqatishda), shuningdek qayta chop etish yo‘li bilan tarqatishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami va sanasi hujjatning birinchi varag‘ining markazida uning nomining ostiga qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang. (128-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020- y.) asosan 2020-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son) 129. Vazirlik va idoralar, o‘z vakolatlari doirasida, o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining
tarqatilishini ta’minlashlari shart.
130. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishi idoraviy normativ-huquqiy hujjat matni bilan to‘siqsiz (erkin) tanishish
imkonini ta’minlovchi har qanday shakllarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, rasmiy nashrlarda, umumfoydalanish joylaridagi
peshlavhalarda va boshqalarda e’lon qilish yo‘li orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qo‘llashga mas’ul
bo‘lgan shaxslar idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan shaxsan tanishtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
20/34
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish
qoidalariga
1-ILOVA
NAMUNA