X. Xxxxxxxx Tashqi ishlar vaziri 2014-yil 7-yanvar
(imzo) X. Xxxxxxxx “O‘zbekiston pochtasi” AJ Bosh direktori 2014-yil 7-yanvar
(imzo) X. Xxxxxxxx O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2014-yil 12-yanvardagi 99-son
qaroriga
ILOVA
Pochta, kuryerlik jo‘natmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA
Ushbu Yo‘riqnoma pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta, kuryerlik jo‘natmalarida odamlar hayoti va sog‘lig‘i
uchun xavfli bo‘lgan predmetlar va moddalarni aniqlash bo‘yicha nazoratni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
pochta, kuryerlik jo‘natmalari nazorati — pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ularda xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini aniqlash
maqsadida vizual ko‘rikdan o‘tkazish va texnik nazorat vositalarini qo‘llash orqali tekshirish;
xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari — Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) 3-
ilovasi 1-bandi “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan predmetlar va moddalar yoki ularning belgilarini o‘z ichiga olgan jo‘natmalar;
vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati;
texnik nazorat vositalari — xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan maxsus texnika (metallodetektorlar,
rentgen texnikasi, dozimetrlar, gaz analizatorlari va boshqalar).
2. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari nazorati ularni qabul qilish, saralash va ishlov berishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatorlari,
provayderlariga yuklatiladi.
3. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari nazorati joylari quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:
noqulay sanitariya-epidemiologik sharoitga, karantin va observatsiya zonalariga ega mamlakatlar ro‘yxati (bunday mamlakatlar ro‘yxati
Respublika karantin va o‘ta xavfli infeksiyalarni profilaktika qilish markazining ma’lumotlari bo‘yicha tuziladi);
pochta, kuryerlik jo‘natmalari yuqori e’tiborni talab etadigan mamlakatlar ro‘yxati (bunday mamlakatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotlari bo‘yicha tuziladi);
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) 3-ilovasi 1-bandi “a” va “b” kichik bandlarida
ko‘rsatib o‘tilgan predmetlar va moddalar, shuningdek ularning belgilari ro‘yxati;
texnik nazorat vositalari;
ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xabardor qilish sxemasi (bundan buyon matnda
xabardor qilish sxemasi deb yuritiladi).
4. Pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda, bunday jo‘natmalar mazkur
Yo‘riqnomada o‘rnatilgan talablarga rioya qilingan va ushbu Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilgan holda ajratib
qo‘yiladi.
...