Tarbiyachi: Davlatimiz qanday ataladi?
Bola: Davlatimiz O‘zbekiston Respublikasi deb ataladi.
Tarbiyachi: O‘zbekiston Respublikasi qanday davlat?
Bola: O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlat.
Tarbiyachi: Qanday Davlat Mustaqil Davlat deb ataladi?
Bola: O‘z bayrog‘i, o‘z gerbi, o‘z tili, o‘z chegarasi va o‘z qurolli kuchlari bor Davlat mustaqil Davlat deb ataladi.
T arbiyachi: Mustaqilligimizni madh etuvchi qanday she’r bilasiz?
Bola: Istiqlol - bu istiqbol,
Nurli hayot degani.
Qo‘rg‘on butun, el – yurt tinch,
Vatan obod degani,
Ulg‘ayaman, shu niyat:
Bo‘lsin keragim.
Istiqlolga munosib
Farzand bo‘lmoq tilagim.
Tarbiyachi: Barakalla. Bolajonlar, 8-dekabrda biz qaysi bayramni nishonlaymiz?
Bola: 8-dekabrda biz Konstitutsiya kunini nishonlaymiz.
Tarbiyachi: Konstitutsiya nima va unda nimalar yozilgan?
Bola: Konstitutsiya qonunlar kitobi. (AKTda Konstitisiya kitobi namoyish etiladi) Unda fuqarolarning huquq va erkinliklari qonuniy jihatdan qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Tarbiyachi: To‘g‘ri, kim Konstitutsiya – bosh qomusimiz haqida she’r aytib beradi?
Bola: Ozod, hur Vatanning ertasi porloq,
Asosiy Qonu ni – o‘z Qomusi bor!
Yo‘lida porlaydi hamisha mayoq,
Dilida g‘ururi, or-nomusi bor!
Haqq-u huquqimiz unda namoyon
Adolat quyoshi boshda porlagay!
Shonu-shuhratiga havasda jahon,
Ulug‘ kelajakka mag‘rur chorlagay!
Tarbiyachi: Bayrog‘imizni kim ta’riflab beradi?
Bola: (Ko‘rgazma vositalaridan foydalanib) Bu O‘zbekiston Respublikasinig bayrog‘i. Bayrog‘imizdagi moviy rang – yurtimiz osmonining musaffoligini, oq rang – tinchlik, poklikni, yashil rang tabiatning yangilanishini, qizil chiziqlar esa tomirlarda oqayotgan qonni anglatadi. Navqiron yarim oy – qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz, 12 ta yulduz madaniyatimiz qadimiyligini anglatadi.
T arbiyachi: Bayrog‘imiz haqida kim she’r aytib beradi?
Bola: Hurlikni ulug‘lab hilpirar mag‘rur,
O‘zbek iftixori – vatan bayrog‘i.
Yashaydi millatlar do‘st-inoq, masrur,
Sajdagoh makondir oltin tuprog‘i.
O‘yin: “Bayroqni yig‘”
(Konvertlarda berilgan shakllardan barcha guruhlar O‘zbekiston bayrog‘ini yig‘ishadi. Birinchi bo‘lib yiqqan guruhga 3 ta rag‘bat, 2-bolib yiqqan guruhga 2 ta rag‘bat, 3- bo‘lib yiqqan guruhga 1 ta rag‘bat beriladi).
Tarbiyachi: Gerbimizni kim ta’riflab beradi?
Bola: (Ko‘rgazma vositalaridan foydalanib) Bu O‘zbekiston Respublikasining Gerbi. Gerbning yuqori qismida 8 qirrali yulduz joylashgan, uning ichidagi yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir. Gerbimizning markazida oliyjanoblik va fidoiylik ramzi bo‘lgan Xumo qushi tasvirlangan. Quyosh – yurtimizning serquyoshligini bildirib turibti. Paxta – Vatanimizning milliy boyligi, boshoqlar esa rizq-nasiba, qut-baraka ramzidir.
T arbiyachi: Gerbimiz haqida qanday she’r bilasizlar? Qani kim aytib beradi?
Bola: Istiqlolning timsoli,
Humo qushi misoli,
Xalq baxti-yu, iqboli,
O‘zbekiston gerbi bu,
Ozod inson gerbi bu.
Paxta, bug‘doy – boyligim.
Tog‘u daryo – soyligim,
Oftobu Oyligim,
O‘zbekiston gerbi bu,
Ozod inson gerbi bu.
Ulug‘ yurtim, davlatim.
Yengilmas kuch-qudratim,
E’tiqodim, hayratim,
O‘zbekiston gerbi bu,
Ozod inson gerbi bu.
Yulduz bo‘lib porlaydi,
Saodatga chorlaydi,
Ko‘rgan – iftixor deydi,
O‘zbekiston gerbi bu,
Ozod inson gerbi bu.
Tarbiyachi: Vatanimiz timsollaridan yana biri madhiyamiz ekan. Qani kim aytadi Madhiyamizning mualliflari kim?
Bola: Madhiyamizni Abdulla Oripov yozganlar, bastakor Mutal Burxonov unga kuy bastalaganlar.
Tarbiyachi: (O‘zbekiston Respublikasining xaritasini ko‘rsatib) Mana bu nima?
Bolalar: O‘zbekiston Respublikasining xaritasi. (AKT)
Bola: - Bola aziz, odobi undan aziz.
Bola: - Odobli bola elga manzur.
Bola: - Odob boshdan, nihol yoshdan.
Bola: - Odobni beodobdan o‘rgan.
Tarbiyachi: Barakalla, demak bolalar avvalambor odobli bo‘lishingiz kerak ekan, shundaymi ? Siz o‘z burchlaringizdan tashqari yana huquqlaringizni ham bilishingiz kerak. Huquq nima?
Bola: Huquq bu qonun bilan himoyalayadigan, har bir fuqaroga beriladigan imtiyozdir.
T arbiyachi: Siz Qonun bilan tasdiqlangan o‘zingizning HUQUQlaringizni bilasizmi? Qani kim aytib beradi?
Bola: Dunyoga keldingmi bas,
Bilgin ilk huquqingni
Faxrlanib tanigin o‘zingni,
O‘Z ISMINGNI.
Bola: Yolg‘iz yashash juda og‘ir,
Mehriboning bo‘lmasa
Yasha deydi senga huquq
OTA-ONANG BAG‘RIDA.
Bola: Bordir yana bunday huquq:
ESLASH, O‘YLASH, IJOD QILISH
Xohlasang o‘z asaringni,
Boshqalarga sovg‘a qilish.
Bola: Kattalarday nishonlashga
Menda ham bor ko‘p bayram,
Qornim ochib qolgandachi
OVQATLANISHGA haqqim bor ham.
Bola: Kuchlimisan, kuchsizmisan
Oqmi, qora, qizil tan
BAXTLI BO‘LISH huquqi
B archamizga berilgan.
Bola: Bo‘y – bastimdan qoniqmayman,
Hali quvvatim kamroq
Kuchsizlarni XAFA QILMANG
Qonun bizniki o‘rtoq.
Bola: Issig‘im baland juda,
O‘ynamoqqa yo‘l qo‘ymas
Huquqim bor SHIFOKORNI
Yordamga chaqirsam bas!
Dostları ilə paylaş: |