sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) bosh buxgalteri — sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) buxgalteriya hisobi va
moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini yuritishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik
bilan ishlatilishini nazorat qilishni ta’minlaydigan jismoniy shaxs;
sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) alohida bo‘linmasining bosh buxgalteri — sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining)
alohida bo‘linmasining buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini yuritishni hamda
moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni ta’minlaydigan jismoniy shaxs;
alohida bo‘linma — sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiali
(vakolatxonasi).
2. Sug‘urtalovchilarning, sug‘urta brokerlarining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya
etilayotgan nomzodlar (bundan buyon matnda nomzodlar deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda
tayinlanadi (saylanadi).
...
2-bob. Malaka talablari 6. Sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) rahbari quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida olingan,
hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ma’lumotga ekvivalent deb tan olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
b) sug‘urta sohasida 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi (sug‘urta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi);
v) quyidagi yo‘nalishlardagi bilimlarga ega bo‘lishi:
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari.
...