Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi




O’ zbekiston Respublikasi 
 Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. 
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat 
Pedogogika Universiteti. 
MEHNAT VA UNI O’QITISH
METODIKASI. 
 
O’quv qo’llanma 
Tuzuvchilar: Prof. Mavlonova R.A. 
P.f.n dotsent Sanaqulov.H.R. 
O’qituvchi Xodieva.D.P 
 
 
Taqrizchilar: Nizomiy nomli TDPU p.f.n. dotsent S.Boltaboev 
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Toshkent 
viloyati xalq ta’limi pedagog xodimlarni qayta 
tayyorlash 
va 
malakasini 
oshirish 
instituti 
“Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim” kafedrasi 
mudiri M.G’ulomov. 
Toshkent-2007 



 
Annotatsiya. 
Qo’llanma bakalavriyat yo’nalishi 5141600 – Boshlang’ich ta’lim va 
sport tarbiyaviy ish uchun mo’ljallangan bo’lib, unda talabalarga mehnatga 
pedagogik va psixologik asosda bilim berish, mahnaviy va mahrifiy
madaniyatni takomillashtirish, mehnat tarbiyasi asosida o’quvchilarda kasb-
hunarga qiziqishini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, bundan talabalar 
mustaqil ravishda mehnat va uni o’qitish metodikasidan nazariy va amaliy 
bilimlar mavzusiga tayyorlanish jarayonida talaba bajarish lozim bo’lgan 
topshiriq va metodik ko’rsatmalardan foydalanish mumkin.  
Mazkur qo’llanma 2007 yil 29 martda 9 sonli qarori bilan tasdiqlandi. 



KIRISH. 
Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan 
texnika taraqqiyotini hayotga tadbiq eta oladigan yetuk malakali kadrlar
tayyorlash masalasi turibdi. 
Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga 
tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning tahlim va tarbiyasidagi eng zarur
masalalardan biridir. 
Ayniqsa boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni mehnatga tayyorlash 
ularning qiziqishlari, moyilliklar va imkoniyatlariga asoslangan qo’l mehnati 
hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o’quvchilarda
ushbu yosh uchun bilim, mehnat, axloqiy, estetik iqtisodiy-ekologik
va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, 
natijada ularni mehnatga tayyorlashni qo’l mehnati jarayonida bolalar asosan
ishlab chiqarish texnologiyalar chiqindilari (qog’oz,karton,sim, yog’och,gaz 
mol va boshqalar) bilan tabiiy va sun’iy xom ashyolar (maxsus loy,yog’och 
va plastmassalar, plastilin, yelim va boshqalar) bilan ishlash keyingi sinflarda 
davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qiladi. 
Mazkur o’quv metodik qo’llanma pedagogika institutlarining talabalari
uchun "Mehnat va uni o’qitish metodikasi” fani bo’yicha mo’ljallangan 
bo’lib, unda yangi pedagogik texnologiya yutuqlari asosida, "Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi" hamda "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun talablarini 
bajarish maqsadida o’quvchilarning tafakkurlarini yuqori darajada 
rivojlantirishga erishish umumiy tahlim maktablari oldida turgan eng
muhim vazifalarini amalga oshirishda, Davlat ta’lim standartlarini bosqichma-
bosqich amalga oshirilishida, yo’nalishi Bakalavr: 142000 -Boshlang’ich 
ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi mutaxassisliklarn uchun o’quv
metodik qo’llanmadir.
O’quv 
qo’llanma 
talabalarning 
mehnat 
ta’limi 
bo’yicha
boshlang’ich ta’lim metodikasidan nazariy, amaliy va laboratoriya 
mashg’ulotlarida bajaradigan ishlarning namunalariga yo’llanmani o’z 
ichiga oladi. Har bir nazariy, amaliy mashg’ulotlarning mavzusi, unga 
tayyorlanish jarayonida talaba bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar, metodik 
ko’rsatmalar va eng muhim nazariy manbalar keltirilgan. O’quv 
qo’llanma talabalarning mashg’ulotlarga tayyorlanishida foydalanishlari 
uchun, ularning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun
mo’ljallangandir.




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin