Buyuk ajdodlarimizning jasorati va fidoiyligi avlodlar uchun ibrat maktabidir
Buyuk ajdodlarimizning jasorati va fidoiyligi avlodlar uchun ibrat maktabidir.
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida uzzu kun sergak boʻlib xizmat qilayotgan harbiy qismlardan birida oʻtkazilgan ijodiy uchrashuvda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dotsenti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Toʻlqin Eshbekning Munavvar qori Abdurashidxonov hayot yoʻli va ijodigi bagʻishlangan “Ajdodlar jasorati – avlodlar merosi” mavzuidagi maʼruzasi tinglovchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
– XX asr ziyoli oʻzbeklari tomonidan “maʼnaviy ilhomchi”, “buyuk millatning buyuk kelajak maqsadlari uchun tunu-kun tinim bilmagan xalq xizmatkori”, deya eʼtirof etilgan adabiyotshunos, tarbiyachi, muharrir, maorif, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxonovning ibratli hayot yoʻli va boy ijodiy merosini teran nigoh ila oʻrganishimiz zarur,– dedi maʼruzachi.– Ulugʻ ajdodimiz 1878 yil Toshkent shahrining hozirgi Shayxontohur tumani, Darxon mahallasida oʻqituvchilar oilasida tugʻilgan. Eshonquli dodgoh (Toshkent) va Mirarab (Buxoro) madrasasida taʼlim olgach, Toshkentning Darxon masjidida imom boʻlib ishlaydi. XIX asr oxirida Munavvar qori jadidchilik harakatida faol ishtirok etadi. 1901 yil avval oʻz uyida jadidchilik maktabini ochadi, keyinroq Toshkentning boshqa dahalarida ham ochadi. U maktablar uchun grammatika va alifbo asoslari ifodalangan “Birinchi ustoz” nomli yangi usuldagi ilk darslikni tayyorlaydi. “Ikkinchi ustoz” deb nomlangan ikkinchi kitobida oʻqish va yozishga qaratilgan uslubni, shuningdek, oiladagi oʻzaro munosabatlarni yoritgan. Munavvar qori, shu bilan birga ilk matematika darsligini tayyorlagan. “Tajvid al-Qurʼon”, “Yer maydoni” kabi qoʻllanmalar tayyorlab, ularni nashrdan chiqaradi. Bolakaylar uchun esa sheʼr va hikoyalar yozadi. 1909 yil Toshkentda “Jamiyati xayriya” ittifoqini va “Turon” uyushmasini tashkil qiladi.
Munavvar qori 1906 yil “Xurshid” birinchi gazeta tahririyatini ochadi. Keyinroq u yerdagi “Najot”, “Kengash” gazetalarida muharrir, “Sadoyi Turkis-ton” gazetasida esa bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritadi. U oʻzbek teatri asoschilaridan biri. U teatr yordamida “buzuq odatlar” va ularni tuzatishni koʻrsatgan. Uning truppasi “Turon” deb nomlangan. Truppa 1914 yildan 1924 yilga qadar faoliyat koʻrsatgan.
1917 yil fevral revolyutsiyasidan soʻng Munavvar qori Turkiston xalq demokratik davlatining yaratilish gʻoyasini ochiqdan-ochiq ifoda qiladi. U Qoʻqonda yaratilgan “Turkiston Muxtoriyati”ni qoʻllab-quvvatlaydi. 1918 yil aprel oyida Turkiston davlat universiteti rektori etib tayinlanadi. 1918 yil “Turk oʻchogʻi” ilmiy-maʼrifiy jamiyatini ochadi. U 20-yillar “Milliy ittifoq” va “Milliy istiqlol” yashirin tashkilotlariga boshchilik qilgan. Shuning uchun Sovet hukumatining birinchi raqamli dushmani, deb hisoblanib, ozodlik uchun oʻzbek kurashchilarining boshchisi boʻlmish Munavvarning faoliyatini oʻrganish taqiqlangan edi. 20-yillar oʻrtalarida repressiya kuchayadi va Munavvar qori barcha lavozimlardan chetlatiladi. Bu uni mustaqillik gʻoyasini ilgari surishiga toʻsqinlik qila olmadi. U 1929 yil hibsga olingan va 1931 yil otib tashlangan. Moskvadagi Vagankovo qabristoniga qoʻyilgan.
Ulugʻ ajdodimizning maʼnaviy jasorati oʻz davrida ham qahramonlik edi. U Hamza, Elbek, Oybek, Akmal Ikromov, Abdulhay Tojiyev, Salimxon Tillaxonov, Qayum Ramazon, Bahrom Haydariy, Mannon Uygʻur kabi madaniyat arboblari, adabiyotshunoslar, olimlarga ham ustozlik qilgan.
101 yil ilgari tashkil etilgan hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining birinchi rektori sifatida dorilfununimizning faxriga aylangan ulugʻ ustozning betakror maʼnaviy merosi – bugungi ajdodlar uchun ham gʻoyat qadrlidir.
Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g`oya targ`ibiga bag`ishlangan buyuk milliy ma`naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga etish targ`ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.
9 mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.
Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. O`tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga etish kerak.
Mustaqil O`zbekiston xalqi va davlati avval-boshdan tinchlik-totuvlik tarafdori sifatida maydonga chiqdi.
Ana shu asoslarga ko`ra, mustaqillik yillarida ham bizda 9 may umumxalq bayrami sifatida, 1999 yildan boshlab esa Xotira va Qadrlash kuni sifatida nishonlaymiz.
Fashizm ustidan qozonilgan g`alabada xalqimizning ham mardonavor va salmoqli hissasi unutilmas haqiqatdir.
9 may – Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga etishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo`lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga davlatimiz tomonidan mukofotlar topshirish, moddiy va ma`naviy rag`batlantirish qutlug` an`anaga aylandi. Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a`zolariga moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatilmoqda.
Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o`tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo`lganlar xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib, Vatan obro`-e`tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo`shayotgan faxriylarni e`zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 75 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag`batlantirish maqsadida, davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 martdagi