Maktabgacha va maktab ta’lim Vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligi __________________ maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi __- maktabgacha ta’lim tashkiloti KATTA GURUH TARBIYACHISI _________________________ning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida tayyorlagan
Mavzu: Ranglar jilosida – ona diyor F aoliyat shiori:“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” Maqsad: Ta’limiy – Bolalarning Mustaqillik, davlat, uning ramzlari, Konstitusiya va qonunlar to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish. Ilk tushunchalarni berish orqali qonun – qoidalarga roiya qilishga o‘rgatishni davom ettirish.
Tarbiyaviy – Bolalarda hayotdagi ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan sezgirlikni tarkib toptirish. Ularni tabiiy muhitni asrashga chaqirish. Yashil do‘stlar, qushlar va hayvonlarni asrash, ularga g‘amxo‘rlik qilish hissini tarbiyalash. Jamoada ishlash, tengdoshlari fikri bilan hisoblashish fazilatlarini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi – Bolalarning nutqini, ularning umumiy axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Kutilayotgan natija – Bolalarning Mustaqillik, davlat, uning ramzlari, Konstitusiya va qonunlar to‘g‘risidagi bilimlari oshadi. Ilk tushunchalarni berish orqali qonun – qoidalarga roiya qilishga o‘rgatiladi. Bolalarda hayotdagi ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan sezgirlik tarkib topadi. Ular tabiiy muhitni asrashga o‘rganadilar. Yashil do‘stlar, qushlar va hayvonlarni asrash, ularga g‘amxo‘rlik qilish hissi tarbiyalanadi. Jamoada ishlash, tengdoshlari fikri bilan hisoblashish fazilatlari tarkib topadi. Bolalarda nutq, umumiy axloq ko‘nikmalari rivojlanadi.
Kerakli jihozlar: Madhiya yozilgan disk, AKT, Davlat ramzlari, rangli iplar, “Bayroqni yig‘” o‘yini ucun kerakli jixozlar, “Xaritani yig‘” o‘yini uchun kerakli jixozlar, “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar, qushlar va sudralib yuruvchilarning rasmlari.
(Bolalar yarim aylana bo‘lib turadilar. O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi yangraydi).
O‘yin: “Rangli iplar”
(Tarbiyachi o‘rtada turib qo‘lidagi rangli iplardan istaganlarini olishlarini taklif qiladi. So‘ngra xuddi shu rangli belgi qo‘yilgan stol atrofiga o‘tirishga taklif qiladi. Shu tariqa bolalar guruhlarga bo‘linib olinadi).
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan Davlatimiz Mustaqilligi to‘g‘risida suhbatlashamiz. Bugungi faoliyatimizni bellashuv tarzida o‘tkazamiz. Men sizlarga savol beraman. Har bir to‘gri javob uchun esa bitta rag‘bat beraman va hammamiz birgalikda faoliyat so‘ngida rag‘bat-o‘yinchoqlarni sanab g‘olib guruhni aniqlab olamiz.