Ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 338,45 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü338,45 Kb.
#113087
FALSAFA Turaqulova Anora (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI



IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
SOTSIOLOGIYA 2- KURS SIRTQI YO‘NALISHI
FALSAFA” FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

Bajardi:________________________


Tekshirdi________________________

Mavzu: “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo‘nalishlarining mazmun-mohiyati.


Reja:

  1. Jadidchilik namoyondagi Munavvar Qori Abdurashidxonovning pedagogik faoliyati tavsifi

  2. Munavvar Qori asarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining o’rni

  3. Munavvar Qorining asarlarida bola shaxsi shakllanishini yoritilganligi

Jadidchilik namoyondagi Munavvar Qori Abdurashidxonovning pedagogik faoliyati tavsifi 1880 – 1882 yillarda O‘rta Osiyoda rus – tuzem maktablari ishlay boshladi, so‘ngra 1889 – 1900 yillardan boshlab yangi usul, ya’ni jadid maktablari ishlay boshladi. Bu maktabning asoschisi tatar ziyolisi Ismoil Gaspirinskiy (1852 – 1914) bo‘lgan va u dastlab Buxoro, Toshkent, Samarqand, Xiva, Qo‘qon, Andijon, Xo‘jand shaharlarida ommalashib ketishiga sababchi bo‘lgan, jadidchilar: Hamza, Fitrat, Cho‘lpon, A.Avloniy, Domla Ibodiy, Munavvar Qori Abdurashidov va boshqalar o‘zlari maktablar ochib dars berganlar.


1917 yil tuntarishidan so‘ng Markaziy Osiyodagi 3 ta (Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qo‘qon honligi) davlat urnida yangi yo‘nalishdagi mafkuraga asoslangan respublikalar, ya’ni Turkiston Muxtor Jumxuriyati (Sobiq Turkiston ASSR), Buxoro Xalq Respublikasi, Xiva xalq Respublikasi tashkil topdi.
Yangi Shuro xukumati avvalgi ta’lim tizimi, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni isloh qilish. Xalq maorifi tizimimning yangi shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi.
Bunday tadbirlarni amalga oshirish Turkistonda Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 14 maydagi dekreti asosida boshlandi. Xalq maorifi tizimini tasdiq etish respublika xalq maorifi Komissarligiga va uning maxaliy Sovetlar xuzuridagi bo‘limlariga yuklandi. O‘quvchilarga ilm fanning zarur asoslari bilan bir qatorda, mehnat ko‘nikmalariniham bera oladigan yagona Shuro "Mehnat maktabi" xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi.
Lekin yangi maktablarni vujudga keltirish bir qancha muommolarga duch keldi. Ayniqsa, o‘qituvchining yetishmasligi, darsliklarning va maktab jixozlarining yo‘qligi ishni yanada qiyinlashtirdi.
Sobiq Turkiston ASSRda yangi tipdagi xalq maorifi tizimini tashkil etishda xukumat RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining "Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to‘g‘risida"gi 1918 yil 28 yanvardagi dekretiga asoslanib, mullalar va turli ziyoli din axllarining maktablarda dars berishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida dekret qabul qildi. Mazkur dekretga muvofiq sobiq Turkiston ASSR Xalq maorifi Komissarligi axolining hamma talabalaridan bo‘lgan bolalarni qaysi millatga va jinsga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar maktablarda tekin o‘qitishni Turkiston respublikasida joriy qilish to‘g‘risida buyruq chiqardi.
"Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti 1918 yil may oyining boshida, maktab tubdan qayta qurildi, deb e’lon qildi. 1917 yil tuntarishigacha mavjud maktab va umuman, bolalar hamda usmirlarni o‘qitish ishining tashkil etishiga xos bo‘lgan sinfiy tabaqaviylik hamda kamsituvchilikni tezroq bartaraf etish maqsadida qaror qilindi. Bu haqda chiqargan xukumat murojaat nomasida: "Ulka Sovetlari s’ezdining irodasini bajara borib, darxol yagona va hamma uchun ochiq maktab tashkil etishga kirishildi. Barcha kirish imtixonlari bekor qilindi. Hamma blsqich va idora maktablari endilikda yoshi, millati va dinidan qat’iy nazar o‘qishni istagan hamma kishilar uchun ochib qo‘yildi", - deyilgan edi.
Ushbu murojaatni ulka axolisi xalq maorifi sohasidagi bo‘rilishi,chuqur demokratlashtirishning yakool dalili deb baxoladi.S.R.Rajabov ma’lumotiga ko‘ra. Turkiston Respulikasi partiya tashkiloti hamda xukumatining xalq maorifi sohasida amalga oshirgan yangi siyosatiga javoban ulkada darxol juda ko‘plab maktablar ochildi, ulardagi o‘quvchilar soni bir necha barobar ko‘paygan. 1918 yilning iyunida Toshkentda maorif xodimlarining birinchi s’ezdi ochilib, unda xalq maorifi sohasidagi axvol muxokama qilindi hamda uni qayta ko‘rish bo‘yicha aniq tadbirlar belgilanadi. 1918 yil dekabrda Turkiston Respublikasi xalq maorif komissarligi buyruq chiqarib, hamma maktablarda ona tili va rus tili o‘qitish qaror qilindi.Ushbu qarorni qullab-quvvatlanishi natijasida maxaliy millatga mansub xotin-qizlarni madaniyati, ilm-fanga, ijtimoiy hayotda faol qatnashishga jalb qilish harakati jadval yusinda avj olib ketdi. 1918 yilda Turkiston Respublikasining Markaziy ijroiya Komiteti maktablarda o‘quvchilarni o‘z ona tilida o‘qitishga o‘tish to‘g‘risida dekret chiqardiki, bu ulka xalqlari milliy madaniyatlari istiqboli uchun xalq qiluvchi ahamiyat kasb etdi.Oradan bir oy o‘tkach: "Turkiston maktablarining strukturasi to‘g‘risida Nizom" chiqardi. Maktablarni yangi ijtimoiy negizlarda tashkiliy jihatdan tartibga solish, hama qayta kurish, maqsadida xalq maorifi Komissarliligining buyrug‘iga muvofiq mudirlik, inspektorlik va direktorlik lavozimlari bekor qilindi: saylab quyiladigan rais hamda kotib rahbarligida ishlovchi kollegial organ-pedagogika kengashi umumta’lim maktablariga boshchilik qiladigan bo‘ldi. 1918 yil noyabr oyida Xalq maorif kengashlari o‘quv yurtlarini,ularning turlarini hisobga olgan holda, ro‘yxatdan o‘tkazdilar va shu asosda yangi maktablar ochish hamda ularni joylashtirish extiyojlari to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqdilar. Mazkur tadbir ham ulkada maorif ishini tartibga solishda muhim rol uynaydi. Masalan, "mehnat maktablari" deb atalgan maktablar politexnik ta’limini amalga oshirishga katta e’tibor berildi. Ulkada mehnatkashlar ommasi madadiga suyangan holda yangi tipdagi maktablar vujudga kela boshladi. Jumladan: Toshkent shaxrining eski shahar qismida xalqning bevosita ishtiroki bilan dastlabki 13 ta o‘zbek maktabi, Quqonda 17 ta rus maktabi tashkil etildi. Shunday qilib, 1918 yilning baxolariga kelib, respublikada ishlab turgan maktablarning soni 330 taga yetdi, 1918/1919 o‘quv yilining boshida esa Toshkentning o‘zida 75 ta maktab va Samarqand viloyatida 100 dan ortiq maktab ishlab turgan. 1919/20 yilining boshida ishlab turgan maktablar Farg‘ona viloyatida 350 taga, Sirdaryo viloyatida 839 taga, Samarqand viloyatida 216 taga yetdi. Maxaliy axolidan milliy o‘qituvchilar tayyorlash, milliy darsliklar nashr qilish, Shuro xokimiyati mafkurasiga asoslangan ta’lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish ishlari yuzasidan bir qator tadbirlar belgilandi. Xalq maorifi komissarligi pedagoglar ilg‘or tajribasini yoyishi hamda ularning metodik jihatdan tayyorgarligini oshirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilib toshkentlik ilg‘or muallimlarning tashabbusini ma’qulladi. Ular Turkistonda Shuro xokimiyatining dastlabki maktablarini tashkil etib, yangi maktab muammoalrini o‘rganish bilan cheklanmay, balki maktabshunoslik, xususiy metodika hamda pedagogika masalalariga oid materiallarni ham nashr qildilar. Jumladan, "Umumta’lim maktablari bo‘limining byulleteni chiqarildi, fan predmetlari bo‘yicha metodik xonalar tashkil etildi." 1918-1919 yillardayoq o‘zbek tilida o‘quv adabiyotlarini chop etishga kirishildi. Shu davrda nashr etilgan o‘quv adabiyoti Kruberning "Boshlang‘ich geografiya" tabiiy geografiya bo‘yicha o‘qituvchilar uchun qullanma, "Turkiston" (u Kruber yozgan "Rossiya geografiyasi ocherklari"dan o‘zbekchaga ag‘darilgan) qullanmasi, birinchi va 2-sinflar uchun arifmetika masalalari tuplami (Valishevning tatar tilidan tajrimasi) Qori-Niyozovning tabiatshunoslikka oi qo‘llanmasi shular jumlasidadir. 1920 yilgacha o‘quv adabiyotini chop etish ishlari bilan respublika Xaq maorifi komissarligi shug‘ullangan edi. Shundan so‘ng bu ish yangi tashkil etilgan. Turkiston Davlat nashriyoti zimmasiga yuklatildi. Shuro xukumati xalq maorifiga doir tadbirlarni amalga oshirar ekan, o‘qituvchilar tayyorlashga ko‘proq e’tibor berdi, tez orada Toshkent o‘qituvchilar tayyorlashning markaziga aylandi. 1918 yilning iyunida bu yerda dorilmuallimin (yerli millat yoshlaridan muallimlar tayyorlash instituti) ochildi. Olti oylik ulka kurslari tashkil etildi. 1918-21 yilgacha maxaliy millatlardan 3 mingga yaqin muallimlar tayyorlandi. 1918-21 yilgacha vaqt ichida Turkistonda bir necha o‘quv yurtlari,jumladan, Turkiston sharqshunoslik instituti, Samarqandda o‘zbek bilim yurti, 1921 yilda ximiya-farmakologiya instituti tashkil etildi. O‘qituvchilar tayyorlash yilda-yilga yaxshilanib bordi. 1925 yilda O‘zbekiston qishloqlarida ishlab turgan maullimlar 2748 kishiga etdi yoki 1917 yilga qadar xukukmat maktablarida ishlab turgan muallimlarga nisbatan turt barobar ko‘paydi. Shu bilan birga ta’lim-tarbiya ishlari yaxshilandi. O‘quvchilarni darsliklar va o‘quv kurollari bilan ta’minlash ham yo‘lga qo‘yildi. Xukumat xalq maorifi uchun mablag‘ ayamaydi. 1925-25 o‘quv yilida xalq maorifi extiyojlariga 11,4 mln. sum, respublika budjetining 24% sarflandi. Maktablarni tashkil etishda maxaliy axoli orasidan birinchi bo‘lib yetishib chiqqan muallimlar X.X.Niyoziy, A.Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullaev, Abdurauf Fitrat, Isxokxon Ibrat G.N.Kori-Niyoziy, Munavvar Kori, Tuxtanazar Shermuhamedov, Ergash Komilov, Okilxon Sharofiddinov va shu singari ziyolilar faol qatnashdilar.Ibratning asli ismi Isxokxon, otasining ismi Junaydulladir.Birinchi marta jadidchilik Qrimda paydo buldi. Uning ijodkori XX asr boshida Islombek Gasperali edi. Sharq xalqlari manaviy xaetida, maktab maorifida inkilob yasagan "usuli jadid" nomini olgan "Usuli savtiya"ni u boshlab bergan. Ubarcha turkiy xalqlari yaxlit, yagona millat deb bildi. Ularning ham ilm-marifatda, xak-huquqda dunyoning taraqqiy etgan millatlari bilan teng kurmokni orzu kildi.
Yangi usul maktabi kuydagilarga asoslangan:
- sinfda bolalar soni 30 dan oshmasligi;
- bolalar yoz va qishda 2 marta maktabga qabul qilishi (bir yilda ikki dafa);
- har bir qabul 1-sinfdan oshmasligi;
- har bir muallimda ko‘pi bilan 3-4 sinf bo‘lish;
- darslar ketma-ket tartibda bo‘lishi;
- 7-9 yeshdagi bolalar 7-8 soat o‘qisholmaydi, ularning o‘qishi uchun 5 soat kifoya.
- juma va bayram kunlari dam olish.
- o‘qishdan sung yozgi issiq kunlarida ta’til bo‘lishi;
- dars zeriktirmasligi;
- shogirdni urish va so‘qish befoyda ekanligi;
- o‘qish qoidalarini rioya etish:
Buxoro, Samarkand, Farg‘ona, Namangan, Quqon, Toshkentda ko‘plab ziyolilar jadidchilik harakatiga bosh-qosh bo‘ldilar; Fayzulla Xo‘jaev (1896-1938), Isxoqxon Ibrat (1862-1937), Siddiq Aziziy (1864-1924), Saidrasul Aziziy (1864-1933), Muhammad Sharif So‘fizoda (1869-1937), Maxmudxuja Bexbudiy (1875-1919), Abdulqodir Shukuriy (1875-1993), Abdulla Avloniy (1878-1934), Sadriddin Ayniy (1878- 1954), Munavvar qori Abdurashidov (1878-1931), Ismatilla Raxmatullaev (1883-1962), Abdurauf Fitrat (1884-1939), X.X.Nieziy (1889-1929) va boshqalar. Ma’rifatparvarlarning harakat dasturlari qo‘yidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan edi.
1. diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash.
2. Feodal davri maorif tizimini isloh qilish, dunyoviy bilimlarni ona tilida o‘qitishga moslangan yangi maktablarni tashkil etish.
3. Ma’rifatparvarlik g‘oyalarini xalq ommasiga yetkazish va adabiy tilini ishlab chiqish xalq ommasiga tushunarli bo‘lgan adabiyot va teatrni yaratish.
4. Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va maktablarda tahsil olishiga imkoniyat yaratish.
5. Mahalliy boylar va savdogar aholining siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus burjuaziyasi bilan bir huquqda bo‘lish hamda mustamlakachilik siyosatini islox qilish.
Asosiy talablari mana shundan iborat ma’rifatparvarlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bo‘lib, ular shu qurol yordamida o‘lkada ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoq edilar.
Ma’rifatparvarlar harakati savod chiqarish uslubining yangicha shakllarini ijod qildilar. Ular tomonidan matematik, geografiya, tarix, tabiyot kabi fanlarning darsliklari dasturi ishlab chiqildi. Markaziy Osiyo jadid ma’rifatparvarlaridan M.Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, S.Ayniy, Isxokxon Ibrat, Shakuriylar ma’rifatparvar harakatining asoschilaridir. Munavvar Qori asarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining o’rni Jadidchilik harakatining yirik vakillaridan bo'lgan Munavvar Qori Abdurashidxonov (1878-1931)1 Ismoil Gaspirinskiy-ning o'qish va o'qitish, madrasa va maktab islohotiga oid fikrlari-ning Turkistondagi otashin targ'ibotchilaridan biri edi. Bunda Bog'chasaroyda nashr etilgan «Tarjimon», Tataristonda chop etilgan «Vaqt», «Yulduz», Istanbulda bosilgan «Siroti mustaqim» («To'g'ri yo'l»), kabi matbuot nusxalarining Turkistonga turli yo'llar bilan tarqalishi katta o'rin egalladi. Munavvar Qori 1901-1904-yillarda qrimlik do'sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «usuli sovtiya» maktabini ochadi. 1910-yilga kelganda bunday maktablar 10 tagacha yetadi. Chor ayg'oqchisi 1912-yilda bunday yozgan edi: «Toshkent shahrida yashab turgan Munavvar Qori-ning hozirgi paytda 80 o'quvchisi bor.Ularni tatar uslubida o'qitadi. Bu maktabning o'quvchilari sart tilida sahna asarlari qo'yadilar».«Наука и просвешение» jurnalining ma'lumotlariga qaraganda, Munavvar Qori Abdurashidxonovning «Namuna» maktabida bir necha yuz bola o'qigan. Bu maktabda tayyorgarligi anchagina jiddiy bo'lgan iste'dodli yoshlar o'qituvchilik qilishgan. Ularning qo'lida ta'lim olgan yoshlar orasidan keyinroq Hamza, Qayum Ramazon, Oybek Mannon Uyg'ur kabi iste'dodli adib va san'atkorlar yetishib chiqishdi.
Ulug' pedagog olib borayotgan ishlar zolim chor hukumati vakillarini ancha bezovta qilib qo'ydi. Bu haqda jadidchi Mo'minjon Muhammadjonovning «Turmush urinishlari» asarida shunday yozilgan: «Olmaota (Verniy)da rus muallimlarining katta yig'ini bo'ldi, shul yig'inda «tatarlar qozoqlar bilan birga sart bolalari o'qitilmasun! O'qumishli tatarlarga Turkiston o'lkasida turish uchun yo'l qo'yilmaslik kerak! Chunki ular sart, qozoqlarga bilim tarqatib, ko'zlarini va fikrlarini ochadirlar. So'ngra bizga yemak uchun Turkistonda non qolmaydir. 2-yangi tartib bilan o'qituvchi muallimlar, progromlari, o'qitadurgon kitoblari kim-ning asarlari ekanligini «inspektor»larga yozib ko'rsatmaguncha bola yig'ib o'qita olmaydurlar», deb qaror berdilar. Chor amaldorlari maktablarning dasturlari bilan muntazam tanishib borganlar va imtihonlarda ishtirok etganlar». Sirojiddin Ahmadning «Munavvar Qori»1 maqolasida qayd qilinganidek Munavvar Qori pedogogik va badiiy asarlar ham yozgan. U Turkiston o'lkasida birinchilar qatorida «Adibi avval», «Adibi soniy», «Yer yuzi» («Jug'rofiya»), «Havoyiji diniya» kitoblarini (1907-yilda) nashr ettirgan. 1914-yilda Salim Ismoil Ulviyaning Qur'on qiroati bo'yicha saboq beruvchi «Tajvid»ini o'zbekchaga tarjima qilib, Orenburgda nashr ettirgan. «Sadoi Turkiston» jaridasida bosilgan Kamiy, Xislat, So'fizoda, Hamza kabi shoirlarning she'rlarini to'plab, «Sabzazor» nomi bilan chop ettirgani ma'lum. Ulug' mutafakkir bu ishlar bilan ham cheklanmadi. O'ziga o'xshash ochiq fikrli yoshlar - Ubaydulla Xo'jayev, Abdulla Avloniy, Toshpo'lat Norbo'tabekov, Karim Norbekov va boshqalar bilan hamkorlikda 1909-yilda toshkentlik bir boyning raisligida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi. Biroq, bu jamiyat iqtisodiy jihatdan bir necha ag'niyolarning iona va yordamiga suyangani uchun erkin ish olib bora olmaydi. Lekin rais o'rinbosari bo'lgan Munavvar Qorining tinib-tinchimasligi natijasida jamiyat taraqqiyparvar yoshlar qo'liga o'tadi.Jamiyatning yangi a'zolari pul topmakka ham yangi yo'l-lar izladi, boshlab «Gramafon obshestvo sila» suylashib, har bir plastinkadan o'n tiyin olmoq sharti-la bir hafta hofizlarni va o'z tarbiyasidagi maktab shogirdlarining tovushini sotdi, bundan faqat shu yil ichindagina loaqal ikki ming so'm kirsa kerakdir».Munavvar Qori Abdurashidxonov milliy matbuotning asoschilaridandir. U 1906-yil sentabrda «Xurshid» («Quyosh») jaridasini nashr etdi va unga muharrirlik qiladi. «Najot» (1917-yil), «Kengash» (1917-yil), «Hurriyat» (1917-yil), «Osiyo», «Ha-qiqat», «Turon» kabi matbuot nashrlarida muharrirlik qiladi.Munavvar Qori matbuotga elni, millatni g'aflat uyqusidan uyg'otuvchi, buyuk kuch, madaniyat va ma'rifatga chorlovchi buyuk vosita, haqiqat jarchisi deb qaradi.U «Sadoiy Turkiston» (1915-1918) jaridasida maktablarni takomillashtirish, imtihonlar o'tkazish haqida yozar ekan: «...Butun dunyodagi madaniy millatlarning qayg'u va hasratlariga ishtirok etmagan va bu shodlik masarratlaridan bahra olmagan bir qavm va bir millat bor esa, ul ham Turkiston turklaridirmiz», deydi.Munavvar Qori 1913-yildan o'z faoliyatini boshlagan «Turon truppasining tashkilotchilaridan bo'ldi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o'zbek milliy teatrining birinchi ochilish marosimi bo'ldi. Spektaklni birinchi pardasini ochish Munavvar Qori Abdurashidxonovga topshirildi. Mazkur tanatanada u bunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o'ynalmag'onligi barchangizga ma'lumdir. Shul sababli ba'zi kishilarimiz teatrga, ehtimolki o'yinbozlik yoki masxarabozlik ko'zlari ila boqurlar. Holbuki, teatrning asl ma'nosi «Ibratxona» yoki «Ulug'lar maktabi» degan so'zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband bir uyga o'xshaydurki, unga har kim kirsa o'zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko'rib ibrat olur».Munavvar Qori Turkiston o'lkasining qoloqligi sabablarini izlar ekan, «Mana, ket-baket yetgan bunday savollarga javob bermak uchun nodonliq va olamdan xabarsizliq demakdin bosh-qa chora yo'qdir. Bu nodonliq va dunyodan xabarsizliq balosidan qutulmoq uchun avval oramizda hukm surgan buzuq odatlarning buzuqligini bilmak va o'rganmak kerakdir», deydi u. U teatr san'atiga ana shu «buzuq odatlarning buzuqligini bilmak» va tuzatmak muassasasi, «tabibi hoziq» deb qaradi.Munavvar Qori Abdurashidxonov insonning ma'rifatli bo' lib, ko'zi ochilmaguncha vijdoni uyg'onmasligini, vijdoni uyg'onmasa na o'zining, na xalqining erkini muhofaza qila oli-shini, bu - imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan o'z asar larida ko'rsatib berdi. Bu ulug'vor yo'lda u mardonavor va qahramonlarcha kurashadi.Jadidlar o'zlari tashkil etgan matbuotda o'z g'oya-fikrlarini e'lon qilib xalq orasida keng ma'rifatchilik ishlarini olib boribxalqni «har vaqt g'aflat uyqusidan uyg'otuvchi», «millat ongining ochqichi» ekanligini namoyon etib o'lka aholisini hur fikrlashga katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu davrda «Erk», «Turon», «Maorif havaskorlari», «Taraqqiyparvarlar», «O'qituvchilar ja-miyati» kabi uyushmalar paydo bo'ladi. Munavvarqori aytgani-dek, «Ularning butun umidi Rossiyadagi inqilob jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy cheklash va jabrlashdan ozod qi-lish, ularning haq-huquqlarini yevropaliklar bilan tenglashtirish, xilma-xil maktab va matbuot ishlari hamda turli-tuman jamiyat-lar tashkil etishga keng imkoniyat yaratib berishga qaratilgan edi».Jadidlar bu davrda «ozodlik, kenglik va adolat» shiori ostida ishladilar. Ularning 1916-yil mardikorlikka olish voqeasiga mu-nosabati g'oyatda e'tiborga molikdir. Jadidlarning mardikorlarni qaytarishga urinishlari 1917-yil fevral inqilobi boshlanishi bilan to'la amalga oshdi. Bu hodisa el orasida obro'sini ko'tardi. Maz-kur holat jadidlar ma'rifatparvalikdan siyosiy kurashga allaqa-chon o'tganliklarini bildirar edi. Jadidlar Nikolay II ning 1916-yil 25-iyundagi farmonini be-kor qilish va butun o'lka bo'ylab birdaniga isyon harakatini bosh-lash uchun kurash olib bordilar. Yosh buxoroliklar sardorlaridan Usmonxo'ja Po'latxo'jayev, Yosh xivaliklar rahbari Pahlavon Ni-yozhoji, Turkiston jadidlari Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonovlar xalq ommasini o'lka qo'zg'oloniga da'vat etganlar, joylarda aholining yig'inlarini o'tkazdilar, o'sha mudhish farmonni bekor qilishni qat'iyan talab qilib chiqdilar. Samarqanddan Muftiy Mahmudxo'ja Behbudiy, Toshkentdan Munavvar Qori, Xivadan Polvonniyoz Yusupov, Buxorodan Usmonxo'ja, Jizzaxdan Qori Komil, Qo'qondan Obidjon Mah-mudov, Andijondan Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Sa'dullaxo'ja Tursunxo'jayev, Haqqul Husanboyev, Akbar O'ro z -aliyev beklar va boshqalarning ishtirokida bo'lgan yig'in larda mardikorlikka olish haqidagi farmonga qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqilgandi. Turkistonda mardikor olish xususidagi farmoyishning qonuniy shakl olishiga monelik qilishuchun tadbir ko'rdilar, bu farmon qo-nuniy shakl olgan taqdirda norozilik mohiyatidagi isyonlar chiqarishni ko'zda tutdilar.
Andijon shahridagi eng yirik millioner, milliy burjuaziyaning tipik vakillaridan biri, jadidchilik harakatining homiylaridan biri Mirkomil Mirmo'minboyevning Qo'qon va Marg'ilon shaharlari mingboshilari nomiga yo'llagan xatida shunday yozgan edi: «Shahringizdagi aholi va boy-larga mardikorlikka qarshi chiqishlarini ayting, Rossiyaning ahvoli juda tang, shuning uchun hech narsadan qo'rqmanglar. Hammangiz bir yoqadan bosh chiqarib ish yuri tingizlar, mardikor olinishiga qarshi qo'zg'olon ko'tarilishi oson. Hozirgi vaziyatda hukumat amal dorlariga pul bo'lsa bas, hamma ishni bitiradilar. Mening xaloyiqni qo'zg'olonga undash harakatim bilinib, tekshiruv o'tkazilganda 150 ming so'm berib o'zimni saqlab qoldim. Shu boisdan sizlar ham xavotirlanmay harakat qilaveringlar».Andijon taraqqiyparvarlar jamiyati sardorlaridan biri, keyinchalik Turkiston milliy muxtoriyati tashkilotchilaridan biri, hukumat a'zosi bo'lgan Ubaydulla Asadullaxo'jayev o'sha 1916-yil A.N.Kuropatkinga tutqazgan arizasida ham Andijon uyezdi boshlig'i polkovnik Brjezitskiy davrida, avvallari ham mavjud bo'lgan poraxo'rlik, tovlamachilik, zo'ravonlik nihoyatda ku-chayib ketgani va bu qoidaga aylangani, tizimga tushganini bayon etgandi. Aholidan o'lpon olish va poraxo'rlikka mahalliy amaldorlarni, ellikboshi, mingboshilar, shahar bosh oqsoqo­li Shermat Alimqulov kabi ma'muriyatni jalb qilganini, soliq, o'lpon undirish, pora olish ma'muriyat vakillari tomonidan bevosita emas, balki bilvosita, o'rtadagi odamlar orqali amalga oshirilayotgani ham aytilgandi o'sha shikoyatda. Uyezd boshlig'i tilmochi Yusufhoji Chorishev hamda pristavlar tarjimonlari pora olishda mustamlakachi ma'murlarga vositachilik qilayotganlik-lari, natijada aholining amaldorlarning noqonuniy ishlari yuza-sidan shikoyatlari hech qachon adolatli hal qilinmayotgani ham Ubaydulla Xo'jayev arizasida ko'rsatilgandi.Chor ma'murlari, bosqinchilarning poraxo'rlikka mukka-sidan ketganligi, bunday og'ir yukning mahalliy aholi yelkasiga tushgani Zakiy Validiy To'g'on esdaliklarida ham o'z ifodasini topgan. Chor hukumatining Peterburg va Turkistondagi amaldorlari, Buxoro va Xiva xonlaridan, Turkiston mahalliy aholisidan katta poralar olgani haqida to'xtalib, Zakiy Validiy To'g'on mana bu dalillarni keltirgan:«Amudaryo uyezdi boshlig'i polkovnik Gulasovskiy, ma'lum muddatda Turkiston general-gubernatori bo'lgan general Galkin, harbiy vazir Suxominov, Rusiya harbiy shtabining Osiyo bo'limi boshlig'i general Seel va uning muovini Abdulaziz Davlatshin juda katta pora oldilar... Turkiston general-gubernatori Kuropatkin urush ehtiyojlari uchun aholidan 2 million 400 ming rubl «sovg'a» to'plagan edi. Bu pullarning ko'p miqdori generalning cho'ntagida qolar edi».1916-yil iyulida Andijon mahalliy jamoatchiligi nomidan jadid Ubaydulla Xo'jaev, millioner boy Mirkomil Mirmo'minboyev, jadidlarga xayrixoh bo'lgan sotsialist-revolyutsioner Vadim Chaykinlar Peterburgga borib davlat dumasiga Turkistonda ro'y bergan dahshatli, fojiali voqealarni izohlab, Andijonga duma a'zolaridan kelib, mustamlakachi ma'murlarning bu yerdagi jinoyatlarini tekshirib, aybdorlarni jazolashni talab qiladilar. davlat dumasi a'zolari Rayevskiy, Vinogradov, P.B.Tevkeleyev-lar andijonlik vakillar xatiga, talablariga ko'ra Oliy bosh qo'mondonlik qarorgohiga borib, bor ahvolni bayon etishib, zud-lik bilan chora ko'rmaslik, kelajakda og'ir oqibatlarga olib keli­shini bildirishdi. Bunga muvofiq podsho Nikolay II Turkistonda mardikorlikka olish muddatini 1916-yil 15-sentabrgacha ke-chiktirish haqida farmon berdi. G'arbiy front qo'mondoni A.N.Kuropatkin Toshkentga Turkiston general-gubernatori qi-lib jo'natildi. A.N. Kuropatkin bilan birga Turkistonga IV davlat dumasi a'zolari A.F.Kerenskiy, K.B. Tevkeleyevlar keldilar, ularga Sh.Z.Muhammadyorov, Mustafo Cho'qayevlar hamroh bo'lishgandi.Ular Toshkent, Qo'qon, Marg'ilon va boshqa shaharlarda bo'ldilar. 24-avgust kuni Duma a'zolari A.F.Kerenskiy, K.B.Tevkeleyev, Mustafo Cho'qayevlar Andijondagi «Slava Ros-sii» mehmonxonasida tunaydilar. Ertasiga ertalab mehmonlar qo'zg'olon ko'tarilgan Jome' masjidiga keladilar, bu yerda to'plangan aholi bilan uchrashadilar. Xaloyiq Andijondagi unutilmas iyul kunlarida nimaiki fojia yuz bergan bo'lsa, uni Peterburgdan kelgan duma vakillariga bayon qiladi.Taraqqiyparvarlar o'z oldiga siyosiy erkinlikka erishish, rus va mahalliy ma'muriyat zulmidan ozod bo'lishdek maqsadni vazifa qilib qo'yganlar. Ularga ruscha va musulmoncha ma'lumotga ega bo'lgan Andijon yoshlarining ko'pchiligi xayrixoh edi. Andijon uyezdi boshlig'i polkovnik Yu.A.Brjezitskiy Farg'ona viloyati harbiy gubernatoriga 1916-yil 13-sentabrdagi bildirgisida «Hozirda aholi ma'muriyat ovoziga emas, balki janob Vadim Chaykin, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Ahmadbek Hoji Temurbekov, Poshshoxo'ja Umarxo'jaevlar va ular to'dasi ovoziga quloq osmoqda. Odamlar arz-shikoyatlar bilan ma'muriyat oldiga emas, balki o'shalar huzuriga adolat istab bormoqda. Ma'murlar Toshkent, Andijon va Qo'qon kabi yirik ma'muriy markazlarda tobora kuchayib borayotgan «taraqqiyparvarlar» firqasidan juda hayiqib qolishdi» deb yozgan.
«Taraqqiyparvarlar» sardori Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayevning «Rus imperator jug'rofiya jamiyati» majlisidagi ma'ro'zasida «Rus xalqi bizlarni o'g'irlik va jinoyatga o'rgatdi» degan fikrni «Turkestanskiy golos» gazetasi o'z sahifalarida yozgan edi. Buni o'qigan mustamlakachi shovinistlar nihoyatda darg'azab bo'lishgan. Aholi tomonidan advokat Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev nomiga yozilgan arizada shunday yozilgan: «Hozirgi Andijon nohiyasi boshlig'i Brjezitskiy davrida avvallari ham mavjud bo'lgan poraxo'rlik, tovlamachilik va zo'ravonlik nihoyatda kuchayib ketdi. Qonun-qoidaga aylangan bu sistemaning xususiyatlari, birinchidan, aholidan o'lpon olish va poraxo'rlikka mahalliy amaldorlar: ellikboshi, mingboshi va shahar bosh oqsoqoli Shermat Alimqulov kabi ma'muriyat vakillari jalb etilayotgani-da, ikkinchidan, soliq, o'lpon undirish va pora olish ma'muriyat vakillari tomonidan bevosita emas, balki bilvosita vositachilar orqali amalga oshirilayotganida namoyon bo'lmoqda. Xususan, nohiya boshlig'ining tilmochi Yusufjon Hoji hamda pristavlarning tarjimonlari vositachilik qilishmoqda. Bu usul shunday ustalik va izchillik bilan olib borilmoqdaki, natijada aholi amaldorlarning qonunga xilof ishlari yuzasidan qilgan jinoyatlari hech qachon adolatli hal bo'lmaganligiga ko'nikib ketishgan. Bu ahvolni Asadullaxo'jayev general-gubernator Kuropatkinga yetkazgan. U esa Asadullaxo'jayevning talabini qondirib Andijon tuman boshisini lavozimidan chetlatadi. Shuningdek mardikorlikka olish bo'yicha barcha ishlar jadidlar rahbarlik qiluvchi «Tuzem qo'mitasi» ixtiyoriga topshirilib, uning raisligiga U. Asadullaxo'jayev, muovinligiga esa Munavvarqori Abdurashidxonov tayinlanadi». Kuropatkinning «taraqqiyparvarlar»ga ko'rsatgan bunday ishonchi tagida yotgan yashirin maqsadni fahmlamagan shovinistlar benihoya darg'azab bo'ladi. Polkovnik Brjezitskiy maslakdosh do'sti, Farg'ona viloyati harbiy gubernatori vazifasini bajaruvchi polkovnik Ivanovga yuborgan xatida shunday degan: «Tuzemetslar so'nggi vaqtda surbetlashib ketishdi. Janob Xo'jayevlar va Chaykinlar «Kambag'al tuzem aholini ezayotgan ma'muriyat» ustida yana arzbozlik kompaniyasini bosh-lamoqda. Fikrimizcha, zudlik bilan ularning faoliyatiga chek qo'yish kerak. A. Chaykin, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev ukasi Bashirullaxo'ja, Ahmadbek Temirbekov, Poshshoxo'ja Umarxo'jayevlarni mardikorlikka jo'natish tugaguncha o'lkadan chiqarib yuborish zarur. Munavvar Qorining asarlarida bola shaxsi shakllanishini yoritilganligi Mustamlakachilar shum maqsadlarini amalga oshirish uchun ulkaga turli tabaka vakillarini, chinovniklarni, harbiylarni, ruxoniylarni, muxandis-texniklarni, olimlarni, ishchilarni barchani safarbar etdi. Xom ashyoni ulkadan tashib ketish uchun kudratli texnika yo’lladi.Ana shu jarayonda o’zbek milliy burjuaziyasi - savdo sanoat egalari ham shakllana bordi. Chorizm maxalliy burjuaziyaning paydo bo’lishini aslo istamasdi. Rus chorizmi va burjuaziyasi usib kelayotgan o’zbek maxalliy burjuaziyasining iqtisodiy-siyosiy huquqlarini cheklab uning rivojlanishi, iktisodiy potentsialining kudratli bo’lib ketishiga tusik qo’ygan edi. Milliy burjuaziya bu kamsitishdan norozi edi.Rus burjuaziyasi har jixatdan, avvalo iqtisodiy jixatdan o’zbek miliy burjuaziyasini karamlikda saqlab kelardi. Millat ravnakini uylovchi taraqqiyparvar kuchlar o’zbek xalkining xunarmandlari, dehqonlari, burjuaziyasi, ruxoniylari barcha tabakalari orasida mavjud edi. Ular xalqning milliy ongini oshirish va uzligini anglatishning birinchi boskichdagi vazifasini ma’rifat, ilmu urfondan kidirdilar.Ular buni amalga oshirmay turib, xalqni umumiy, xal qiluvchi mustaqillik kurashiga otlantirib bulmasligini ham yaxshi bilardilar. CHorizmning daxshatli harbiy-siyosiy kuch ekanligini hammadan kura ular chuqurrok tushunardilar. SHunga kura millat, xalq qaygusi bilan yashovchi ziyolilar xalqni uygotishni ma’rifiy jabxadan boshlashga qaror qildilar.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda ruy bergan ijti­moiy tarixiy uzgarishlar ma’rifatparvarlik g’oyasining tarkalishiga muxim turtki berdi. Shu davrda Mo’qimiy, Furkat. Axmad Donish, Sattorxon Abdugafforov kabilarning ma’rifat royasini targib etuvchi asarlari maydonga keldi. Ularda ilm - fanning yangi turakkiyoti uchun namuna bo’lib turgan Rossiya madaniyatidan O’rganishga da’vat ustuvorlik qildi. Agar bu xol Furkatning «Turkiston viloyatining gazeti»ga xizmatga kirishi va unda rus ilm - fani va madaniyatini targ’ib qiluvchi asarlar yaratishida ko’rinsa. Sattorxon Abdugafforov. Saidgani Saidazimboy o’g’li. Muxiddinxuja kozi va boshqa lar rus-tuzum maktablarini ochish, bu maktablarda muallimlik qilish, ularga xomiylik ko’rsatish singari amaliy harakatlar bilan shugullandilar. Natijada, ma’rifatparvarlik foyasi amaliy harakat tusini ola boshladi,XIX asrning 90 yillariga kelib, ulkada ma’rifatparvarlarning Yevropa mamlakatlarni bilan tanishuvi, 1892 yilda Toshkentda kutarilgan «Vabo» kuzgoloni, 1898 yilda Andijonda sodir bo’lgan. Dukchi eshon vokeasi kabilar ma’rifatchilarning dunyoqarashlarida keskin uzgarish yasay boshladi. Ma’rifatchilikning moxiyat zamiriga milliy ozodlik g’oyasi chuqur urnasha bordi. 90- yillarda boshlangan bu ijtimoiy-madaniy harakat sekin-asta mavjud jamiyat asoslarini qayta kurish g’oyasi bilan tutashdi. Jamiyatning ijtimoiy-madaniy muammolariga batamom yangicha yondoshishga asoslangan bu harakat, jadidchilik deb, jadidchilik g’oyasini tarqatuvchi ziyolilar esa jadidlar degan nom oldi. Jadidlarni Garbiy Yevropa va Rossiya ma’rifatchiligidan ajratib turuvchi xususiyati shundaki, ular mustamlakachilik sharoitida faoliyat olib borishdi. Ikkinchidan, ma’rifatchilik davrlari Garbda Yevropada un yillar va xatto yuz yillar mobaynida kechgan bo’lsa, Turkiston ma’rifatchilari esa shiddatli harakat qilishga majbur bo’lishdi.
«Jadid» degan so’z asli arabcha bo’lib «yangi» degan ma’noni anglatadi. Jadidlar yangilik va isloxot tarafdorlari bo’lib, mustamlakachilik sharoitida ezilib kelayotgan xalqlarga yangi hayot olib kirishga, ularni ijtimoyi-madaniy taraqqiyotning yukori boskichlariga olib chikishga harakat qilishgan.Jadidlar dastlab XIX asrning oxirlarida Krim va Kavkazda yashovchi tatarlar orasida paydo bo’ldi. Ismoil Gasprinskiyning «Tarjumon» ruznomasi bu yangi harakatning beshigi bo’ldi.Jadidchilik harakati bizga avvalo Ismoil Gasprinskiy g’oyalari orkali kirib kelgan bo’lsa, ikkinchidan, Turkistonning o’zida ham tabiiy ravishda mustamlakachilik zulmiga qarshi yangi fikrlar paydo bulayotgan edi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu davrda jadidchilikning paydo bo’lishida taraqqiy etgan musulmon mamlakatlarining ta’siri ham katta bo’ldi. Bogchasaroy, Orenburg, Kozon, Ufa singari shaharlardan tashkari, Eron, Gruziya kabi mamlakatlarda nashr kilingan gazetalar Turkiston ulkasiga kirib keldi. Ulkada jadidchilik harakati ayniksa 1905 yil inkilobidan sung kuchayib ketdi.
Jadidchilik harakati bilan boglik ma’rifiy markazlar, maktablar yuzaga keldi. «Taraqqiy», «Xurshid»,»SHuxrat»,”Osiyo” «Tujjor», «Sadoyi Turkiston», «Samarkand», «Oyna», «Turon» singari gazeta va jurnallar nashr etila boshladi. Jadidlar uz g’oyalarini matbuot orkali tarkatish ishiga kizgin kirishdilar.Turkiston general-gubernatorligi 1870 yildan boshlab «Turkiston viloyatining gazeti»ni nashr etib, ayni yillarda ham uning saxifalarida chor xukumati siyosatini targ’ib kilmokda edi. General-gubernatorlik birinchi navbatda maxalliy axolini rus-tuzum maktablariga jalb qilishni uylagani uchun gazeta saxifalarida yoritilayotgan makolalar ham asosan shu maqsadni kuzda tutar edi. Jadid matbuotining tung’ich “farzandi” «Taravdiy» gazetasi bo’lib, u 1906 yildan boshlab chop etila boshladi. Uning dastlabki sonida gazeta o’zi to’g’risida bunday fikrlarni yozdi: «Gazetamiz «Taraqqiy» nomida ulib, bora-bora jismi ham ismila muvofik ulib, millatimizni keyin kolmogiga, jaxolat va gaflat ilmida borishiga millatlardan kam darajada kolmogiga aslo rozi emasdurmiz».1906 yil 14 iyunda «Taraqqiy» gazetasining 1-soni chiqishi bilan Turkistondagi mustamlakachi ma’murlar, shuningdek, maxal­liy xukmron doiralar jiddiy tashvishga tushib koldilar. Xur fikrning ashaddiy dushmani bo’lgan missioner N. P. Ostrouov taxririda nashr etilib to’rgan «Turkiston viloyatining gazeti» bu yangi matbuot organini uz yo’liga solishga o’rindi. Ammo gazetaning jadidlar fikriga tayanib ish kurishi uning dastlabki sonlaridanok ma’lum bo’ldi. Gazeta general-gubernatorlik va uning nashri bo’lishi «Turkiston viloyatining gazeti «ta’kiblariga karamasdan turli so’zni aytish yo’lidan kaytmadi.Chor xukumati «Taraqqiy» gazetasini xurfikrlik yo’lidan qaytarishga, mexnatkashlar manfaatini ximoya qilganligi uchun uni buzib tashlashga qattiq harakat qildi. Chunki gazeta saxifalarida «Dunyo yiguvchilar, mexnat qiluvchilar xususida», «Duma xususida»,»Jaditlar kimlar?» «Boylar, byurokratiya va gazeta» kabi makolalarda davrning muammolari, shu bilan bir qatorda, maxalliy axolining manfaati bilan boglik masalalar kutarilgan edi.
«Taraqqiy» gazetasidan tashkari, shu yillarda «Xurshid» «SHuxrat» «Samarkand», «Oina» kabi nashrlarda davr manzaralarini yorkin aks ettiruvchi makolalar e’lon qilindi. Bu ga­zeta va jurnallarning saxifalarida Turkiston ulkasining iktisodiy, madaniy va ma’rifiy hayotini yangilashga karatilgan fikrlar ilgari surildi. Bu paytga kelib, jadidchilik yo’lboshchilari yetishib chika boshladi. Bular Maxmudxoja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Ashurali Zoxiriy va boshqalardir, Jadidlarning maqsad va fikrlari buyicha jamiyatni inkilobiy yo’l bilan emas, balki isloxot yo’li bilan yangilash lozim edi. Ular yangi usuldagi maktablarni tashkil qilish, u orkali mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashishni bu zulmdan kutulishning asosiy yo’llaridan biri deb bildilar. Jadid tashkilotchilarining dastlabki maqsadlari yangi usuldagi maktablarni tash­kil qilish, ular orkali xalqning uygonishini ta’minlash deb tushundilar.Inqilobgacha bo’lgan jadid maktablarining sonini olimlar turlicha ko’rsatadilar. 1923 yilda Shokirjon Raximiy tomonidan tuplab nashr kilingan «O’zbek maorifining o’tgandagi va xozirgi xoli» nomli kitobida berilgan ma’lumotga kura ular quyidagi tartibda bo’lgan. Dastlabki usuli jadid maktablarining tashkil etilishi quyidagi tartibda kechgan: 1892 yilda Krimda, 1893 yilda Samarkandda, 1898 yilda Ashpekda va Issikkulda, 1901 yilda Toshkentda, 1910-1915 yillarda Turkiston ulkasida jami 80 ta yangi usul maktablari mavjud edi. Jumladan: Yettisuvda 7 ta. Fargona 21 ta, Samarkandda 5 ta, Sirdaryoda 40 ta, Buxoroda 57 ta. K. Ye. Bendrikovning «Turkistonda xalq ta’limi tarixi ocherklari» nomli kitobida 1917 yil inkilobi arafasida (92 ta yangi usul maktablari bo’lganligi aytilgan). Jumladan; Sirdaryoda 46 ta, Fargonada 30 ta, Yettisuvda 18 ta, Samarkandda 5 ta. Yangi usul maktablarining yillari buyicha rivojlanish darajasi quyidagicha bo’lgan: 1905 yilda sekin usish: 1905-1910 yillarda tez usish; 1915 yilga kelib ayrim ijtimoiy-siyosiy sabablarga kura pasayish boshlangan.
Tadqiqotchi Yo’ldosh Abdullaevning «Eski maktabda xat-savod Urgatish» kitobida berilgan ma’lumotga kura, Andijonda 34 ta, Quqonda 24 ta, Toshkentda esa 16 ta, jami 74 ta usuli jadid maktabi bo’lgan. Tadqiqotchining yozishicha, ushbu ma’lumotda yangi usuldagi maktablar tula ravishda xisobga olinmagan. U O’zbekistondagi xujjatasrovlarda ham bu xakda anik ma’lumot yo’qligini ta’kidlab o’tgan. Rasmiy xujjatlarning ko’rsatishicha, 1908 yilda Turkiston viloyatlarida 30 ta yangi usul maktablari bo’lgan va ularda 1300 bola o’qigan. 1915 yilda esa Turkiston ulkasida yangi usul maktablarining soni 63 taga yetgan, o’quv chilar soni esa 4100 tani tashkil etgan, Rus-tuzum maktablaridan farqli ularok, yangi usul maktablari pullik bo’lib, o’quvchilarning ota-onalari bolalarining o’qishi uchun, masalan, Fargona viloyatida 1 so’mdan 10 so’mgacha, Toshkent viloyatining Sebzor maxallasida 1 so’mdan 25 so’mgacha, Tarnovboshi maxallasida esa 35 so’mgacha pul tulashgan. Shuning uchun ham yangi usul maktablari o’qituvchilarining maoshi eski maktabdagi rus-tuzem maktablari O’qituvchilarining maoshiga nisbatan yuqoriroq bo’lgan. Munavvar Qori asarlarida ijtimoiy masalalarni ochiqlanganligini pedagogik ahamiyati Turkistondagi jadidchilik harakatiga chor xukumati ma’murlari hamda maxalliy qadimchilar qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Masalan, 1882 yilning 30 avgustida Ostroumov direktorlik qilgan o’qituvchilar seminariyasida gayrijins musulmonlarining maorifi asoslarini qanday printsiplarda tashkil etmok kerak degan mavzuda munozara bo’lib o’tadi. Munozarada seminariya O’qituvchilaridan N. Ostroumov, M. A. Murapievlar Ismoilbek Gaspralining loyixasini qattiq koralaydilar. «Agar biz taklif kilingan loyixani kabul etsak, deydi ma’ruzachi, shu vaktacha mudrab yotgan musulmon mutaassibligini uygotib yuboramiz va bu bilan kuksimizda ilonni asragan bo’lib chikamiz... Shu sababli musulmonlarimiz maorifining asosida ularni ruslashtirish... islomni buzish... umuman diniy jixatlarini buzish... yotmogi lozim». Sungra loyixa Turkiston general-gubernatori Rozenbaxga tanishib chikish va fikr bildirish uchun topshiriladi. Loyixaga salbiy munosabatda bo’lgan gubernator uning ostiga «Oqibatsiz qoldirilsin» deb imzo chekadi. 1893 yili Ismoilbek Gasprali Toshkentga keldi. Turkiston Harbiy ma’muriyati uni noxush kabul qildi va takliflariga xayrixoxlik bildirmadi. Ismoilbek Gasprali g’oyasini yoklagan va shu g’oya buyicha Turkistonda maktab ochish uchun iltimosnoma yozgan Munavvar Qori ham rad javobini oladi.
Turkistonda XX asr boshlarida ochilgan jadid maktablarida Saidrasul Aziziyning rus-tuzem maktablari uchun yozilgan «Ustodi avval» va Asqarali ibn Bayramali Kalininning «Muallimi soniy»darsliklaridan foydalanildi. Bunday maktablarning rivojiga tuskinlik qiluvchi qadimchilar ularning muallim va tarafdorlarini «munofiq», «daxriy» deb xakoratladilar. Masalan, sufizodani yangi maktab ochgani uchun Chustdan badarg’a qildilar. Samarqandlik Saidaxmad Siddiqiy kup ming kishilik jamoa o’rtasida Ulugbek madrasasi jome’sida «kofir deb e’lonqilindi, Toshkentlik Mirmuxsin SHermuhamedov esa Eski juva bozorida xaloyik o’rtasida sazoyi etildi. Turkiston general-gubernatorligida xalq maorifi ishlariga 1 084 082 so’m, ya’ni ulkaning 44 570 399 so’mlik umumiy byudjetidan 24 foiz mikdorda pul ajratgan. Boshqa cha aytganda, mao­rif ishlariga 1 yilda 1 jon boshiga o’rta xisobda 23 tiyin sarf etilgan. Ushbu dalildan ko’rinadiki, general-gubernatorlik davrida milliy maktab va maorif ishlariga kam e’tibor qaratilgan, SHuning uchun ham jadidlar yangi usuldagi mak­tab larni ochish ishlari bilan jiddiy ravishda shugullanganlar. Jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gasprinskiy turkiy xalqlarning buyuk mutafakkiri edi. U turkiy xalqlarni birlashtirish g’oyasi bilan yashagani va shu goya yo’lida faoliyat ko’rsatgani uchun tirikligidayok millat otasi degan nom oldi. U Sharq xalqlari ma’naviy hayotida, xususan maktab - maorif ishlarida chinakam inkilob yasadi, «usuli jadid» nomi bilan tarixga kirgan yangi maktab tizimini boshlab berdi. U uz g’oyalarini keng xalq ommasiga tarkatish uchun matbuotga katta e’tibor berdi. 1883 yilning 10 aprelь kuni u «Tarjumon» nomli gazetani chikara boshlaydi. Bor-yo’g’i 326 nafar obunachi bilan ish boshlagan gazeta 1884 yilga borib Turkistonning o’zidayok 200 nusxada tarkatildi.
Turkiston jadidlarining Munavvar Qori, Maxmudxoja Bexbu­diy, Abdulla Avloniy, Xoji Muyin, Abdukodir SHakuriy, Ashurali Zoxiriy kabi vakillari «Tarjumon»ning faol muxlislari edi.«Qizil O’zbekiston gazetasining 1927 yil 7 iyunь 6 - sonida yozilishicha, usha kunlarda Toshkentda okrug madaniyatchilarining qurultoyi bo’lib o’tgan, Qurultoyda so’zga chiqqan Ziyo Sayd bunday degan: «Jadidlarning inqilobga qilgan «raxbarlik»lari millatchilar bilan birga bolsheviklar firkasiga qarshi turishdan ibo­rat edi. Bizning maktablarimizdagi otalar qo’mitasi yonida bo’lgan komsomollar yacheykasi va bolalar tashkilotiga ta’siri bulmay qolmaydi. Otalar qo’mitasining maktab ochib berishi bizni ancha shubxaga koldiradi. Bunday maqsadlari bolalarni milliy sarmoya mafkurasi bilan tarbiyalashdir. «Maktablarda ijtimoiy daryo beradigan ba’zi muallimlar uzlarining tarjimai xollarini aytib berar ekanlar, shunday muxim daryolarni bunday muallimlarga topshirib qo’yish chakki ish». Shundan keyin muzokaraga chiqqan Munavvar Qori Abdurashidxonov ma’ruzaning bir necha moddalari ustida tuxtab, ma’lumot tariqasida quyidagilarni gapiradi: «Ma’ruzachilarning taьbiri buyicha, bizning muallimlarimiz ichida maktab boshqa -yu, siyosat boshqa , deydurgon kishilar bor emish. Maktab qaysi sinf qo’lida bo’lsa, maktablarda shu sinfning mafkurasi tarqaladi va ilgari suriladi. Bu gapga ko’nmaganlarni yanglishgan kishilar, deb aytishga jasorat qilamiz. Jadidchilikka qanday baxo berish to’g’risida quyidagi asoslarni keltiramiz: jadid maktabi qay vaqtda va kimlar qo’li bilan vujudga chiqdi? Mana buni tekshirish uchun yigirma yil ilgarigi qarash, albatta, lozim. Xozirgi paytda o’rta ma’lumotga ega bo’lgan kishilar Moskov va boshqa joylarga borib o’qishni xavas qilsa, avvallari savodi chiqqan bir kishi Buxoroga borib o’qishni o’zi uchun bir sharaf deb bilar edi. Chunki ular ilmni faqat dingina deb bilar edilar, muxit shuni taqozo qilar edi. Jadid maktabi tashkil qilganlar ham eski maktab, Madrasa va Qorixonalarni yetishtirgan kishilar edi. Ular yolgiz Bog’chasaroyda chiqadigan Ismoil Gasprinskiyning gazetasini o’qirdilar va shu orqali maktabni yaxshi tushunib, kitoblar oldirar edilar. Bularga baxo yanglish va ortiqcha berilgan. Chunki usha vaqtdagi jadid maktabiga ulamo, boy, hamma va hamma qarshi edi. Jadidlar shunday sharoit ichida jasorat bilan chiqib ish boshlagan ekanlar, bularga beriladigan baxo ham shundan ortiq bulmasligi lozim edi.
Jadidlar shu maktabga yaxshi nazar bilan qaragan kishilarni o’ziga do’st ko’rib, quchog’iga tortar edi. Bularning boy, ruxoniy savdogar bo’lishidan qat’iy nazar, sekin - sekin jadidlar do’sti ko’payib, turli guruxlardan iborat bir jadidlar to’dasi tashkil qildik. Inogomovni jadidlarning alohida sinf qilib ko’rsatishi noma’kul ran. Jadidlar politsiyadan kurkinchi qattiq bo’lsa ham, qiyinchiliklarni uz ustiga olib, gazet chikardi va uni xalqqa tarkatdi. O’zbek jadidlarining otasi deb nom olgan Maxmudxoja Bexbudiy bu davrning kuzga ko’ringan taraqqiyparvarlaridan edi. U XX asrning boshlarida Rossiyaning yirik shaharlari va katta tarakkiy etgan musulmon mamlakatlariga borib, kushni xalqlar hayoti bilan yaqindan tanishdi. Bilim va intilish doirasi bexad keng bo’lgan bu buyuk jadidchi tufayli O’rta Osiyoda yangi usuldagi birinchi maktab, birinchi teatr asari maydonga keldi. Uning tashabbusi bilan Sirdaryo va Amudaryo oraligida birinchi marta «Jamiyati xayriya»lar tashkil etilib, bu jamiyatlarga tushgan to’yonalar tufayli kambagal oilalarning farzandlari ham jadid maktablarida o’qiy boshladilar. Bexbudiy Turkistonda ma’rifat tarkatishning asosiy yo’li eski maktablarni islox qilish orkali usuli jadid maktablarini tashkil etishdir, degan xulosaga keldi.
Jadidlar jamiyatni inkilobiy yo’l bilan emas, isloxotlar yo’li bilan uzgartirishni asosiy vazifa deb bildilar. Ular maorif, matbuot, adabiyot va san’atning jamiyat va xalq hayotini yangilashdagi faol rolini oshirish uchun, bu soxalar taraqqiyotiga katta e’tibor berdilar. Jadidlar oldida to’rgan vazifalar xilma - xil bo’lishiga qaramay, ular mutaassib dindorlarga qarshi kurashib, darsviy ilmlarni o’qitishni tashkil etish, matbuot erkinligi, xurriyat uchun kurashga da’vat etish kabi masalalari bilan yaqindan shugullandilar. Jadidlar ochgan unlab mak­tablar xalqning savodxonligini ma’lum darajada oshirdi. Ular ijtimoiy va iktisodiy koloklik, ongsizlik kabi illatlarning sababini ilmsizlik, ma’rifatsizlikda deb bildilar. Shuning uchun ham «usuli jadid» maktabini tashkil etibgina kolmasdan, shu maktablar uchun o’quv qo’llanmalarini ham yaratdilar. Bexbudiyning «Axoli jugrofiyasiga kirish», «Bolalar uchun yozuv kitobi», «Melom amaliyoti», “Xisob” X. X. Niyoziyning «Engil adabiyot» «O’qish kitobi» «Qiroat kitobi» singari o’quv qo’llanmalari bu maktablarda asosiy darslik sifatida o’qitildi.
Jadidlar ilm va ma’rifatning tom ma’nodagi jonkuyarlari edi. Ular mana shu maqsad yo’lida uz jonlarini ham ayamaganlar. Bexbudiy vasiyatnomasidagi quyidagi so’zlar uning ma’rifatparvarlik goyasiga nakadar sodiq bo’lganligidan darak beradi: «Ey Turkiston maorif ishlarida bulgon o’rtoq va ugg’lonlarim! Men. o’zim garchand bandi bo’lsam-da, sizlarni esimdan chiqarmayman, sizlarga bir oz vasiyat qilib utaman: Meni sevar o’rtoqlarim meni so’zlarimni kuloqlaringizga ilingiz! Biz ikki oydan beri Buxoro shahrida bandi bo’lib yurib, oxir 10 kundan beri bu yerda Qarshi shahrida bu zolimlarning qo’liga tushib bandi bo’ldik. Jadid kofirlik otini kutardik. Sipoxlar ichida tilchilik otini kutardik. Bu yerdan kutilmogimiz kiyin bo’ldi. O’rtoqlarim Siddikiy, S. Ayniy, Fitrat, Kurbi va Akobir va uglonlarim Vadud, Maxmud, Abdukodir Shakuriy, sizlarga vasiyat kilaman. Maorif yo’lida ishlaydurgon muallimlarning boshini silangizlar! Maorifga yordam etingizlar. O’rtadan nifokni kutaringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz kuymangizlar. Har ish qilsangiz jamiyat ila kilingizlar! Bizdek maorif kurbonlarini yo’qlangizlar! Buxoro tuprogiga tezlik ila yo’l boshlangizlar! Ozodlikni tezlik ila yuzaga chikaringizlar! Bizning konimizni zolim beklardan talab kilingizlar! Maorifni Buxoro tuprogida joriy kilingizlar! Bizning otimizga maktablar ochingizlar! Bizlar ul chorda tinch yeturmiz! Manim uglonlarimga salom yetkazinglar! Bu hamroxlarimning avlodlaridan xabardor buling!». Jadidlarning aksariyati Bexbudiy kabi izchil ish olib bordilar. Ular yozgan har bir asarda bu narsa yaqqol sezilib turadi Jumladan: Abdurauf Fitratning «Sayyoxi xindi» asarini kuzdan kechirsak, har bir jumlasida jadidona rux sezilib turadi. Asardagi kutarilgan ayrim fikrlar xozirgi kunda ham uz kimmatini yo’qotmagan. Sayyoh Qozining gaplarini ma’qullagan holda e’tirozli fikr bildiradi: «... lekin, siz janoblari, Buxoro xalqini qo’yga uxshatib, butun gunoxni xokimlarga agdardingiz. Bir jixatdan xokimlarni gunoxsiz demayman, bir oz xalqda ham gunox kam emas. To’g’ri, Buxoro xalqi kuyga uxshaydi. Birok kuyga uxshashlik inson uchun xusn emas, balki nuksondir. Inson - insondir, nega u xayvonga uxshashi kerak ekan?» Asar kaxramoni eskicha yashab bulmasligini, ilm - ma’rifatni keng yoyish, sanoat, kishlok xujaligini Ovrupacha andoza asosida rivojlantirish kerakligini uktiradi. Jadidchilik harakati maorif soxasidagina keng tus olib kolmasdan, ijtimoiy - siyosiy soxalarda ham uz ta’sirini ko’rsatdi. Bu, ayniksa, Turkiston muxtoriyatining tashkil kilinishi misolida yaqqol ko’rinadi. 1917 yil 21 noyabrda Quqonda tuplangan IV Umummusulmonlar kurultoyi Turkistonda muxtor xukumat tuzilganini e’lon kildi. Bolsheviklar «Qo’qon muxtoriyati» deb atagan va yaqin-yaqin- gacha tuxmat va buxton toshlariga giriftor bo’lgan XX asrdagi dastlabki mustaqil davlatimiz shu tarzda yuzaga keldi. Muxtoriyatning e’lon kilinishi maxalliy xalq va turli viloyatlardan kelgan vakillar uchun katta milliy bayram bo’ldi. Cho’lpon ham ana shu umumxalq bayrami ta’sirida «Olloxu Akbar» she’rini yezgan. Atoqli shoir bu she’ri bilangina kifoyalanib qolmay yana «Ozod turk bayrami» she’rini ham yaratgan.
Jadidchilik siyosiy harakat sifatida 1905 yil arafalarida maydonga kelgan va muayyan tashkiliy xususiyatga ega bo’lgan. Bu harakat dasturi asosan quyidagi masalalarni uz ichiga olgan: Jadidchilik harakati uz xususiyatiga kura, gayrifeodal, gayri mustamlakachi bo’lib, Turkistondagi keng ommaning, birinchi navbatda, shakllanib kelayotgan tadbirkorlar sinfining intilish va manfaatlarini ifoda etgan.
2. Turkistonni savodli va ma’rifatli, tuq va farovon, ozod va obod Vatanga aylantirish, birinchi navbatda mustaqillikka erishish, mustamlakachilik iskanjasidan xalos bo’lish jadidchilik harakatining asosiy maqsad vazifasini tash­kil qilgan.
3. Jadidlar ikki Rossiyani farqlay olganlar. Ular mexnatkash Rossiyaga emas, mustamlakachi Rossiyaga qarshi kurashganlar. Afsuski ularning mustamlakachi Rossiyaga qarshi olib borgan kurashi uzoq vaqt davomida rus xalqi va Rossiyaga qarshi kurash sifatida talkin kilinib kelindi.
Jadidchilik harakati xilma-xil ijtimoiy guruxlarni o’zida jam etgan edi. Shu sababli, Turkistonning bulajak idora usu­li, umuman, ijtimoiy kurilish, yer va mulk munosabatlari, xotin-kizlar ozodligi masalalarida yakdillik yo’q va bo’lishi ham mumkin emas edi. Jadidlarning ijtiomoiy-siyosiy qarashlarida idorai marshrutachilik (konstitutsiyaviy monarxiya) dan jumxuriyatchilikkacha bor edi. Ularning bir kismi Usmonli Turkiyaning «Ittixodi taravdsh» yoki «Turkiya adam markaziyati» tashkilotlari bilan hamkorlik qildilar.
Munavvar Qori raxbarligidagi «Ittixodi taraqqiy», «Milliy ittixod»ga «Milliy istiqlol» nomlari bilan tanilgan tashkilstlar aslida bir ijtimoiy-siyosiy jamiyat bo’lib, u 1920 yildan boshlab 1923 yilgacha yashirin faoliyat yuritgan. «Ittixodi tarakkiy»ning asosiy maqsadi milliy-siyosiy xususiyatga ega bo’lgan. U shuro xukumatiga qarshi muxolifatda ish olib borib, uning siyosatini tankid qilgan, yoshlarni siyosiy faollashtirish, turk muxojirlariga yordam berish bilan mashgul bo’lgan.
Munavvar Qorining ko’rsatishicha, dastlabki paytda jamiyat a’zolarining soni 50 taga yetmasada, ularning obrusi juda yuqori darajada bo’lgan. Rus kommunistik boskiniga qarshi kurash olib borgan maxfiy tashkilotlardan yana biri «Turkiston milliy birligidir. U dastlab 1920 yilda Buxoroda «Buxoro istiqloli» va Toshkentdagi «Milliy ittifoq» hamda xozirgi mustaqil kardosh davlatlardagi ozodlik harakatlari markazlari faoliyatlarini birlashtirish bi­lan mashgul bo’ldi. Munavvar Qori uz «Xotira» asarida uni dastlab «Markazlar markazi» deb nomlanganini aytadi. «Tur­kiston milliy birligi «Turkistonda bor yo’g’i uch yil faoliyat ko’rsatdi. Bu qisqa muddat ichida u milliy-ozodlik va mustaqillik uchun kurash tarixida katta iz koldirdi. Eng muximi, u umumturkiy olam birligi, Turkiston milliy birligini mustaxkamlashga, shuningdek, mustaqillikka umummilliy birlik asosida erishish mumkinligi tushunchasini shakllantirishga samarali xissa kushdi.
1925 yili Munavvar Qorining tashabbusi bilan «Ittixodi milliy», «Milliy istiqlol» degan nom bilan qayta tashkil etildi. Jadidlar endi O’zbekiston mustaqilligi uchun kurashni uz oldilariga asosiy vazifa qilib kuydilar. Munavvar Qori­ning ko’rsatmasi asosida «Milliy istiqlol» markazi va uning viloyat hamda boshqa tarmoklari raxbarlari yoshlar bilan almashtirildi. «Milliy istiqlol» markaziy «uchlik» boshqa ruvi Munav­var Qorining shogirdlari Aziz Lazizzoda, Salimxon Tillaxonov va Gofurjon Musaxonovlardan iborat bo’lgan.
Jadid yashirin tashkilotlari mustaqillikka erishishning asosiy yo’llaridan biri xukumat va boshqa davlat muassasalari raxbar kadrlarni maxalliy kadrlar bilan almashtirishdan iborat deb bildi. SHuning uchun ham ular milliy maxalliy kadrlarni Davlat muassasalariga olib kirishga harakat qildilar. SHuningdek ja­didlar matbuot, redaktsiya organlari va xukumat muassasalarida ishlab, uzlariga yaqin milliy ruxdagi kishilarni raxbarlik lavozimlariga kutarishga har-xil idora va matbuot organlarida ishlashga yordam bergan. Jadidlar e’tibor bergan asosiy masalalardan yana biri milliy ruxni rivojlanitirish va mustaxkamlashdan iborat edi. Bu to’g’rida Munavvar Qorining quyidagi so’zlari dikkatga sazovor- dir» Milliy chegaralanish millatchilik mayllarining kuchayishiga turtki bo’ldi. Bizlar millatchilikning usishini hamma jabxalarda - ommada ham, matbuotda ham, adabiyotda ham ijtimoiy hayotning hamma soxasida kuzatib turdik. Bu xolatdan bizlar milliylikni rivojlantirish va mustaxkamlash uchun foydalanishga azmu qaror qildik...». Jadidchilik harakati tufayli bu davrda maktab va maorif ishlari ayniksa kamol topdi. Bexbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Hamza singari jadidlarning maorif soxasidagi g’oyalari quyidagilardan iborat bo’lgan. Turkiston xalq farzandlari uchun darsviy bilim berish va ularni ma’rifiy - ma’naviy kashshoklikdan kutkarish.
Maktabni islox qilish bilan birga talabalarni islom madaniyati qonun - qoidalari asosida tarbiyalash. Yoshlar ongini ustirish va ma’rifatli avlodlarni tarbiyalash orkali kelajakda mustamlakachilikka barham berish va Turkistonning mustaqilligiga erishish.
Bizning fikrimizcha, aytish mumkinki, jadidlar tarix maydoniga, avvalo milliy mustaqillik uchun mustamlakachilikka qarshi kurash maqsadi bilan chikdilar. Shu bois bu harakat axolining ziyoli kismi e’tiborini tezda o’ziga jalb qildi. Ilg’or fikrli olimlar, shoirlar, yozuvchilar, jurnalistlar, xukukshunoslar matbaachilar, jadidchilik harakatining eng oldingi saflarida bo’ldilar. Ular hayot xodisalarini, milliy mustaqillik va karamlikni teran idrok etib, xalqning millatning istikbolini to’g’ri tasavvur etdilar. Ular xalqning mil­liy kadriyatlarini, ilg’or urf - odatlarini, tarixi, madaniya­ti, inson xuquqlarini tiklash uchun kurashib, katta obru - e’tiborga sazovor bo’ldilar.
Jadidlar o’z ezgu orzularini, faqat maktab, maorif va ta’­lim - tarbiyani to’g’ri yo’lga quyish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish mumkin deb bildilar. Ular targ’ib etgan g’oyalar hamon uz ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Jadidlar harakatining ma’naviy taraqqiyotimiz tarixidagi o’rni bekiyosdir. Turkistonda qisqa muddatda o’zbek ma’rifatparvarlarining yangi bir avlodi yetishib chikdi. SHu avlodning ichida jadidchilik g’oyasini chuqur tushungan va bor vujudi bilan targ’ib qilgan kishilardan biri Munavvar Qori Abdurashidxonovdir. U yashagan davr asosan jadidchilik paydo bo’lgan hamda taraqqiy qilgan davrga to’g’ri keladi. Uning faoliyati xalq hayotini uzgartirish, xalq manfaatini ximoya qilish va xalqni uygotishga karatilgan edi.
Munavvar Qori tavallud topgan davr mustamlakachilik siyosati avjiga chiqqan bir payt edi. Abdurashidxon Sotiboldixon o’g’li Munavvar Qori 1878 yilda Toshkent shahrining SHayxontoxur daxa Darxon maxallasida dunyoga keldi. Uning otasi Abdurashidxon Mudarris, onasi Xosiyat otin bo’lgan. Munavvar Xosiyat otinning uchinchi farzandi edi. Akalari A’zamxon va Muslimxonlar ham uz davrining ziyoli kishlaridan bo’lgan. Ularning birlari maktabdor domla, ikkinchilari ruxoniy kishi edi. Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ta’kidlashicha, ba’zi manbalarda «Munavvar Qori Abdulmajidxon o’g’li» deyilgan, yozilmada uning bobolari bilan boglik ekanligi ayti- ladi. Munavvar Qori otasida 7 yoshligida yetim qolgan. Unga dastlab tarbiya va ta’limni onasi Xosiyat otin bergan. U xat savodni ham avvalo onasidan o’rgangan. Ayni paytda yirik maktabdorlardan xisoblangan Usmon domla ismli kishi kulida o’qidi. Yana bilimlarini oshira borib, Toshkentda joylashgan Yunusxon madrasasida taxsil oladi, O’rta Osiyoda ayni paytda ilmning markazi Buxoro xisoblanar edi. Buxoro madrasalarida diniy va ba’zi dunyoviy ilmlar ham urgatilgan. Munavvar Qori ham yuqori ilmlardan baxramand bo’lish maqsadida Buxoroga boradi. Bu 1898 yilda edi. SHu yildan boshlab Buxoro madrasalarining birida taxsil kura boshlaydi. Ammo tez utmay Munavvar Qori Toshkentga qaytadi. Sirojiddin Axmedovning ma’lumotiga kura, Munavvar Qori moddiy qiyinchilik tufayli Toshkentga qaytib kelgan. Munavvar Qori yeshligidan diniy ilmlarni puxta o’rgangan Buxoro sabori uning bilimlarini yanada mustaxkamladi. Buxorodan tezda qaytgach, Toshkent Darxon masjidida imomlik bilan shugullana boshladi. Imomlik qilayotgan paytda ham u Turkiston xalqini savodsiz holda yashayotganligini chuxur anglar edi. Yuqorida aytilganidek Ismoil Gaspralining g’oyalari Toshkentda ham tarqalgan edi. Munavvar Qori, birinchidan, Turkiston xalqining mustamlakachilikdagi hayotidan ta’sirlangan bo’lsa, ikkinchidan «Tarjumon» gazetasi hamda musurmon mamlakatlaridan kirib kelayotgan matbuotlardan o’ziga kuvvat oldi. «Toshkent ziyolilari» orasida jadidchilik ishiga alohida xissa kushib, uning yo’lboshchilaridan biriga aylandi. Amerikalik olim, O’zbek ma’rifat va madaniyatining targ’ibotchilaridan biri Edvard Ollvort o’zining «Zamonaviy o’zbeklar « kitobida Munavvar Qorining Turkiyada ta’lim olganligini ma’lum qiladi.
Ayni paytda Bogchasaroyda nashr etilgan «Tarjumon» gazetasini Munavvar Qori ixlos bilan o’qir edi, Bundan tashhari, “Vaqt” va «Yulduz», «Siroti Mustakim» kabi matbuotlari bilan ham tanish edi, Munavvar Qori bu matbuot saxifalaridan ulkadagi ahvolni qanday qilib yaxshilash kerak degan savolga javob axtara boshlaydi, SHu bilan birga, kunglida isloxotparvarlik fikrlari turila boshlagan edi. CHunki eski uslubdagi o’quv ishlari tamomila eskirgan bir xolatda turardi. Bu paytda Munavvar Qori kabi taradayparvarlarning zimmasida xalq pedagogikasini yaratish masalasi turar edi. Turkistonning markaziy joylarida bu masalani xal etish Munavvar Qori kabi taraqqiyparvar kishilar tomonidan boshlab yuborildi. Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ma’lumotiga kura, Mu­navvar Qori 1901-1904 yillarda Krimlik do’sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «Usuli savtiya» maktabini ochadi». Munavvar Qorining» usuli jadid» maktabini ochilgan yili to’g’risida yana bir misolni keltirishni lozim to- pamiz.E.Fyodorov «O’rta Osiyoda milliy inkilobiy harakat tarixi «nomli kitobida ma’lumot berishicha, jadid Bexbudiy Samarkandda birinchi marta yangi usul maktabini ochgan. Munavvar Qori Abdurashidxonov ham 1904 yilda Toshkentning Zeki shaharida shunday maktab ochgan. Munavvar Qori yangi usuldagi maktabini dastlab o’z xovlisida ochgan, keyinchalik boshqa joylarda ochish uchun keng hara- katni boshlab yuborgan, Bu yillarda uning yaqin tsarindoshlari kumakdosh bo’ldilar. Bu turrida M, Muhammadjonov o’zining «Turmush o’rinishlari» kitobida keng ma’lumotlar beradi:»SHayx Xona- vand Taxur daxalik Mirza Dadaxujaboyning mexmonxonasida mak­tab ochib, bir-ikki yildan beri Abdusami Qori degan bir kishi bilan bola o’qitib turmokda bulgonini aytdilar. Borib kurdim. Bolalarning uxishlarini sinf- sinflarida yurib kurib chikdim. Xozirda 4 sinf boshlang’ich ibtidoyi maktab bo’lib, yaxshigina tartiblik: parta, qora taxtalar, yer yuzi bulaklarining qisqacha ham butun haritalari bor ekan. Bu yangi tartiblik maktablarning Toshkent shahrida bo’lib ketishiga bi­rinchi sabab Munavvar Qori bo’lib, barchasining progromini shul tuzub bergan». Ushbu keltirilgan fikrdan kup narsalarni anglab olish mum­kin. Lemak, Munavvar Qorining dastlab ochgan maktabi 4 sinfdan iborat bo’lib, turli zamonaviy fanlar ham uxitilgan. U yangi usuldagi maktabda utsitishdan maqsadi, birinchidan, xalqni savodli xilish bo’lsa, ikkinchidan, xalqni mustaqqillik uchun kurashga xozirlaydigan ma’rifat xona ochish edi.
Munavvar Qori «usuli jadid» maktabini tashkil qilish bi­lan birga, xalqni tarribot xilishga ham undadi. Jaxolatda xolgan xalqni yangi usuldagi maktablar orkali kutkarish yo’llarini uyladi. SHu jixatdan olib haraydigan bo’lsak, Munavvar Qorining matbuotda dastlabki chixishlari ham e’tiborga molik. U 1906 yildan chщa boshlagan « Taraqqiy « gazetasini faol tashkilotchilaridan biri edi. Munavvar Qori ushbu gazetani bi- rinchi sonida Munavvar Qori Ibn Abdurashidxon ismi bilan « Bizning jaxolat jaxli murakkab» nomli ma’rifatparvarlik ruxdagi makolasini e’lon qildi. Bu makola Munavvar Qorining ma’rifatparvarlik qarashlarini o’zida mujassamlashtirgandir. Muallif bu makolani jadidlarning tungich gazetasi Taraqqiy « ning birinchi sonida e’lon qilishi bejiz emas. Taraqqiypar- varning «Bizning jaxolat» makolasi «Taraqqiy» gazetasining birinchi sonida bosilib, uning dasto’rini belgilaydi. Makola quyidagi tarzda boshlanadi: «Har millatning maktab va madrasasi uldugi kabi bizning ham maktab va madrasalarimiz garchi benizom va beusul ulsa ham yo’q demak darajada oz emasdur. Har millat avlodini tarbiya va ta’lim ilmida ko’rsatgan gayrat va ximmati kabi bizlarda ham uz mas’um avlodlarni jaxolat va gaflat zulmatida kolmogiga hech bir rizolari ulmay qo’llaridan kelgancha ta’lim va tarbiya avlodda kusurlik ko’rsatguvchi zotlar mavjuddurlar». Muallif makolada ikki davrni davriy solishtirish orkali ayni paytdagi axvolni ko’rsatib beradi. Birinchidan «Darsga nima uchun kelganini bilmay, ilm va maorifga aslo ragbat kil- may, jonidan shirin bolalarini kuchaba - kucha kezdirub, bechora mas’umni aziz umrini jaxolat otashini bndiruvchi behamiyat va bediyonat otalar ham oramizda oz emasdur» deb ilmga ragbat qilmayotgan insonlarning kiefasini ko’rsatsa, ikkinchidan ilm va ma’rifatni to’g’ri anglaydigan qanday bulmasin farzandlarni kelajak taraqqiyoti uchun ilmli qilish kerak degan insonlarning kiefasini tasvirlaydi. Munavvar Qori xalqni ma’rifatga chaqirishga murojaat usulidan foydalanadi.Uning so’zlaridan vatanga, xalqiga va millatiga bo’lgan tuygusi jush urib turadi. u Xoy vatandoshlar! Diqqat, nazar ila boqing»-deb muallif fikrni berishdan avval o’quv chini maqsadiga dikkat bilan e’tibor berishga chaqiradi. ushbu makolada ilm va uning foydasi hamda amaliy kimmati to’g’risida fikrlar birdiriladi. Muallif makolada xalq iboralaridan keng foydalanadi. Masalan, eski davrdagi ta’lim va tarbiya to’g’risida gapirib «Eshakiga yarashur tushovi « degan makolani ishlatadi, Bunda Munavvar Qori birinchidan savodsizlikni nazarda tutsa, ikkinchidan taraqqiysizlikni ham nazarda tutgan. Munavvar Qori bu maqolada yaktablardagi fanlarni o’qitishga alohida e’tibor beradi. U maktablarda faqat Fuzuliy , Navoyi, Xuja Xofiz, Bedillar kabi buyuk ijodkorlarni o’qitish bi­lan birga ayni paytda ilm qiroat, masoili e’tikodiga, masoili ilmiyat, ilmli xisob kabi fanlarni o’qitilishini alohida ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, ustoz shoirlarning ijodini o’qitish bilan birga , kщoridagi aytgan fanlar ham qo’shib o’rgatilsa, foydadan xoli bo’lmaydi. Munavvar Qori maktablardagi o’qituvchilarning ham savodli kishilar bo’lishini istaydi. Ayni davrda ayrim uxituvchilarning uzlari ham hech narsa bilmasliklarini Munavvar Qori jaxolat deb tasvirlaydi. Munavvar Qori Fuzuliy, Navoiy, Xuja Xofiz, Bedillarning kitoblarini dastlabki savod urgatuvchi darslik sifatida qo’llab bulmasligini aytadi: «Vaxolanki boshqa viloyatlarda xat bilmaydurgon kishi yuzdan un ulsa, Turkiston viloyatida 100 dan 90 dir. Mundan ham ma’lum buladurki, savodi chikmox bu kitoblarni Uximokga muvofik emas. Balki bu kitoblar g’oyat kiyinligidan bolalarni besavod qolmogiga ham sabab ulur».
Munavvar Qori bu bilan Fuzuliy, Navoiy, Bedil, Xofizlarning ijodini inkor kilmayapti, u avvaliga bolalarga savod chikarish uchun yengil daroliklardan foydalanishni tavsiya qiladi.
Munavvar Qori eski o’qitish uslubini keng ravishda tankid qiladi.U yerda «Fasad axlokdin boshqa ish o’rganmas» deydi. Eski usul nixoyat joxil bir tartibda olib borilishini quyidagicha tasvirlaydi, Muallim afandi ko’lida zur bir taek» qaysi bola- ni boshi harakatdan kolsa, ushbu tayok shu bolani boshida ulur. Ammo o’qigon, o’qimagon ila hech kimning ishi yo’q. Boshini qimirlatib ultursa kifoya kilur. Xattoki o’tgan yillarda bu tarifa zulm muallimlarni tayorini ostida vafot qilok ham vakif o’ldi. Bu tarika zolim, badxulk joxil muallimlarning tarbiyasida o’lgan bolalardan nima umid kilmok kerak».
Munavvar Qori, yuqorida ta’kidlaganimizdek,eski jaxolatni tasvirlash bilan birga yoshlarimizni maorif saodatiga chaqiradi, ularni raflat uykusidan uyronib, kuzlarini ochishlarini kay- ta-qayta ta’kidlaydi. U «Jaxolat zulmatida» qolishni, saodatdan maxrum bo’lishni xavfli deb xisoblaydi.Xullas, muallifning- bu makolasi jadidlarning oldiga kuygan maqsadlarini ham ifoda etar edi.
Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovaning ma’lumotiga kura, Mu­navvar Qorining «Namuna»maktabida bir necha yuz bola o’qigan. Bu maktabda tayyorgarligi anchagina jiddiy bo’lgan iste’dodli yoshlar muallimlik qilishgan, tadqiqotchining ma’lumoticha, Mu­navvar Qorining qo’lida ta’lim olgan yoshlar orasidan Hamza, Kayum Ramazon, Musa Toshmuhammad urli Oybek, Mannon Uyg’ur kabi iste’dodli ijodkorlar yetishib chiqishgan. Ayni paytda jadid taraqqiyparvarlari uzlarining imkoniyatlaridan kelib chikib o’qitish buyicha metodik dastur tavsiya qilishgan, Munavvar Qori ham ayni paytda xaftada o’zining 25soatlik programmasini tavsiya qilgan. SHu soatlar asosida o’zi ham maktabda darslar o’tgan. Munavvar Qorining maktab uchun va musulmonlar uchun qilgan yana katta bir xizmati shundan iborat- ki, u shariatga doyr manbalar bilan o’quvchilarni uz tilida o’qishini ta’minladi. Amerikalik olim Edvard Ollvortning ma’lumotiga kura, Mu­navvar Qori maktabidagi o’quvchilar o’qish va axloq asoslari darslarini yozib olish uchun xaftada kushimcha 9 soat shug’ullangan. SHu 9 dan 4 soat Munavvar Qorining «Ikkinchi o’qituvchi» kitobiga bagishlangan. 1 soati Sufi Olloyor sheriyatiga ajra- tilgan. Darslar turk va fors tillarida olib borilgan. O’quv ­chilar 2 soat arifmetika, 2 soat geografiya, 1 soat tarix, jami 25 soat xaftalik o’qigan. Yuqorida kayd etilgan Munavvar Qorining namuna maktabida Oybekning taxsil olganini Edvard Ollvort ham yozib o’tadi.
Tadqiqotchi Munavvar Qorining Oybek taxsil olgan kursi kuydagicha bo’lganini ko’rsatadi:
Dinning muqaddasligi
Muqaddas an’ana
Naslning qonuniy huquqi
Arab grammatikasi
Arifmetika
6. Jaxon geografiyasi
7. Islom tarixi
8. Arab va Turk yozuvining orfografiyasi.
Munavvar Qorining maktab o’quv dasturi 6 yilga muljallangan bo’lib, bu dastur Toshkentda 19» yilda taklif kilingan va amalga oshirilgan.
Bu usul boshlang’ich maktab sinflari uchun amalda qo’llanilgan. Munavvar Qori ba’zi bir kishilarning rus ta’limidan andoza kuchirilgan bilim tavsiya qilayotganliklarini kabul kila olmas edi. Toshkendagi va ko’pgina jadid o’qituvchilarining dastu­ri Munavvar Qori maslagida amalga oshirildi. CHunki Munavvar Qorining maqsadi Turkiston xalqi savodsizligini barham toptirib, ularni yetuk inson bo’lib yetishishlari uchun kurashishdan iborat edi. Turkistonda boshqa jadidlar kabi Munavvar Qori olib borayotgan pedagogik faoliyat chor xukumatini ancha bezovta qilib quyadi. Munavvar Qori «Turon» jamiyati a’zolari va Toshkentdagi maxalliy boylar e’tiborini maorif ishiga jalb xila olgan kishi edi. U birinchilardan bo’lib bu jamiyatning yigilishlarida chet ellarga ta’lim olish uchun talabalar yuborish kerak degan masalani kutarib chiqqan edi. Maqsad maxalliy yoshlarni chet ellarga, asosan. Germaniyaga yuborib, millatning kelajaki uchun kadr tayyorlash bo’lgan. Munavvar Qorining tashabbuskorligida bu masala buyicha Toshkentning mashxur boy, oqsoqollarini yigib majlislar o’tkazilgan. Quyida Munavvar Qorining shu yigilishlaridan birida so’zlagan nutqidan ayrim fikrlarni keltiramiz: «O’zbek ziyoliy bolalarining Germaniyaga yuborib o’qitishga juda muxtojmiz, bolalar o’qib, ilm-taxsil olib kelsalar, millatiga katta xizmat kila oladilar, degan bo’lsa, yana u boylarga va oksokkollarga karata «jamoat, mana bu yosh, usmir bolalarimizning Germaniyaga borib o’qib kelishlari faqat siz bayonlarimizning yordami ostida vujudga chikadi» deganidan sung utirganlar talabalar uchun yerdam pullari berishadi. Bundan tashkari, Munavvar Qori yordamida Turkiyada 1905 yilda 15 nafar, 1912 yilda 30 nafar yoshlar o’qigan. 1922 yilda Turkiston va Buxorodan 70 ga yaqin usmirlar Germaniyaga o’qishga yuborilgan. Yana Frantsiya va Yaponiyada ham yurtdoshlarimiz o’qigani ma’lum». Munavvar Qori faqat pedagoggina bo’lib kolmasdan izlanuvchan, yangi uslubiy tavsiyalarni ishlab chikishga katta xissa kushgan va shu bilan bir qatorda ilmiy-pedagogik asarlar hamda darsliklar yaratgan ijodkor edi, U birinchilardan bo’lib, jadid maktablari uchun darsliklar yaratish lozim ekanligini anglab yetdi. SHuning uchun ham asrimiz boshlarida « Adibi avval» , “Adibi soniy” « Yer yuzi» «Xavoyiji diniya» kitoblarini nashr ettirgan. 1914 yilda Salim Ismoilning « Kurьon qiroati» buyicha sabok beruvchi « Tajvid» ni o’zbekchaga tarjima qilib, Orenburgda nashr ettirgan. U badiiy ijod bilan ham shugullangan. Ayni davrda matbuotlarda e’lon kilingan Kamiy, Xislat, Sufizoda, Hamza kabi shoirlarning she’rlarini tuplab « Sabzavor» nomi bilan chop ettirgan». Edvard Ollvortning « Zamonaviy o’zbeklar» kitobidagi ma’lumotlariga kura. Munavvar Qorining 1915 yilda yozilgan 120 varaqdan iborat «Xisob» nomli kitobi, yana “Arifmetika” darsligi ham bo’lgan.
Munavvar Qorining “Xisob Arifmetika” darsliklari to’g’risida ma’lumot deyarli boshqa joyda uchramaydi. Taraqqiyparvar bu inson uz atrofiga Toshkentlik firkrli yoshlarni tuplaydi. Toshkentlik bir boy raisligida « Jamiyati xayriya» nomli jamiyatni 1909 yilda tashkil etishga muyassar buladi, Bu jamiyatda Munavvar Qori rais o’rinbosari vazifasini olib borgan. Uning tashabbuskorligi, uz atrofidagi yoshlarni yiga olganligi jamiyatni rivojlanishiga olib keldi. Birinchidan, ja­miyat ma’rifat yunalishida ish olib borsa, ikkinchidan, mustaqqillik tomon borishga karatilgan edi. Bu jamiyat yangi usuldagi maktab va madrasalar uchun yerdam berib turdi. Umuman, kambag’al va bechoraxol kishilarga moddiy tomondan yordam berib, ularning tarbiyasi va o’qishi uchun kumaklashdi. Munavvar Qori bu jamiyat orkali turli toifadagi kashshox fukaro va o’quvchilarga yordam ko’rsatish bilan cheklanib kolmagan. Doimiy ravishda chekka ulkalarga oliy ta’lim olish uchun talabalarni yuborish bilan ham shugullangan. Bu olib borilayotgan ishlar millat, vatan takdirini uylovchi buyuk shaxsga xos fazilatlardandir. Sirojiddin Axmedovning ma’lumotlariga kura, «Jamiyati xayriya» tashkiloti yordamida Mirmuxsin SHermuhammedov Ufadagi «Oliya» madrasasida o’qigan.Tadqiqotchining izlanishlaridan yana shu narsalar kuzga tashlanadiki, Munavvar Qori Oktyabr tunta- rishlaridan keyin ham xalq ma’rifati uchun xizmatini ayamaydi. U 1921 yilda Turkiston xalq maorifi komissari lavozimida ish- lab to’rgan paytida Toshkentda «Kumak» uyushmasini tuzib. Germaniyada taxsil olayotgan o’quvchilarga hamda Moskvada ta’lim ola­yotgan Mannon Uygurga moddiy yerdam ko’rsatadi.
Munavvar Qori Abdurashidxonovning milliy matbuot paydo bo’lishi va shakllanishida xizmatlari juda katta. Yuqorida ta’kidlanganidek, u 1906 yil iyun oyida chika boshlagan «Taraqqiy «gazetasining tashkilotchilaridan xisoblanadi. Shu yilning sentyabrida «Xurshid» gazetasini chikarib, o’zi muharrirlik qildi. U «Taraqqiy» gazetasi kabi xalq fikrlarini uygotishga xizmat qildi. Keyinrok U «Najot», «Kengash» da muharrir va ma’sul lavozimlarda ishladi. Munavvar Qorining matbuotga alohida e’tibor berishiga bosh sabab, u matbuotni xalqni ma’rifatli qilishdagi asosiy vosita deb bilgani edi. U o’zining ma’rifiy qarashlarini ham mana shu matbuot orkali targ’ib etdi. Milliy matbuot tarixida «Sadoi Turkiston» gazitasining xizmatlari juda katta bo’lganki, 1914-1915 yillarda Munavvar Qori o’z safdoshlari Ubaydulla Xujaev, Abdulla Avlo­niy, Tavallo, Abdulhamid CHulpon, Abdurauf Fitrat, Abdurauf Muzaffarzoda, Mirmuxsin SHermuhammedov, SHokirjon Raximiy, Nu- shiravon Yovushevlar bilan birgalikda ushbu jaridani nashr etish- di. Bu jaridada jadidlarning kuzga ko’ringan ijodkorlari dastlabki faoliyatlari bilan elga tanilib, voyaga yetganlar. Bunda Munavvar Qorining xizmatlari alohidadir. Munavvar Qori, bugungi kunda ham Markaziy Osiyoning kuzgusi bo’lgan O’rta Osiyo Davlat universiteti tashkilotchilari­dan edi. Inqilobdan sung Munavvar Qori o’rta maxsus va oliy ta’lim asoschisi sifatida Turkiston Xalq dorilfununing musulmon bo’limini tashkil etish yuzasidan komissiya tuzdi. Unga Munavvar Qori rais, Burxon Xabib, Iso Tuxtaboev, Sodiq Abdusattorov. Muxtor Bakir, Abdusami Qori Ziyaboevlar a’zo qilib saylandilar, 22 kun ichida Xalq dorilfununining Musulmon bo’limi dasto’rini tuzdilar. U uch boskichdan iborat edi. 1918 yili 3 mayda dorilfununda Munavvar Qori rais (rek­tor), Iso Tuxtaboev birinchi, Burxon Xabib ikkinchi muovini qilib tayinlanadi. Dorilfunun 13 may 1918 yil yakshanba kuni (xozirgi O’zbek yosh tomoshabinlar teatri binosida) tantanali ravishda ochildi. Dorilfununni boshqarishda 15 ta demokratik tashkilotdan 45 ta vakil saylandi. O’qituvchilar soni 190 ga yetdi. Ular orasida Fitrat, Kamol SHams va boshqa kuzga ko’ringan mutaxassislar bor edi. Munavvar Qori ovrupacha usuldagi dorilfunun tashkil etish bilan birga qator madrasalarni islox xilishni va ularda asosan dunyoviy bilimlarni o’qitib, milliy ziyolilar yetkazishni taklif etdi. SHunga kura, 1923 yildan yangi usul buyicha anik fanlar 30 ta madrasada o’qitiladi. Munavvar Qori jamiyatning har bir jabxasida faol edi. 1923 yil 28 avgustda bo’lib o’tgan Xalq Maorif Komissarligi yigilishning 20-sonli bayonnomasida ko’rsatilishicha, u shikoyat byurosida faoliyat ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda 1923 yilning 29 aprelida bo’lib o’tgan Turkiston Xalq Komissarlari Kengashining qo’shma yig’ilishida Munavvar Qori faol katnashib, yeshlarning jismoniy tarbiyasi va kamoloti turrisida ma’ruza qiladi. 1923 yil 14 yanvarda Xalq komissarlari Kengashining T. Risqulov raisligida bo’lib o’tgan yigilishida Vakf bosh boshqarmasini tasdiqlash masalasi kurilgan. Munavvar Qori ushbu xay’atining a’zosi qilib saylangan. 1920 yil Turkiston Markaziy ijroiya qumitasining VII sessiyasi bo’lib o’tgan. Bu sessiyada Munavvar Qori Sirdaryo viloyati kurilish ishlari buyicha boshqa ruvchi etib tayinlangan. Yana shuni alohida aytish kerakki, Munavvar Qori o’z ma’ri­fiy qarashlarini teatr truppasi orqali ham ilgari surdi. U 1913 yilda ish boshlagan Turon truppasini tashkilotchilaridan biri bo’lgan. U truppaning tashkiliy va tadbiriy ishlarida doi miy ravishda katnashib kelgan.
Munavvar Qori teatrning xalqni ma’rifat uchun tarbiyalashdagi rolini alohida ko’rsatib bergani dixxatga sazovordir.U xalqqa fikrlarini yetkazib berish uchun har-xil uxshatishlardan foydalandi. Teatr taraxkiy etgan mamlakatning ishlarini misollar orxali tushuntirish eng muximi, millatning obrusi va nomusi teatr bilan boglixligini alohida uqdirdi. Munavvar Qori teatrni « Ulug’lar maktabi» deb tasvirladi.U fikrini quyidagi so’zlar bilan yakunlaydi; «Bas, bizga bu bildiruvchi va o’rganuvchi yolgiz teatr saxnasidir. Sa’niy nafisini tark xilmok kerakdurki, oni tark xildiruvchi yana jamiyat va teatr vositasida ochilgan milliy maktab va madrasalarimizdur. SHu sababli hamiyatli yoshlarimizdan bu teatrlarga faqat uyin masharabozlik kuz ila boqmasin. Millat va axloqjixatdan eng ibratlar bir munozara va uluglar uchun ochilgan foydali bir maktab nazari ila boxmoxlarini ojizona arz istiroxat kilur- miz». Munavvar Qorining teatrga bunday katta baxo berishi uchun bilimlari, dunyoharashi nixoyada keng ekanligini ko’rsatadi. CHunki u yoshligidan diniy axidalarni puxta egallay bilish bilan bir qatorda, taraxxiyot yo’llarining barcha xirralarini Ham o’ziga xos ravishda o’rgangan edi, Bu taraxxiyparvar inson o’zi ma’rifat tarkatish bilan bir qatorda, ma’rifat uchun jon kuydiradigan ijodkorlarga keng ravishda yordam berdi. U ijodkorlarning kitob nashr etishiga ma’naviy tomondan juda katta yerdam ko’rsatdi. Jumladan Hamza Xakimzodaga bunday bekiyos yordam ko’rsatganligi ma’lum.

Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori – T: «Sharq», 1997 y., 184b.


G’oziyev E. Psixologiya: (Yosh davrlari psixologiyasi): - T.: «O’qituvchi», 1994. -224 b
.Hayitmetov A. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. -T.: O’zFan.
Hayitmetov A. Alisher Navoiyxonlik suhbatlari. -T.:O’qituvchi, 1993 y. -211 b.
Hayitmetov A. Alisherning yoshligi. /Gulxan, 1987 y. № 12, -20 b.
Husanxo’jayev I. Navoiy ta’lim-tarbiya haqida. -T.:O’rta va Oliy maktab. 1963 y.
Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. Mas’ul muharrir:
Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz takomil bosqichlari. - T.: «Sharq», 1996,
Iymon qalb gavhari. R. Vohidov, M.Mahmudov. – T:. “Ma’naviyat”, 1999, -200 b.
Jo’rayev A.J. Tarbiyaviy darslarni o’tish. Sinf rahbarlari uchun qo’llanma.
Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. Darslik-majmua. -T.: O’qituvchi, 1994 y. - 251b.
Kaykovus. Qobusnoma. -T.:O’qituvchi, 1986 y.
Ma’naviyat darsligi (tuzuvchi S.Nishonova) – T:. O’qituvchi, 1997 y, 320 b
Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar adiblar)
Mas’ul muharrir: M.Xayrullayev. – T:. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi, 1999 y., 400 b.
Mahmudov T. Mustaqillik va ma’naviyat (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Mallayev N.M. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. -T.:G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1974 y.
Mallayev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. Alisher Navoiy. 1-kitob.-T.: O’qituvchi, 1985 y. -338-626 b.
Munavvarov A. Pedagogika. -T.: O’qituvchi, 1996 y. -200 b.
Internet saytlari:
1.www.ziyonet.uz
www.gov.uz

1 Qarang: Мунaввaр A6дурaшидxoнoв. Xoтирaлaримдaн.(жaдид-чилик тaриxидaн лaвxaлaр). Нaшргa тaйёрлoвчи Ba изoxлaр муaллифи С.Xoл6oeв. «Шaрк», Т., 2001.; Xoл6oeв С. Мунaввaр 10эри. «Фaн Ba турмуш», Т., 1991, 4-тон; Улта муaллиф. Oй6oлтa ocr^ara суз. «Tурoн тaриxи». Т., 1992; Уши муaллиф. Мунaввaр A6дурaшидxoнoв. У^та Ocиёдaги пeдoгoгик фикрлaр тaдкикoтидaн лaвxaлaр. Т., «Фaн», 1996; Сирoжиддин Axмaд. Мунaввaр ^ри. «Шaрк юлдузи», 1992, 5-coн.
«IHapK юлдузи», 1992 йил, 5-тон.


Yüklə 338,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin