Bosh Miyaning Umumiy Ko'rinishi. Bosh Miya asosi. 12Juft bosh miya nervlari chiqish yo'llari



Yüklə 244 Kb.
səhifə1/19
tarix02.01.2022
ölçüsü244 Kb.
#39565
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-7-Anat javoblari


1.Bosh Miyaning Umumiy Ko'rinishi.Bosh Miya asosi.12Juft bosh miya nervlari chiqish yo'llari.

Bosh miya bosh suyagining ichida joylashgan bo’lib, og’irligi katta odamda 1020-1970 g gacha bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bosh miyaning katta-kichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi.Bosh miya (cerebrum) yoki oxirgi miya (telencephalon) miyaning katta qismi boʻlib, tarkibiga bosh miya poʻstlogʻi (bosh miya yarimsharlarining) va gippokamp, bazal oʻzaklar va [[hidlov piyozchasi]] kabi bir qancha subkortikal tuzilmalar kiradi. Odam miyasida, bosh miya markaziy nerv sistemasining eng yuqori sohasidir. Prosensefalon yoki oldingi miya embrional tuzilma boʻlib, undan bosh miya prenatal rivojlanadi. Sutemizuvchilarda, dorsal telensefalon, yoki pallium, bosh miya poʻstlogʻiga rivojlanadi va ventral telensefalon, yoki subpallium, bazal oʻzaklarga aylanadi. Bosh miya shuningdek tahminan simmetrik chap va oʻng bosh miya yarimsharlariga boʻlinadi.Bosh miya — encephalon quyidagi bo‘limlarga bo'linadi:1) rombsimon miya — rhombencephalon. O'z navbatida rombsimon miyaikki qismdan iborat:a) myelencephalon — uning tarkibiga uzunchoq miya — medullaoblongata kiradi.b) metencephalon — uning tarkibiga ko'prik — pons va miyacha — cerebellum kiradi.2) o'rta miya — mesencepnalon.3) oldingi miya—prosencephalon. O'z navbatida oldingi miya ikki qismdan iborat:a) diencepnalon — oraliq miya;b) telencephalon — oxirgi miya.Bosh miya tarkibida uning so'g'oni — truncus encephali bo'lib, bu hosila tarkibini quyidagilar tashkil etadi.a) medulla oblongata — uzunchoq miya;b) pons — ko'prik;d) mesencephalon — o'rta miya.Bosh miya nervlari 12 juft bo'lib, bosh miya asosidan chiqadi va quyidagi nervlarni hosil qiladi:I -n. n. olfactorii hid biluv nervi; II — n. opticus — ko‘ruv nervi;III — n. oculomotorius — ko‘zni harakatga keltiruvchi nerv IV — n. trochlearis — g‘altak nervi;V — n. trigeminus — uch shoxli nerv; VI — n. abducens — ko'zni uzoqlashtiruvchi nerv; VII — П. facialis — yuz nervi;VIII _ n. vestibulocochlearis - dahliz-chig‘anoq nervi yoki eshituv- muvozanat nervi;IX — n. glossopharyngeus — til-halqum nervi; X — n. vagus — adashgan nerv; XI — n. accessorius — qo'shimcha nerv;XII — n. hypoglossus — til osti nervi.I va II juft bosh miya nervlari: hid biluv nervi - n. olfactorius hamda ruv nervi n. opticus bosh miyaning old miya qismidan taraqqiy etadi Qolgan bosh miya nervlari, to'liq holda orqa miya nervlariga mos kelmaydi Har bir nerv orqa miya nervlarining old yoki orqa ildizlarini eslatadi.mos keldi Juft bosh miya nervlari oriIa miYaning oldingi ildizlariga V, VII, VIII, IX, Xjuft bosh miya nervlari orqa miyaning orqa ildizlariga mos o'rta bo‘lib, bu nervlar tarkibida tugunlar hosil bo‘ladi.Bosh miya nervlari tarkibida, orqa miya nervlariga o‘xshash quyidagi o'zaklar bo'ladi: I) somatik sezgi o'zaklari; 2) somatik harakatlantiruvchi o'zaklar; 3) vegetativ o'zaklar. O'z navbatida vegetativ o'zaklar: a) visseral — sezgi o'zaklaridan; b) visseral—harakat o'zaklaridan hosil bo'ladi.1. Somatik sezgi o'zaklari bosimni, haroratni, tovush to'lqinlarini yoki numi qabul qilib, II, V, VIIIjuft bosh miya nervlari tarkibida bo'ladi.2. Somatik harakatlantiruvchi o'zaklar: III, IV, V, VI, VII, IX, X, XI, XII juft bosh miya nervlari tarkibida bo'ladi.3. Visseral sezgi o'zaklari ichki a’zolardan, og'iz va burun bo'shliqlaridan sezgini qabul qilib, I, V, IX, Xjuft bosh miya nervlari tarkibida bo'ladi.4. Visseral harakatlantiruvchi o'zaklar ichki a’zolar va qon tomirlar devoridagi silliq mushaklami, yurak mushaklarini va bezlami innervatsiya etib, VII, IX, X juft bosh miya nervlar tarkibida bo'ladi.


Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin