O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING BUYRUG‘I
Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlari o‘tkazish vaqtida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi”ni tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlari o‘tkazish vaqtida soliq
maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir Toshkent sh.,
2014-yil 8-yanvar,
22-son
(imzo) X. Xxxxxxxx Kelishilgan: Davlat soliq qo‘mitasi raisi 2014-yil 8-yanvar
(imzo) X. Xxxxxxxx O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 8-yanvardagi 22-son buyrug‘iga
ILOVA
Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlari o‘tkazish vaqtida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi” Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) (bundan buyon matnda standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasida soliq
maslahati bo‘yicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu standartning maqsadi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlarini o‘tkazish vaqtida soliq maslahatchilari
tashkiloti tomonidan mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash hisoblanadi.
2. Mazkur standart talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.