Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

1-
 
BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MEHNAT TA’LIMIDAN 
NAZARIY BILIMLAR. 
 
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limi va
tarbiyasining vazifalari. 
  Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va 
mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo’yadi. Shunga 
ko’ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o’zgarishlar qilishi lozim. Har 
bir o’quvchida zamonaviy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun 
maktabning boshlang’ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha 
muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi tahlim va tarbiyani 
rivojlantirish, keyinchalik kasb-hunar kollejlarida o’z bilimlarini davom 
ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini 
kengaytirish, zamonaviy bilim bilan qurollantirish va jismoniy mehnatni har 
tomonlama uyg’unlashtira olishga o’rgatishdan iboratdir. 
Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktablarda 
butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o’quv predmetlari yordamida hal 
etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari yetakchi rolg’ o’ynaydi. 
Maktabda 
muntazam 
mehnat 
ta’limining boshlang’ich bosqichi 
boshlang’ich sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni 
qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir.
Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnatga 
axloqiy va ruhiy tayorlash, o’quvchilarni boshlang’ich politexnik bilimlar 
bilan qurollantirish, mehnatga amaliy tayorlashlardan iboratdir.
Mehnatga axloqiy tayyorlash – Ukuvlarga jamoada ishlashni, o’zaro 
do’stona yordamni, ijodiy tashabbuskorlikni, tashkilotchilik qobiliyatlarini 
namoyish qilish, mehnat kishilari va mehnat natijalarini xurmat kilishga
o’rgatishdan iboratdir. 
Mehnatga ruhiy tayyorlash. Mehnatga ruxiy tayyorlash murakkab, uzoq 
davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun tahlim va tarbiyaga singib 
ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatga axloqiy 
tayyorlashga juda yaqindir. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin