Muayyan muassasa, tashkilot oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabi farmoyish hujjatlari tayyorlanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi.
Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart- sharoit ko ‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (hujjatga) havola qilinadi. Asoslashga ehtiyoj bo'lmagan hollarda to’g’ridan to’g’ri buyruqning farmoyish qismi beriladi.
Farmoyish larda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi fe’lning buyruq (III-shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi).
Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani, ba’zan esa ilgarigi joriy yoki boshqa hujjat bekor qilinganligi qayd etiladi. Ba’zan farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bolgan hujjat nomi ham ko‘rsatiladi.
Muassasa ma'muriyati (direktor, uning o'rinbosarlari, bosh muhandis, uning o'rinbosarlari), shuningdek, bo'limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati cheklangan bo'lib, bo'limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo'ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida «Buyuraman» so'zi o'rniga «Tavsiya qilaman», «Ruxsat beraman» kabi iboralar ishlatiladi. 1-, 2-ilovalarda farmoyish namunalari berildi.
Buyruq
Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo'llanadi. Mohiyat-e'tibori bilan buyruqlar ikkiga bo'linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo'limlari faoliyatini tartibga solishda qo'llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko'rsatma hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbir belgilanadi, mas'ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog'liq me'yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi.