Bosh Miyaning Umumiy Ko'rinishi. Bosh Miya asosi. 12Juft bosh miya nervlari chiqish yo'llari



Yüklə 244 Kb.
səhifə9/19
tarix02.01.2022
ölçüsü244 Kb.
#39565
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
1-7-Anat javoblari

20. 0 ‘rta miya (mesencephalon) bosh miyaning nisbatan sodda tuzilishga ega qismi. U filogenezda ko‘ruv va eshituv analizatorlarining ta’siri ostida rivojlanadi. Odamda oxirgi miya po‘stlog‘ida ko‘ruv va eshituv markazlari paydo bo‘lganidan so‘ng o‘rta miyadagi markazlar po‘stloq osti markazlari holatiga tushib qoladi. 0 ‘rta miya uchinchi miya pufagidan taraqqiy etadi. U pufakcha devorlari bir tekis kengayib, dorsal qismidan o‘rta miya tomi, ventral devoridan miya oyoqchalari hosil bodadi. Uning qoldiq bo‘shlig‘i III va IV qorinchalami
qo‘shib turuvchi miya suv yodiga aylanadi. 0 ‘rta miyaning oldingi yuzasi yuqoridan (oldindan) ko‘ruv yodlari va so‘rg‘ichsimon tana, orqadan esa ko‘prikning oldingi chekkasi bilan chegaralanadi. 0 ‘rta miyada uning taraqqiyoti bilan bogdiq bodgan quyidagi: 1. Po‘stloq osti ko‘ruv markazi va ko‘z mushaklarini innervatsiya qiluvchi nerv o‘zaklari. 2. Po‘stloq osti eshituv markazi. 3. Bosh miya po‘stlog‘ini orqa miya bilan bogdovchi pastga tushuvchi va
yuqoriga chiquvchi odkazuv yodlari. 4. Odta miyani bosh miyaning boshqa qismlari bilan bogdovchi nerv tolalari joylashgan. 0 ‘rta miya ikki asosiy qismdan: o‘rta miyaning tomi va bosh miyaning oyoqchalaridan iborat. 0 ‘rta miyaning tomi (tectum mesencephali) tomning plastinkasi (lamina tecti) yoki to‘rt tepalikning plastinkasidan (lamina quadrigemina) iborat . U o‘zaro to‘g‘ri burchak hosil qilib kesishgan bo‘ylama va ko‘ndalang egatlar bilan ajragan to‘rtta tepalikdan iborat. Ikkita ustki tepalikda (colliculus superior) po‘stloq osti ko‘ruv markazi,
ikkita pastki tepalikda (colliculus inferior) esa po‘stloq osti eshituv markazi joylashgan. Ustki tepalik o‘rtasidagi egatda g‘urrasimon bez (glandula pinealis) engashib turadi. Har bir tepalikdan lateral tomonga qarab tepalik qodchalari yo‘naladi. Ustki tepalik qodchasi (brachium colliculi superioris) lateral tizza simon tanaga qarab yo‘nalib, qisman ko‘ruv yodiga o‘tib ketadi. Pastki tepalik qoichasi (brachium colliculi inferioris) medial tizzasimon tanaga yo‘naladi. Bosh miyaning oyoqchalari (pedunculi cerebri) ko‘prikning yuqori chekkasidan boshlanib, oldinga va lateral tomonga qarab yo‘nalgan juft oq ustunchalar shaklida bodib, bosh miya yarim pallasi ichiga kirib ketadi. Ular o‘rtasidagi chuqurlik oyoqchalar orasidagi chuqurcha (fossa interpeduncularis) deb ataladi. Bu sohada orqa ilma teshik modda (substantia perfarata posterior) va ko‘zni harakatlanuruvchi nerv egati (sulcus nervi oculomatorii) joylashadi.
0 ‘rta miyaning kesmasida (257-rasm) bosh miya oyoqchasini qoramtir modda (substantia nigra) ikki qismga: orqa (dorsal) o‘rta miya qoplamasi (tegmentum mesencephali) va oldingi (ventral) oyoqcha asosiga (basis pedunculi) ajratadi. Qora modda miya oyoqchasining bor bo‘yiga ko‘prikdan to oraliq miyagacha cho‘zilgan bodib, faoliyat jihatidan ekstrapiramida tizimiga kiradi. Uning hujayralari tarkibidagi melanin pigmenti qoramtir rang beradi. Miya oyoqchasining qoplama qismida pastki tepalik sohasidan talamusgacha cho‘zilgan cho‘zinchoq shakldagi qizil o‘zak (nucleus ruber) joylashgan. 0 ‘rta miyanmg suv yodi (silviy suv yo‘li) aqueductus mesencephali) uzunligi 1,5 sm keladigan tor naycha. Uning atrofida markaziy kulrang modda (substantia grisea centralis) joylashgan. Markaziy kulrang moddaning ichida, o‘rta miyaning suv yoii tubida III va IV juft bosh miya nervilarining o‘zaklari joylashgan. Yuqorigi tepalik sohasida ko‘zni harakatlantiruvchi nerv o‘zagi (nucleus nervi oculomatorii) va ko‘zni harakatlantiruvchi nervning qo‘shimcha (yakubovich) o‘zagi (nuclei accessorii nervi oculomatorii), pastki tepalik sohasida esa g‘altal< nervining o‘zagi (nucleus nervi trochlearis) yotadi. Markaziy kulrang moddaning lateral qismlarida uch shoxli nervning o‘rta miya o‘zagi (nucleus mesencephalicus nervi trigemeni) yotadi. 0 ‘rta miyaning qoplamasidan afferent o‘tkazuvyo‘llari o‘tadi.
Miya oyoqchasining asosi oq moddadan iborat bo‘lib, undan harakatlantiruvchi o‘tkazuv yoilari o‘tadi. Miya oyoqchasining asos qismi bola tugilganidan keyin po‘stloq bilan orqa miya, o‘zaklar va miyacha o‘rtasidagi yoilar taraqqiyotiga bogianib o‘sadi. Odamning bosh miyasi ontogenezida, uning filogenitik yangi qismibosh miyaning oyoqchasini asosi sezilarli o‘zgarishga uchraydi. Miya oyoqchasining asosi bola tugilganidan keyin po‘stloq bilan orqa miya, o‘zaklar va miyacha o‘rtasidagi yoilar taraqqiyotiga bogianib o‘sadi va o‘rta miya tomiga boigan nisbati o‘zgaradi. Qizil o‘zak va uning aloqalari ekstrapiramida tizimi tarkibiga kirib, ontogenezda piramida tizimidan ilgariroq paydo boiadi. U yirik va mayda hujayraliqismlardan iborat. Yirik hujayrali qism oldinroq paydo boiib, u impulslami miyachadan miya so‘g‘oni va orqa miyaga oikazib beradi. Mayda hujayrali qismi keyinroq paydo boiib, impulslami miyachadan po‘stloq osti va po‘stloqqa oikazib beradi.Yangi tugilgan chaqaloqda qora moddada pigmenti boimagan hujayra orolchalari boiib, ularda pigment 3-4 yoshlarda paydo boiadi va 16 yoshda u yuqori darajada takomillashadi. 0 ‘rta miyaning kulrang o‘zaklari bolalarda yaxshi rivojlangan boiadi. Silviy suv yoii bola hayotining birinchi yilida keng boiib, keyinchalik asta-sekin torayadi. 0 ‘rta miya tomining (to‘rt tepalik plastinkasi) taraqqiyoti ko‘ruv va eshituv faoliyatlarining paydo boiishi va rivojlanishiga bogiiq.


Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin