Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash. Boshlang’ich sinflarda 
keng mahnodagi ilmiy asoslar haqida emas, politexnik ta’limning elementlari 
to’g’risida gap boradi. Bu o’quvchilarda fan-texnika yutuqlariga nisbatan 
qiziqish uyg’onishiga yordam beradi. Biroq, umum ta’lim predmetlarini 
o’qitish mehnat darslarini mahlum darajada politexnik asoslarda, darsdan-
darsga politexnik bilimlarni qo’shib olib borishga yordam beradi. Politexnik 
tayyorgarlikka ega bo’lib, qo’yilgan mehnat vazifalarini bajarishda 
asboblardan to’g’ri foydalanishga yordam beradi. SHuningdek bu tayyorgarlik 
kerakli ishlab chiqarish bosqichlarini qanday va qaysi izchillikda amalga 
oshirish, qanday asboblarni qo’llash va undagi sabablarin anglashga 
ko’maklashadi. Mehnat bo’yicha dasturning istalgan bo’limini o’tishda 
o’qituvchi bolalarga mahlum hajmdagi politexnik bilimlarni beradi. 
Boshlang’ich politexnik bilim bilan qurollantirish o’quvchilarga predmetni 
yasash, ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o’ziga 
xosliklari, materialga qo’lda ishlov berilganda qo’llaniladigan asbob-
moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoidalari haqida mahlumot 
berishdan iboratdir. 
Politexnik bilimlar asosan boshlang’ich sinf o’quvchilarida fan-texnika 
yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg’otadi. 
O’quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko’nikma va 
malakalarga o’rgatishni ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga imkon 
beruvchi zamindir. 
Mehnat malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish. Mehnatga 
amaliy tayyorlash mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U o’zaro 
bog’langan bir nechta elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana 



bilish u yoki bu materialga mahlum izchillikda ishlov bera olish, yo’l qo’yilgan 
xatoni o’z vaqtida aniqlash va to’g’irlay olish kabilardan tarkib topadi. 
Mehnatga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasida amalga 
oshishi mumkin. U boshlang’ich maktabda boshlang’ich politexnik bilimlarga 
asoslanadi. Mehnat tahlimining mazmuniga muvofiq o’quvchilarda mazkur 
yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishda qo’llaniladigan oddiy 
asbob va moslamalarni ishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. 
Oddiy asbob va moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi 
hisoblanadi. 
Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish, asosiy ishlab 
chiqarish operatsiyalarini o’rgatish ham demakdir. Boshlang’ich sinf 
o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu 
masalani batafsil o’rganmasdanoq ish opreatsiyalarining tipikligini sezib olish 
qiyin emas, ular: materiallarni o’lchab olish va belgilash, ularni qirqib ishlov 
berish, qismlarni yelimlash, tikish, o’rash va bog’lash kabi yo’llar bilan 
birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig’ish va buyumni mantaj qilishdir. 
Yakunlovchi bosqich buyumni bezashdir. 
O’quvchilardagi mehnatga bo’lgan qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va 
ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida takomillashtirishlariga 
yordam berish juda muhimdir. 
Bunda o’quvchilarni ehtiboriga eng oddiy buyum o’yinchoqlarni, 
o’yinlarni, o’quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, 
applekatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari bolalarda mehnatga 
qiziqishni uyg’otish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish 
va chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir 
qo’llar” to’garaklarida, kun uzaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni 
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin