23. Uzunchoq miya (medulla oblangata) orqa miyaning bevosita davomi bo‘lib, rombsimon miyaning pastki qismidir (249-rasm). Uning tashqi tuzilishi orqa miyaga, ichki tuzilishi bosh miyaga o‘xshagani uchun myelencephalondeb ataladi. Uning pastki chegarasi katta teshik sohasida yoki I juft orqa miya nervi ildizining yuqori chekkasida. Yuqori chegarasi old yuzasida ko‘prikning pastki chekkasida bo‘Isa, orqa yuzasida to‘rtinchi qorinchaning miya ipchalariga to‘g‘ri keladi. Uzunchoq miyaning yuqori qismlari kengayib piyozcha shaklini olgani uchun uni miya piyozchasi (bulbus cerebri) deb hamataladi. Uzunchoq miya eshituv va muvozanat a’zolari, hamda qon aylanish va nafas a’zolariga bog‘liq bo‘lgan jabra apparatlari bilan aloqada paydo bo‘ladi. Shuning uchun imda muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvini boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zaklar joylashgan. Uzunchoq miyaning uzunligi o‘rtacha 2,5 sm. Unda oldingi, orqa va yon yuzalari tafovut qilinib, ular o‘zaro egatlar yordamida ajralib turadi. Bu egatlar orqa miya egatlarining davomi bo‘lib, o‘sha nomlar bilan ataladi. Uzunchoq miyaning oldingi yuzasidagi oldingi o‘rtadagi yoriqni (fissura mediana anterior)ikki tomonida bo‘rtib chiqqan uzunchoq miyaning piramidasi (pyramismedullae oblangatae) joylashgan (249-rasm). Piramidalar harakatlantiruvchi nerv tolalaridan iborat bo‘lib, orqa miyaga o‘tish joyida qisman kesishib, piramida tolalarining kesishmasini (decussatio pyramidum) hosil qiladi. Kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga davom etadi. Kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasi tarkibida yo‘naladi. Oldingi lateral egat (sulcus anterolateralis)piramidaning olivadan (oliva)ajratib turadi. Oliva tishsimon tuzilishga ega bo‘lgan kulrang modda to‘plami oliva o‘zagining joylashshidan hosil bo‘lgan. Bu egatdan til osti nervi ildizi chiqadi. Uzunchoq miyaning dorsal yuzasida orqadagi o‘rta egatning (sulcusmedianus posterior) yon tomonlarida o‘zaro orqadagi oraliq egat bilan bo‘lingan orqa miyaning nozik va ponasimon tutamlari kengayib do‘mboqchalar hosil qiladi. Nozik o‘zakning do‘mboqchasi (tuberculum gracile) ichki, ponasimon o‘zak do‘mboqchasi (tuberculum cuneatum) tashqi tomonda joylashadi. Orqadagi lateral egatdan (sulcus posterolateralis) IX, X, XI juft bosh miya nervlarining ildizi chiqadi. Yon tizimchaning dorsal qismi ponasimon va nozik dastalardan chiqayotgan tolalar bilan qo'shilib miyachaning pastki oyoqchasini (pedunculus cerebellaris inferior)hosil qiladi. Uzunchoq miya kesmada oq va kulrang moddalar to'plamidan iborat bo' ladi (251-rasm). Kulrang moddada muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvi boshqaruviga aloqador boigan kulrang o'zaklar joylashgan. 1. Yon tomonda joylashgan o'ng va chap pastki oliva o'zaklari (nuclei olivaris inferiores)miyachaning tishsimon o'zagi bilan bog'langan bo'lib, odamda muvozanatni boshqaruvchi oraliq o'zak hisoblanadi. 2. To'r formatsiya (formatio retecularis) bir-biri bilan chalkashib to'r hosil qilgan nerv tolalari va ular o'rtasida yotgan nerv o'zaklaridan iborat. 3. To'rt juft (IX-XII) bosh miya nervlarining o'zaklari. 4. Adashgan nerv o'zagi bilan bog'langan nafas olish va qon aylanish markazlari bor. Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa tolalardan iborat. Uzun tolalar uzunchoq miyani oldingi qismida pastga tushuvchi, harakatlantiruvchi piramida yoTini hosil qiladi. Uning orqa lateral yuzasida yuqoriga ko'tariiuvchi orqa miyani bosh miya yarim pallasi va miyacha bilan bogiovchi sezuvchi yoilar joylashadi. Orqa miya-po‘stloq yoii uzunchoq miya sohasida kesishib, qovuzloq kesishmasini (decussatio lemniscorum) hosil qiladi. Qisqa tolalar kulrang modda o‘zaklarini o‘zaro bogiab, shuningdek, uzunchoq miyani bosh miya so‘g‘onining qo‘shni qismlari bilan qo‘shib turadi. Yangi tugilgan chaqaloqda uzunchoq miya yuqori va gorizontal joylashgan. Uzunchoq miyaning piramidasi yaxshi taraqqiy etmagani uchun olivalar bir-biriga yaqin turadi (252-rasm). Nozik va ponasimon tutamlar birbiridan aniq ajralmagan. Bola hayotining birinchi yilida olivalar asta-sekin bo‘rtiq shaklini oladi va yoshga qarab kattalashib boradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uning uzunligi 8-9 mm, kengligi 4-5 mm, bir yoshda esa uzunligi 12-13 mm boiadi. Erta bolalik davri so‘ngida miya olkazuv yoilari taraqqiyoti natijasida piramidalar kattalashib olivalar bir-biridan uzoqlashadi. Nozik va ponasimon tutamlar bir-biridan ajralib, nozik va ponasimon do‘mboqchalar paydo boiadi. Uzunchoq miya o‘zaklari taraqqiyoti 7 yoshda tugaydi.