5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
33/34
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
QARORI
“Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (ro‘yxat raqami 1807, 2008-yil 16-may) rasmiy sharh berish to‘g‘risida
Nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish tartibi bo‘yicha kelib
tushayotgan so‘rovlarni e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 30-apreldagi 44 va 2008-33-son “Soliq to‘lovchilarga nol
darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash
haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1807, 2008-yil 16-may) ilovaga muvofiq rasmiy sharh berilsin.
2. Mazkur qaror tasdiqlangandan keyin o‘n kunlik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelishish uchun yuborilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin ijroga yuborilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 11-avgustdagi 19 va 88-son qaroriga
ILOVA
Dostları ilə paylaş: