Bosh Miyaning Umumiy Ko'rinishi. Bosh Miya asosi. 12Juft bosh miya nervlari chiqish yo'llari



Yüklə 244 Kb.
səhifə10/19
tarix02.01.2022
ölçüsü244 Kb.
#39565
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
1-7-Anat javoblari

21. 1. Son terisining orqa nervi (n. cutaneus femoris posterior) noksimon mushak osti teshigidan pastga yo'naladi. Sonda nerv yarimpayli mushak va sonning ikki boshli mushagi o'rtasidagi egatda serbar fassiyasining ostida yotadi. Nerv tarmoqlari serbar fassiyani teshib o'tib, sonning orqa medial yuzasi terisini taqim osti chuqurchasigacha innervatsiya qiladi. Bu nervdan katta dumba mushagining pastki chekkasida chiqqan dumba sohasining ostki nervlari (nn. clunium inferioris) dumba sohasi terisini, oraliq sohasidagi tarmoqlar (rr. perineales) oraliq terisini innervatsiya qiladi. 2. O'tirg'ich nervi (n. ischiadicus) odam tanasidagi eng katta nerv (288-rasm). Nerv chanoq bo'shlig'idan noksimon mushak osti teshigi orqali dumba sohasiga chiqadi va katta dumba mushagi ostida yotadi. Sonda o'tirg'ich nervi sonning ikki boshli mushagi bilan yarimpayli mushak o'rtasidagi egatda pastga yo'naladi. Sonning pastki qismida (ba’zi hollarda yuqori qismida) o'tirg'ich nervi ikki tarmoqqa: medial tomonda joylashgan kattaroq katta boldir nervi va lateral tomondagi ingichkaroq umumiy kichik bolder nerviga bo'linadi. Sonda o'tirg'ich nervi ichki yopqich, egizak, sonning kva drat, yarim payli, yarimpardali, sonning ikki boshli mushagini uzim boshini va katta yaqinlashtiruvchi mushakning orqa qismini innervatsiya qiladi. Katta boldir nervi (n. tibialis) 0‘tirg‘ich nervning bevosita davomi bo‘lib, taqim osti chuqurchasini o‘rtasida fassiya ostida yotadi. Taqim osti chuqurchasining pastki burchagida boldir mushagini lateral va medial boshchasi oTtasidan о Tib, boldir-taqim osti kanalida pastga tomon yo‘naladi. Kanaldan chiqqach, medial to‘piq orqasida oyoq kaftining lateral va medial nervlariga bo‘linadi.Katta boldir nervidan boldir sohasida boldirning orqa guruh mushaklariga (boldir, kambalasimon, orqa katta boldir, barmoqlami bukuvchi uzun va oyoqning bosh barmog‘ini bukuvchi uzun mushakka) mushak tarmoqlari (rr.musculares), tizza bo‘g‘imiga va boldir terisining medial nervi chiqadi. Boldir terisining medial nervi (n. cutaneus surae medialis) boldirning orqa yuzasida kichik teri osti venasi bilan birgalikda joylashib, boldirning pastki uchdan birida fassiyani teshib teri ostiga chiqadi. Bu sohada u boldir lateral terisining nervi bilan qo‘shilib, boldir nervini (и. suralis) hosil qiladi. Boldir nervi lateral to‘piqning orqasidan o‘tib, oyoq panjasini tashqi chekkasi bo‘ylab yo‘naladi. Bu nerv oyoq panjasining tashqi chekkasi va kichik barmoqning yon tomoni terisini innervatsiya qiladi.
Oyoq kaftining medial nervi (n. plantaris medialis) medial oyoq kafti egatida o4z nomidagi arteriya bilan yo‘nalib (289-rasm), kaft suyagi asosida oyoq panjasini medial chekkasiga va bosh barmoq terisiga birinchi kaft yuzasidagi oyoq barmoqlarining xususiy nervini (n. digitalis plantaris proprius) va uchta kaft yuzasidagi oyoq barmoqlarining umumiy nervlarini (nn. Digitales plantares communes) beradi (289-rasm). Umumiy barmoq nervi barmoq falangalari asosi sohasida ikkitadan kaft yuzasidagi oyoq barmoqlarining xususiy nervlariga (nn. digitales plantares proprii) boTinib I-IV barmoqlaming bir-biriga qaragan yuzalari terisini innervatsiya qiladi. Oyoq kaftining medial nervi bundan tashqari oyoq kafti mushaklaridan oyoq bosh barmogTni uzoqlashtiruvchi, oyoq bosh barmogTni bukuvchi kalta mushak, barmoqlami bukuvchi kalta mushak, birinchi va ikkinchi chuvalchangsimon mushaklami innervatsiya qiladi.
Oyoq kaftining lateral nervi (n. plantaris lateralis) lateral oyoq kafti egatida o‘z nomidagi arteriya bilan yotadi va IV kaft suyagi oraligTning proksimal uchida u chuqur va yuzaki tarmoqqa boTinadi (289-rasm). Yuzaki tarmoq (r. superficialis) V barmoq kaft tomoni lateral yuzasi terisini innervatsiya qiluvchi oyoq kafti yuzasidagi barmoqlaming xususiy nervi (n. digitals plantaris proprius) va oyoq kafti yuzasidagi barmoqlaming umumiy nervi (n.digitales plantares communes) ga boTinadi (289-rasm). U esa oyoq kaftini IV-V barmoqlari terisini bir-biriga qaragan yuzasini innervatsiya qiluvchi oyoq kaft yuzasidagi barmChuqur tarmoq (r. profundus) suyaklararo mushaklami, 3 va 4 chuvalchangsimon mushakni, oyoq bosh barmog‘ini yaqinlashtiruvchi mushakni, oyoqning bosh bannog‘ini bukuvchi kalta mushakning lateral boshchasini, oyoq kaftining kvadrat mushagi va jimjiloq barmoqni uzoqlashtiruvchi mushakni innerv atsiya qiladi. Umumiy kichik boldir nervi (n. fibularis communis) o'tirg'ich nervidan ajragandan keyin, lateral tomonga yo'­nalib, kichik boldir suyagi boshchasini aylanib o'tadi (290-rasm). U uzun kichik boldir mushagi ichida yuzaki va chuqur kichik boldir nerviga bo'linadi.
Bo'linishdan oldin taqim osti chuqurchasida umumiy kichik boldir nervidan boldiming lateral tomoni terisini innervatsiya qiluvchi boldir lateral terisining nervi (n. cutaneus surae lateralis) chiqadi. Bundan tashqari umumiy kichik boldir nervi sonda sonning ikki boshli mushagini kalta boshini va tizza bo'g'imi xaltasini innervatsiya qiladi. Yuzaki kichik boldir nervi (n. fibularis superficialis) pastga yo'nalib mushak-kichik boldir kanalida yotadi (290-rasm). Kanaldan o'tayotganida u uzun va kalta kichik boldir mushaklariga mushak tarmoqlari (rr. musculares) beradi. Boldiming pastki qismida nerv kanaldan chiqib fassiyani teshib o'tadi va ikki tarmoqqa bo'linadi. Birinchi tarmog'i boldir orqa terisining medial nervi (n. cutaneus dorsalis medialis) oyoq panjasi va bosh barmoqning medial chekkasi terisini, hamda II-III barmoqlaming bir-biriga qaragan yuzalari terisini innervatsiya qiladi. Ikkinchi tarmog'i boldir orqa terisining oraliq nervi (n. cutaneus dorsalis intermedius) oyoq kaftining ustki lateral yuzasi bo'ylab tushadi va oyoq barmoqlarining ustki nervlariga (n. digitalis dorsalis pedis) bo‘linib, III, IV va V barmoqlaming bir-biriga qaragan yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Chuqur kichik boldir nervi (n. fibularis profundus) suyaklararo pardaning oldingi yuzasi bo‘vlab oldingi katta boldir arteriyasi bilan birga oyoq kafti ustiga chiqadi (290-rasm). Birinchi kaft oralig‘ining distal uchida ikkita oyoq barmoqlarining ustki nervlariga (nn.digitales dorsales pedis) bo‘limb I va II barmoqlaming bir-biriga qaragan yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Chuqur kichik boldir nervining mushak tarmoqlari (rr. musculares) oldingi katta boldir, barmoqlami yozuvchi uzun, oyoq bosh barmog‘ini yozuvchi uzun, barmoqlami yozuvchi kalta va oyoqning bosh barmog‘ini yozuvchi kalta mushaklami, hamda boldir-oyoq panja bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Oyoq terisini innervatsiya qilishda bel va dumg‘aza chigalining tarmoqlari ishtirok etadi. Dumba sohasi terisini bel va dumg‘aza orqa miya nervlarining orqa tarmoqlarining lateral teri tarmoqlari bo‘lgan ustki va o‘rta dumba nervlari (nn. clunium superiors et medii) innervatsiya qiladi. Son sohasi terisini son-jinsiy, yopqich, son, son terisining orqa nervi tarmoqlari innervatsiya qiladi. Boldir terisini son, katta boldir, umumiy kichik boldir nervi tarmoqlari innervatsiya qiladi. Oyoq panjasining ust tomonini yuza va chuqur kichik boldir nervi tarmoqlari, oyoq kafti terisini esa medial va lateral kaft nervlari tarmoqlari innervatsiya qiladi.
22. Bosh miya uni o‘ragan pardalari bilan birga kallaning miya qismi ichida joylashgan. Uning ustki yon yuzasi kalla qopqog‘i ichki yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil qiladi. Pastki yuzasi kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos murakkab relyefga ega. Bosh miyaning og‘irligi katta odamlarda 1100 dan 2000 g gacha, o‘rtacha: erkaklarda 1394, ayollarida 1245 g. Bosh miya uch yirik qismdan: bosh miya yarim pallasi, miyacha va bosh miya so‘g‘onidan iborat. Bosh miya (cerebrum) markaziy nerv tizimining odamda kuchli taraqqiy etgan eng katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. Bosh miyaning bo‘ylama tirqishi (fissura longitudinalis cerebri) Uni o‘ng va chap yarim pallaga ajratadi. Yarim pallalar o‘zaro qadoq tana (corpus callosum) vositasida qo‘shilgan. Yarim pallalar orqa tomonda bosh miyaning ko‘ndalang tirqishi (fissura transversa cerebri) vositasida miyachadan ajrab turadi. Bosh miya yarim pallasining ustki lateral yuzasida turli chuqurlikdagi bosh miyaning egatlari (sulci cerebri) joylashgan. Chuqur egatlar yarim pallani bosh miyaning bodaklariga (lobi cerebri) ajratsa, mayda egatlar bosh miyaning pushtalarini (gyri cerebri) chegaralaydi. Bosh miyaning ostki yuzasi yoki asosi (248-rasm) yarim palla, miyacha va bosh miya so’g'onnmg ventral qismlaridan hosil bodgan. Uning oldingi qismlarida peshona boiagmmg ostki yuzasida hidlov piyozchasi (bulbus olfactorius) joylashgan. Uning ventral yuzasiga burun bo‘shlig‘idan g‘alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan o‘tuvchi 15-20 hid biluv ipchalari (fila olfactoria) I juft bosh miya nervi keladi. Hidlov piyozchasidan orqaga qarab hid biluv yo‘li (tractus olfactorius) yo‘naladi. Uning orqa qismlari kengayib hid biluv uchburchagini (trigonum olfactorum) hosil qiladi. Hid biluv uchburchagining orqa tomonida oldingi ilma-teshik modda (substantia perforata anterior) joylashib, bu teshiklar orqali miya ichiga arteriyalar kiradi. Ilma-teshik modda oraligdda ko‘ruv nervi kesishmasi (chiasma opticum) joylashgan. U ko‘ruv nervi (n. orticus) II juft bosh miya nervi tolalaridan hosil bodadi. Ko‘ruv nervi orqa tomonga ko‘ruv trakti (tractus opticus) bodib davom etadi. Ko‘ruv nervi kesishmasining orqa tomonida kulrang tepalik (tuber cinereum) yotadi. Uning pastki qismi torayib quygdchni (infundibulum) hosil qiladi. Quygdclming uchida gipofiz (hypophysis) turadi. Kulrang tepachaning orqa tomonida oq sharsimon shakldagi ikkita so‘rgdchsimon tana (corpora mamillaria) bor. So'rg'ichsimon tananing ikki yon tomonida bo'ylamasiga joylashgan ikkita yo'g'on oq to'sinlar singari bosh miyaning oyoqchalari (pedunculi cerebri) joylashgan. Ular o'rtasida oyoqchalar orasidagi chuqurcha (fossa interpeduncularis) bo'lib, uning tubini orqa ilma-teshik modda (substantia perforata posterior) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Bosh miya oyoqchalarining ichki yuzasidan III juft bosh miya nervi ko‘zni harakatlantiruvchi nervning (n. oculomatorius) ildizi kodmadi. Miya oyoqchalarining tashqi yuzasidan IV juft bosh miya nervi g‘altak nervining (n. trochlearis) ildizi chiqadi. Miya oyoqchalari orqa tomonda kodidalang bolish shaklidagi ko‘prikka (pons) borib taqalgan. Ko‘prikning tashqi qismlari miyacha tomon yodialib, miyachaning o‘rta oyoqchasini (pedunculus cerebellaris medius) hosil qiladi. Ko'prik bilan miyachaning o‘rta oyoqehasi chegarasida V juft bosh miya nervi uch shoxli nervning (n. trigeminus) ildizi ko‘rinadi. Ko‘prikdan pastda uzunchoq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda o‘zaro oldingi odta yoriq bilan ajralgan uzunchoq miyaning piramidasi (pyramis medullae oblangatae), ulardan tashqarida esa oliva (oliva) ko‘rinadi. Ko‘prik bilan piramidaning o‘rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashtiruvchi nervning (n. abducens) ildizi chiqadi. Undan chekkaroqda miyachaning o‘rta oyoqehasi bilan oliva odtasidan ketma-ket joylashgan VII juft yuz nervi (n. facialis) va VIII juft dahliz-chig‘anoq nervining (n. vestibulocochlearis) ildizsi chiqadi. Uzunchoq miyaning olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX juft tilhalqiun nervi (n. glossophyngeus), X juft adashgan nerv (n. vagus) va XI juft qo‘shimcha nervning (n. accessorius) ildizlari chiqadi. XII juft til osti nervining (n. hypoglossus) ildizi esa piramida bilan olive odtasidagi egatdan chiqadi. Yangi tugdlgan chaqaioq bosh miyasi nisbatan katta bodib, yaxshi
taraqqiy etmagan. Uning ogdrligi o‘rtacha ogdl bolalarda 390g, qiz bolalarda 355g bodib, tana og‘irligining 12-13% tashkil qiladi. Uning tashqi ko‘rinishi kalla ichki yuzasiga mos. Yangi tugdlgan chaqaioq miyasi kattalamikiga nisbatan qisqa va keng. To‘rt yoshgacha miya bod'iga, eniga va balandligiga bir tekis o‘sib, miing og‘irligi bir yoshda 2 marta, 3-4 yoshda 3 marta oshadi. Bolalikning I davrida uning balandligi ancha tez kattalashadi. 7 yoshdan so‘ng miya
ogdrligi sekin o‘zgarib, 20 yoshda erkaklarda 1355 g, ayollarda 1220 g ni tashkil qiladi. Bu davrda katta odamning bosh miyasi qismlari yangi tugdlgan chaqaloqqa nisbatan bosh miya yarim pallasi 4 marta, miya so‘g‘oni 6 marta, miyacha 7 marta, orqa miya esa 8-9 marta kattalashadi. Bosh miya yarim pallasining ayrim qismlari bir xil odmaydi. Peshona va tepa bodaklari nisbatan tez o‘ssa, ensa bodagi esa juda sekin odadi. Bosh miya so‘g‘oni Bosh miya so‘g‘oni (truncus encephali) tarkibiga uzunchoq miya, ko‘prik va orta miya kiradi (249-, 250-rasm).


Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin