Bosh Miyaning Umumiy Ko'rinishi. Bosh Miya asosi. 12Juft bosh miya nervlari chiqish yo'llari


Oraliq Miya (ko'ruv bo'rtiği soxasi)tuzilishi va yoshga qarab o'zgarishi



Yüklə 244 Kb.
səhifə7/19
tarix02.01.2022
ölçüsü244 Kb.
#39565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
1-7-Anat javoblari

7.Oraliq Miya (ko'ruv bo'rtiği soxasi)tuzilishi va yoshga qarab o'zgarishi.

Oraliq miyaning (Talamus sohasi) tuzilishi va yoshga qarab o’zgarishi. Yangi tug’ilgan bolalarda ichki o’zak yaxshi rivojlangan bo’lsa, tashqi o’zak va yostiqcha bola tug’ilganidan keyin tez o’sadi. Tizzachali tanalar yangi tug’ilgan bolalarda yaxshi rivojlangan bo’lib, keyinchalik asta-sekin kattalashadi.Oraliq miya ((diencephalon) murakkab tuzilishga ega. U o’rga miya bilan oxirgi miya oralig’ida joylashgan. Taraqqiyoti va faoliyatiga ko’ra oraliq miyani ikki qismga: KDorsal afferent yo’llar markazi ko’ruv bo’rtig’i sohasi, 2.Ventral oliy vegetativ markaz bo’rtiq osti sohasidan iborat. Ko’ruv bo’rtig’i sohasi (111a1atepserG’a1o’) o’z navbatida ko’ruv bo’rtig’i, bo’rtiq orqasi va bo’rtiq usti qismlariga bo’linadi. Ko’ruv bo’rtig’i (thalamencephalon) pT qorinchaning ikki yon tomoniga joylashgan tuxumsimon shakldagi qavariq do’ngdan iborat. Uning oldingi uchi torayib oldingi do’mboqni (SHG’egsiG’dt aSHegshz), orqa uchi esa kengayib yostiqchani (riMpag) hosil qiladi. Ko’ruv bo’rtig’ining ichki yuzasi III qorincha bo’shlig’ining tashqi devorini, ustki yuzasi esa yon qorinchalar markaziy qismining tubini hosil qiladi. Uning ustki yuzasi ichki yuzasidan ingichka oq miya hrshiyasi (zSHa tebiNapz SHa1at1) bilan ajrab turadi. Ung va chap ko’ruv bo’rtiqlarining ichki yuzalari o’zaro bo’rtiqlararo bitishma (asSHezyu t1epG’a1atyua) ositasida qo’shiladi. Uning tashqi yuzasi ichki kapsulaga tegib turadi. pastdan va orqadan o’rta miyaning qo’qoq k^ismi bilan chegaralanadi.Ko’ruv bo’rtig’ida 40 ga yaqin hujayralar to’plami (o’zaklar) bo’lib, ular o’zaro yupqa oq modda qatlamlari bilan ajralib turadi. Ularning asosiylari oldingi, ichki, ventro-lateral va orqa o’zaklardir. Ko’ruv bo’rtig’ining faoliyati juda muhimdir. U po’stloq osti sezuv markazi bo’lib, unda bosh miya po’stlog’iga boruvchi afferent yo’llar tugaydi. Oldingi o’zakda so’rg’ichsimon tanadan keluvchi va ko’ruv bo’rtig’ini hidlov sohasi bilan bog’lovchi Vik-d-Azir yo’li tugasa, ventro￾lateral o’zakda medial qovuzloq tugaydi. Yostiqcha esa po’stloq osti ko’ruv markazi bo’lib, unda ko’ruv yo’li tolalari tugaydi. Bo’rtiq orqasi (metathalamus) juft tashqi va ichki tizzachali tanalardan iborat. Tizzachali tanalar cho’zinchoq-oval shaklida bo’lib, o’rta miya tomidagi tepachalar bilan ularning’ yelkachalari vositasida bog’langan. Tashqi tizzachali tana (sogriz £egnsi1agshp 1a1ega1e) ustki tepachalar va yostiqcha bilan birg’alikda po’stloq osti ko’ruv markazi, ichki tizzachali tana (sogriz £eshsi1aSHt tesNa1e) pastki tepachalar bilan birgalikda po’stloq osti eshituv markazi qisoblanadi. Bo’rtiq ustiga (epithalamus) shishsimon tana (corpus cpinale) kiradi. U yuganchalar (G’apti1ae) yordamida ko’ruv bo’rtig’ining ichki yuzalariga birikadi. Ularning o’ng va chap miya xoshiyalariga birikkan joyida yugancha uchburchagi (*p§o’shp 1tpshi1ae) hosil bo’ladi, Yuganchalarning oldingi shishsimon tana birikkan qismi o’zaro bitishma (so’shshiga G’aG’ti1asht) hosil qiladi. SHishsimon tananing old va past tomonidan ko’ndalang yo’nalgan tolalar epitalamik (orqa) bitishma (sotpshasha yeryG’aSHgshsa, rokSepog) joylashg’an

8. Oraliq miya (diencephalon) murakkab tuzilishga ega. U o'rta miya bilan oxirgi miya oralig'ida joylashgan. Taraqqiyoti va faoliyatiga ko'ra oraliq miyani ikki qismga: 1. Orqa (dorsal) filogenez nuqtayi nazaridan yangi, afferent yo'llar markazi bo'rtiq sohasi. 2. Oldingi (ventral) filogenez jihatidan eski, oliy vegetativ markaz bo'rtiq osti sohasidan iborat. Bo'rtiq sohasi (thalamencephalon), o'z navbatida, к o‘ruv bo'rtig'i, bo'rtiq orqasi va bo'rtiq usti sohalariga bo'linadi. Ko'ruv bo'rtig'i (talamus opticus) III qorinchaning ikki yon tomoniga joylashgan oval shakldagi kulrang modda to'plamidan iborat. (1 1 1-rasm). Uning oldingi uchi torayib oldingi bo'rtiqni (tuberculum anterius), orqa uchi esa kengayib yostiqchani (pulvinar) hosil qiladi. Ko'ruv bo'rtig'ining ichki yuzasi III qorincha bo'shlig'ining yon devorini, ustki yuzasi esa yon qorinchalar markaziy qismining tubini hosil qiladi. Uchinchi qorincha (ventriculus tertius) oraliq miyaning o'rtasida ingichka sagital yorig' shaklida joylashgan bo'lib, oltita devori tafovut qilinadi. Uning tashqi devorini ko'ruv bo'rtig'ining ichki yuzasi, oldingi devorini oxirgi parda (lamina terminalis), gumbaz usunlari (columna fornicis) va oldingi bitishma (commissura anterior) hosil qiladi. Gumbaz ustunlari bilan ko'ruv bo'rtig'ining oldingi qismi o'rtasida qorinchalararo teshik (foramen interventriculare) joylashgan. Uchinchi qorinchaning orqa devorini orqa bitishma (commissura cerebri posterior) va (commissura habinularum) chegaralaydi. Uning ostida miya suv yo'li teshigi yotadi.

9. Oxirgi miya (telencephalon) oxirgi miya pufagining takomillashuvidan hosil bo'lib, miya qattiq pardasining o'roqsimon o'sig'i uni ikki yarimshaiga ajratadi. Miya yarimshariari bosh miyaning eng tez o'sadigan qismidir. Homilada miya yarimshariari asta-sekin o'sib, miyaning qolgan qismlarini xuddi plashchaga o'xshab o'rab oladi. Homila hayotining uchinchi oyida u oraliq miya va talamuslami, 4 oylikda to'rttepalik, 6 oylikda miyacha ustiga kelib, 8- oyda uni o'rab oladi. Homila davrida yarimsharlaming usti silliq bo'ladi. Homila hayotining ikkinchi oyi oxiri va uchinchi oyi boshida yarimsharlaming yon yuzasida chuqurcha paydo bo'ladi. Bu yer keyinchalik orolchaga aylanib ketadi. Miyani boshqa qismlari o'sib orolchaning ustini yopadi va to'rt oylikda yon egat paydo bo'ladi. To'rt oydan keyin birlamchi egatlar paydo bo'la boshlaydi. Dastlab tepa-ensa va pix egatlari, so'ng qadoq tana, gippokamp va aylanma egatlar paydo bo'ladi.Oltinchi oyda markaziy egat, 7-8-oylarda esa qolgan ikkilamchi egatlar paydo bo'lib, bosh miyada odamga xos relef hosil bo'ladi. Bola tug'ilishidan awal va hayotning birinchi haftalarida uchlamchi egatlar paydo bo'ladi. Keyingi davrlarda yarimsharlar yuzasi yangi egatlami paydo bo'lishi va bor egatlaming chuqurlashuvi hisobiga o'zgaradi.Miya yarimsharlarining ayrim bo'laklari ontogenezda bir xil o'smaydi. Eng yosh hisoblangan peshona bo'lagi boshqalarga nisbatan tez o'sadi va hajmi jihatidan po'stloq umumiy yuzasining 29% tashkil qiladi. Katta yoshdagi odamlarda peshona bo'lagi og'irligi 450 g, tepa bo'lagi 251 g, chakka va ensa bo'laklari birgalikda 383 gni tashkil qiladi.Har bir yarimshar quyidagi qismlardan iborat: l.Plashch (pallium);2.Hidlov miyasi (rhinencephalon); З.Уоп qorincha (ventriculus lateralis);

4.0xiigi miyaning kulrang o'zaklari.Miya yarimsharlarining yuzasi har xil chuqurlikdagi va uzunlikdagi egatlar yordamida juda ko'p pushtalarga bo'linadi. Pushta (gyrus) deb ikkita egat o'rtasida joylashgan miyaning ko'tarilib chiqqan qismiga aytiladi. Miya egatlari uch guruhga bo'linadi. Birlamchi egatlar chuqur, doim uchraydi va ontogenezda erta paydo bo'ladi. Ikkilamchi egatlar ham doim uchraydi, ontogenezda kechroq paydo bo'ladi. Uchlamchi egatlar doimiy bo'lmay, turli shaklda uchraydi.

10. Bosh miya yarimsharining ust tomondan qoplagan po'stloq ostida oq modda qatlami yotadi. Yarimshaming oq moddasi bir-biri bilan kesishib joylashgan, vazifasi, yo'nalishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o'xshamagan nerv tolalaridan iborat. Bu nerv tolalarini uch asosiy tizimga ajratish mumkin.Assotsiativ tolalar bitta yarimshaming turli qismlarini bir-biri bilan bog'laydi. Agar assotsiativ tolalar miya po'stlog'ida bir nerv hujayrasini boshqa bir hujayra bilan bog'laganda po'stloqdan tashqariga chiqmasa, uni intrakortikal assotsiativ tolalar deyiladi. Agar tolalar po'stloqdan tashqariga oq moddaga chiqib boshqa sohadagi po'stloq hujayralari bilan bog'lansa, ekstrakortikal tolalar deyiladi. Ekstrakortikal tolalar ikki guruhga: qisqa va uzun tolalarga bo'linadi. Qisqa tolalar yonma-yon turgan ikkita pushtani birbiri bilan bog'laydi va yoy shaklida bo'lgani uchun yoysimon tolalar (fibraearcuatae) deyiladi. Uzun tolalar yarimsharlaming bo'laklarini bir-biri bilan bog'lab bir necha tutamni hosil qiladi

11. Bosh miya markazlarining joylashuvini o'rganish jarayonida biz organizmning o'zida bo'layotgan o'zgarishlar va tashqi muhitning organizmga ta’siriga moslashuvida ro'y beradigan nerv boshqaruvida qaysi markazlarning qanday ahamiyati borligini bilamiz.Bosh miya po'stlog'i markazlarini I.P. Pavlov analizatoming miyadagi oxirgi qismi deb atagan. Analizator bu murakkab nerv mexanizmi bo'lib, u tashqi qabul qiluvchi apparatdan boshlanib miyada tugaydi. Analizator yordamida tashqi muhitning murakkab ta’siri alohida qismlarga bo'linadi va tahlil qilinadi. Boshqa analizatorlar bilan aloqada ma’lum ish bajariladi.Miyamarkazi tekis chegaraga ega bo'lmay. «o'zak» hamda «yoyilgan» qismlardan tashkil topadi. 0 ‘zak retseptoming po‘stloqdagi to‘g‘n va chuqur proyeksiyasi bo‘lib, yuqori tahdil qiluvchi asosiy qism hisoblanadi. Yoyilgan elementlar o'zak atrofida joylashgan bo'lib, ularda ancha sodda va elementar tahlil sodir bo'ladi. Markazning o'zak qismi shikastlanganda yoyilgan elementlar ma’lum darajada o'zakning yo'qolgan faoliyatini qoplab turadi. Har xil analizatoriaming yoyilgan elementlari egallagan sohasi bir-biriga qo'shilib ketadi. Hozirgi vaqtda miya po'stlog'i bir butun qabul qiluvchi yuza hisoblanadi.

12. Yon qorincha (ventriculus lateralis) juft bo'lib, har bir yarimshaming ichida joylashgan. Yon qorincha bo'shlig'i murakkab tuzilishga ega bo'lib, uning qismlari yarimshaming barcha bo'laklari (orolchadan tashqari) ichida joylashgan. Yon qorincha to'rt qismdan iborat. Uning markaziy qismi tepa bo'lagida, oldingi shoxi peshona bo'lagida, orqa shoxi ensa bo'lagida, pastki shoxi esa chakka bo'lagida joylashgan.Yon qorinchaning markaziy qismi (pars centralis) gorizontal joylashib, ust tomondan qadoq tana tolalari qoplab turadi. Uning tubini dumli o'zak tanasi va talamusning dorsal yuzasi, medial devorini esa gumbaz tanasi hosil qiladi.Yon qorinchaning oldingi shoxi (cornu anterior) pastga va tashqariga qarab bukilgan bo'lib, peshona bo'lagida joylashgan. Uning medial devorini tiniq to'siq (septum pellicidum) hosil qiladi. Oldingi shoxni lateral va qisman pastki devori dumli o'zakning boshi bilan, qolgan qismlari esa qadoq tana tolalari bilan chegaralangan

14. Yelka chigali (plexus brachialis) to'rtta pastki bo'yin (Cv - C ^ ) , qisman IV bo'yin (CIV) va I ko'krak (Th,) nervlarining oldingi Shoxlaridan hosil bo'ladi. Narvonsimon mushaklar oralig'ida bu nervlar o'zaro qo'shilib uchta: ustki poya (truncns superior),o'rta poya (trancus medius) va pastki poyani (truncus inferior) hosil qiladi. Bu poyalar narvonsimon mushaklar oralig'idan pastga tomon yo'nalib, o'mrov suyagiga nisbatan ikki: o'mrov usti (pars supraclavicularis) va o'mrov osti (pars infraclavicularis)qismlaiga bo'linadi.1. Mushak-teri nervi (n.musculocutaneus) lateral va past tomonga yo'nalib, tumshuqsimon-yelka mushagini teshib o'tadi va yelka mushagi bilan yelkaning ikki boshli mushagi o'rtasida yotadi. Yelkada yelkaning ikki boshli, tumshuqsimon o'simta-yelka, yelka mushaklarini, hamda tirsak bo'g'imi xaltasini innervatsiya qiladi. Yelkaning pastki qismida fastsiyani teshib o'tib, bilakning oldingi yuzasiga tushadi va bilakning lateral teri nervi (n. cutaneusantebrachii lateralis) nomi bilan bilakning lateral yuzasi terisini bosh barmoq asosidagi tepalik sohasigacha innervatsiya qiladi

15. Orqa miya nervlari (nn. spibales) ofqa.miyadan chiquvchi ikki ildizdan hosil bo'lgan nerv poyalaridan iborat. Ular juft bo'lib, metamer joylashgan. Odamda 31 juft orqa miya nervlari bo'lib, 8 ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 1 ta dumnervlariga bo'linadi. Orqa miya nervlari aralash tolalardan iborat ba'Hb, tarkibida. Sezuvchi т afferent va harakatlantiruvchi - efferent tolalari bo'ladi. Orqa miya nervlarining orqa ildizi (sezuvchi) (radixposterior) orqa miya tugunida joylashgan soxta uni polyar hujayralaming markaziy o'simtalaridan iborat. Oldingi ildizi (harakatlantiruvchi) (radix anterior) orqa miyahing oldingi shoxi hujayralarining aksonlaridan iborat. Oldingi va orqa ildizlar o'zaro qo'shilib, orqa miya nervi poyasini (truncusnervi spinalis) hosil qiladi va umurtqalararo teshikdan chiqqanidan so'ng to'rtta: oldingi shox (r.anterior), orqa shox (r. posterior), orqa miya pardasiga boruvchi shox (r. memngeos) ga bo'linadi. Qo'shuvchi shox (r. comunicans)VIII bo'yin, barcha ko'krak va yuqorigi ikkita bel segmentlari sohasidan chiqadi. Ular simpatik tugunlarga boruvchi preganglionar tolalami hosil qiladi. Orqa miya nervlarining oldingi va orqa shoxlari I bo'yin nervining orqa shoxidan tashqari aralash tolalardan iborat. Ular skelet mushaklarini va terini innervatsiya qiladi. Meningial shox umurtqa kanaliga qaytib kirib, orqa miya pardalarini innervatsiya qiladi.Orqa miya nervlarining orqa shoxlari .{rr.posterior) metamer joylashib, umurtqalaming ko'ndalang o'simtalari orasidan o'tib orqa tomonga yo'naladi. Ular (I bo'yin, IV va V dumg'aza va dum nervlaridan tashqari medial (r.medialis) va lateral (r. lateralis) shoxlariga bo'linadi.I bo'yin nervining orqa shoxi ensa osti nervi (n. suboccipitalis) nomi bilan ensa suyagi va atlantni o'rtasidan chiqib m. rectus capitis major et minor, m. semispinalis capitis, id; obliqui capitis superior et inferior lami innervatsiya qiladi.Ko'krak nervlarining oldingi shoxlari (qovurg'alararo nervlar) (122- rasm) 12 juft bo'lib, segmentar joylashgan. Ular qovurg'alar oralig'idan tashqariga va oldingi tomonga yo'naladi. Ustki 11 juft nervlar qovuig'alararo nervlar (n. intercostales) deb ataladi, chunki ular qovurg'alar oralig'ida tashqi va ichki qovurg'alararo mushaklar o'rtasida joylashadi. O'n ikkinchi nerv XII qovuig'a ostida joylashgani uchun qovuig'a osti nervi (n. subcostalis)deb ataladi. Bu nervlaming barchasi dastlab qovuig'a egatida shu nomli arteriya va vena bilan biiga joylashadi.

16. Bo‘yin chigali (plexus cervicalis) to‘rtta yuqorigi bo‘yin (Cr-Civ) nervlarining oldingi tarmoqlaridan hosil boiadi. Chigal to‘rtta yuqorigi bo‘yin umurtqalari sohasida bo‘yinning chuqur mushaklarining (kurakni koiaruvchi, o‘rta narvonsimon va boshning tasmasimon) oldingi lateral yuzasida, to‘sh


о‘mrov-so ‘rg4ichsimon mushakning orqasida joylashadi. Uning tarmoqari uch: sezuvchi,harakatlantiruvchi va aralash guruhga bodinadi.I. Sezuvchi tarmoqlari quyidagilardan iborat (279-rasm):1. Ensaning kichik nervi (n. occipitalis minor) to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning orqa chekkasidan chiqadi (279-rasm). Mushakning orqachekkasi bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilib, ensa sohasining pastki lateral qismiterisini va quloq suprasining orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi. 2. Quloqning katta nervi (n. auricularis magnus) sezuvchi tarmoqlaming eng kattasi. Tо ‘sh-o ‘mrov-so ‘rg‘ichsimon mushakning lateral tomonidan qiyshiq yo‘nalib, quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘li terisini innervatsiya qiladi3. B o ‘y ir n iin g ko'ndalang nervi (n. transversus colli) to‘sh-o‘mrov- so‘rgdchsimon mushakning orqa chekkasidan chiqib, oldinga tomon ko‘ndalang yo‘nalib ustki va pastki tarmoqlarga (rr.superiores et inferiores) bo‘linadi. U bo‘yinning oldingi va lateral sohasi terisini innervatsiya qiladi.
Nervning ustki tarmoqlaridan bittasi yuz nervining bo‘yin tarmog‘i bilan qo‘shilib yuza bo‘yin qovuzlog‘ini hosil qiladi.4. O‘mrov usti nervlari (nn. supraclaviculares) 3-5 ta bo‘lib, to‘sho‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakni orqa chekkasidan chiqadi. Bu nervlar joylashishiga qarab medial o‘mrov usti nervlari (nn. supraclaviculares mediales),oraliqdagi o‘mrov usti nervlari (nn. supraclaviculares intermedii) va lateralo‘mrov usti nervlariga (nn. supraclaviculares laterales) bodinadi .0 ‘mrov usti nervlari pastga va orqaga qarab yo‘nalib, deltasimon va katta ko‘krak mushagi sohasi terisini innervatsiya qiladi.II. Harakatlantiruvchi (mushak) tarmoqlari chigal atrofida joylashgan m shaklami: m. longus colli, m.Iongus capitis, mm. scaleni anterior, medius,posterior, mm. recti capitis anterior et lateralis, m. intertransversari anteriores, m. levator scapulae innervatsiya qiladi.Harakatlantiruvchi shoxlardan pastki ildiz (radix inferior), til osti nervidan chiquvchi yuqorigi ildiz (radix superior) bilan qo‘shilib, bo‘yindagi nervqovuzlog‘ini (ansa cervicalis) hosil qiladi (279-rasm). Uning tarmoqlari til osti
suyagining ostidagi mushaklami (to‘sh-til osti mushagi, to‘sh-qalqonsimon mushagi, kurak-til osti mushagi, qalqonsimon-til osti mushagi) innervatsiya qiladi.Bundan tashqari bo‘yin chigalidan to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon va trapetsiyasimon mushaklarga ham tarmoqlar chiqadi.Aralash tarmoqqa diafragma nervi (n. phrenicus) kiradi. Bu nerv III-IV bo‘yin nervlarining oldingi tarmoqlaridan hosil bodib, oldingi narvonsimon mushakning oldingi yuzasi bo‘ylab pastga tushadi. Ko'krak qafasining ustki
aperturasi orqali o‘mrov osti arteriyasi va venasining orasidan o‘tib ko‘krak qafasiga kiradi. Ko‘krak qafasida o‘pka ildizining oldidan, perikard bilan mediastinal plevraning o‘rtasidan о‘tib, diafragmada tarmoqlanadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari diafragmani, sezuvchi tolalari plevra va perikardni innervatsiya qiladi. Uning sezuvchi diafragma va qorin tarmoqlari (rr. phrenicoabdominales) qorin bo‘shlig‘iga o‘tib diafragmani qoplagan qorinpardani innervatsiya qiladi. 0 ‘ng diafragma nervi tolalari jigar kapsulasida tugaydi

17. Yelka chigali (plexus brachialis) to‘rtta pastki bo‘yin (Су-Суш), qisman IV bo‘yin (Civ) va I ko‘krak (Thi) nervlarining oldingi tarmoqlarid an hosil bodadi (280-rasm). Narvonsimon mushaklar oraligdda bu nervlar o‘zaro qo‘shilib uchta: yuqorigi poya (truncus superior), o‘rtapoya (truncus medius) va pastki poyani (truncus inferior) hosil qiladi. Bu poyalar narvonsimon mushaklar oralig‘idan pastga tomon yo‘nalib o‘mrov suyagiga nisbatan ikki: o'mrov usti qismi (pars supraclavicularis) va o'mrov osti qismiga (pars infraclavicularis) bo‘linadi.Yelka chigalining o‘mrov osti qismi qo‘ltiq osti arteriyasini uch tomondan o‘rab turuvchi uchta tutamga bo‘linadi. Arteriyaning medial tomonida medial


tutam (fasciculus medialus), lateral tomondan lateral tutam (fasciculus lateralis), orqa tomonida orqa tutam (fasciculus posterior) joylashadi. Yelka chigalidan uzun va qisqa tarmoqlar chiqadi. Qisqa tarmoqlar yelka chigalining o‘mrov usti qismidan chiqib, ularga quyidagi nervlar kiradi.1. Kurakning orqa nervi (n. dorsalis scapulae) V bo‘yin nervining oldingi tarmog‘idan boshlanib orqa narvonsimon va kurakni ko‘taruvchi mushakning o'rtasidan orqaga o'tib, kurakni ko'taruvchi va rombsimon mushaklami innervatsiya qiladi. 2. Ko'krakning uzun nervi (n. thoracicus longus) V va VI bo‘yin nervlarining oldingi tarmog‘idan boshlanadi. Pastga tomon yelka chigalining orqasidan yo‘nalib, ko‘krak qafasinig lateral arteriyasi bilan oldingi tishchali mushakni tashqi yuzasida yotadi va uni innervatsiya qiladi. 3. 0 ‘mrov osti nervi (n. subclavius) V bo‘yin nervining oldingi tarmog‘idan boshlanib o‘mrov osti arteriyasining oldidan o‘z nomidagi mushakkaboradi.4. Kurak usti nervi (n. suprascapularis) V-VII bo‘yin nervlarining oldingi tarmog‘idan boshlanadi. Orqa tomonga yo‘nalib, shu nomli arteriya bilan kurak o‘ymasidan kurak o‘tkir qirrasi ustidagi chuqurchasiga, so‘ngra akromionni aylanib o‘tib, kurak o‘tkir qirrasi ostidagi chuqurchasiga o‘tadi. Bu nerv kurak qirrasi ustidagi va kurak qirrasi ostidagi mushaklami, shuningdek, yelka bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. 5. Kurak osti nervlari (n. subscapularis) V-VII bo‘yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Kurak osti mushagini oldidan yo‘nalib, o‘z nomidagi va katta yumaloq mushakni innervatsiya qiladi.6. Ko‘krakning orqa nervi (nn. thoracodorsalis) V-VII bo‘yin nervlarining oldingi tarmog‘dan boshlanadi. Kurakning lateral chekkasi bo‘ylab orqaning serbar mushagiga boradi va uni innervatsiya qiladi.7. Ko‘krakning lateral va medial nervlari (nn.pectoralis lateralis et medialis) V bo‘yin I ko'krak nervlarining oldingi tannog‘idan boshlanadi. Oldinga tomon yo‘nalib, katta ko'krak mushagini (medial nerv) va kichik ko‘krak mushagini (lateral nerv) innervatsiya qiladi. Yelka chigalining o'mrov osti qismidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 8. Qo‘ltiq osti nervi (n.axillaris) yelka chigalining orqa tutamidan (CvCvm) boshlanadi. Nerv kurak osti mushagini oldingi yuzasi bo‘ylab pastga va lateral tomonga yo‘naladi. Keyin orqaga burilib yelka suyagini o‘rovchi orqa arteriya bilan birga to‘rt tomonli teshikdan o‘tadi. Yelka suyagi xirurgik bo‘ynini orqasidan aylanib о‘tib deltasimon mushak ostida yotadi. Bu nervning mushak tarmoqlari (rr.musculares) deltasimon, kichik yumaloq mushaklami, sezuvchi tarmoqlari yelka bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Uning oxirgi tarmog‘i yelka terisining ustki-lateral nervi (n. cutaneus brachii lateralis superior) yelkaning lateral sohasi terisini innervatsiya qiladi.

18. Efferent o'tkazuv yo'llari Harakatlantiruvchi o'tkazuv yo'llari bosh miyanmg turli markazlaridan harakat va sekretor a’zolarga impulslami olib boradi. Harakatlantiruvchi o'tkazuv yo‘llar ikki neyrondan iborat. Ular qisqa va uzun yo‘llarga bodinadi. Qisqa harakatlantiruvchi o‘tkazuv yo‘llar bosh miya yarim pallasi po'stlogd bilan bosh miyaning bazal o'zaklari va bosh miya so‘g‘oni qismlarini bog‘lab turadi. Ularga: ko‘ruv yo‘lining bir qismi bo‘lgan, ko‘ruv analizatorining ko‘ruv bo‘rtig‘i bilan bogdovchi (tractus corticothalamicus) peshona va tepa bodagi po‘stlogdni targdl tana bilan bogdovchi (tractus corticostriatus) ko‘ruv bo‘rtigd yostiqchasi bilan dumli o‘zak, targdl tana va gipotalamik soha o‘rtasidagi yodlar kiradi. Uzun harakatlantiruvchi yodlarga bosh miya po‘stlogd hujayralari va ekstrapiramida tizimi o‘zaklaridan boshlanib, bosh miya so‘g‘oni va orqa miyada tugaydigan piramida va ekstrapiramida yodlari kiradi. Piramida yodi o‘z navbatida po‘stloq-orqa miya yodi va po‘stloq-bosh miya nerv o‘zaklari orasidagi yodlarga bodinadi. I. Po‘stloq-orqa miya yodi-tractus corticospinalis (275-rasm). I neyron miya po‘stlog‘ning harakat sohasi markaz oldi pushtasi, markaz atrofidagi bodakcha va peshona pushtalarining orqa qismi po‘stlogdning beshinchi qavatida joylashgan yirik piramida hujayralardan iborat. Ularning aksonlari ichki gdlofning orqa oyoqchasining oldingi 2/3 qismidan o‘tadi. Sodigra po‘stloq-orqa miya yodi miya oyoqehasi asosining o‘rtasi, ko‘prikning oldingi qismi va uzunchoq miyaning piramidasidan odadi. Uzunchoq miyaning pastki qismida orqa miyaga kirishdan oldin piramida yodi ikki dastaga bo‘linadi. Katta qismi tolalari kesishib piramida tolalarining kesishmasini (decussatio pyramidium) hosil qiladi. Qolgan qismi kesishmasdan orqa miyaga o‘tib ketadi. a) kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga о‘tib, po‘stloq-orqa miya lateral yodini (tractus corticospinalis lateralis) hosil qiladi va shu tomondagi oldingi shoxda tugaydi. II neyron oldingi shoxning harakat hujayralari. Ulaming aksonlari oldingi ildiz, so‘ng orqa miya nervlari tarkibida skelet mushaklariga boradi. Lateral piramida yodi asosan qod va oyoq, qisman tana mushaklarini innervatsiya qiladi.b) kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasiga o‘tib oldingi po‘stloq-orqa miya yodini (tractus corticospinalis anterior) hosil qiladi. Bu yod bo‘yin va ko'krak qismlarda har bir segmentda kesishib qarama-qarshi tomondagi oldingi shoxga o‘tib harakatlantiruvchi hujayralarda tugaydi. II neyron oldingi shoxning harakat hujayralari aksonlari orqa miya nervlari tarkibida mushaklarga boradi. Piramida yodi po‘stloqdan mushaklarga boruvchi ixtiyoriy harakat impulslarini odkazadi. Piramida yodi targdl tana, ko'prik va tod formatsiya hujayralari bilan bogdangan. Tod fonnatsiya ixtiyoriy harakatlardagi shartsiz reflekslarga tormozlovchi ta’sir kodsatadi. Piramida yodi paralichi paylar va suyak usti parda reflekslari oshishi va mushaklar gipertoniyasi bilan kechadi. Harakat markazlari va piramida yodining kesishmasigacha bo‘lgan sohada shikastlanish ro'y bersa, tananing qarama-qarshi tomonda palaj ro'y beradi. Orqa miyaning oldingi tizimchasi shikastlansa qo'loyoqlar va tana mushaklarida palaj ro'y bermaydi, chunki harakat lateral piramida yo'li hisobiga boshqarib turiladi. Barcha po'stloq orqa miya yoii kesishgan boiib, har bir yarim pallaning po'stlog'i qarama-qarshi tomon mushaklari faoliyatini boshqaradi. II. Po'stloq-bosh miya nerv o'zaklari
orasidagi y o i - tractus corticonuclearis I neyron markaz oldi pushtasi pastki qismi po'stlog'ining V qavat piramida hujayralari. Ularning aksonlari ichki gilofning tizzasi, miya oyoqchalarining asosidan o‘tadi. Yo'lning bir qismi kesishib o'rta miyaning suv yo'li atrofidagi o'zaklar (nucleus n.oculomotorius va nucleus n.trochlearis) tugaydi. Yo'lning bir qismi tolalari o‘z tomonidagi shu nomli o'zaklarda tugaydi. Shu o'zak hujayralari ikkinchi neyronni hosil qilib n.oculomotorius tarkibida ko'zning yuqorigi, pastki, medial to'g'ri, pastki qiyshiq va yuqori qovoqni ko'taruvchi mushaklarga, n.trochlearis tarkibida esa yuqorigi qiyshiq mushakka boradi. Po'stloq-bosh miya nerv o'zaklari orasidagi yoining bir qismi kesishib ko'prik sohasida V, VI, VII juft bosh miya nervlaming harakatlantiruvchi o'zaklarida tugaydi. Bu o'zaklar hujayralaridan boshlangan ikkinchi neyron uch shoxli nerv tarkibida medial va lateral qanotsimon, chakka va chaynov mushaklari, pastki jag'-til osti suyagi mushagi, tanglay chodirini taranglovchi mushak, hamda nog‘ora pardani taranglovchi va ikki qorinchali mushakning oldingi qorinchasiga boradi. Uzoqlashtiruvchi nerv tarkibida ko'zning lateral to'g'ri mushagiga. Yuz nervi tarkibida ikki qorinchali mushakning orqa qorinchasiga, bigizsimon-til osti suyagi, uzangi, mimika mushaklari va bo'yinning teri osti mushagiga boradi. Po‘stloq-bosh miya nerv o‘zaklari o‘rtasidagi yo‘lning bir qismi uzunchoq miyaga borib kesishadi va IX, X, XI, XII juft bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi o‘zaklarida tugaydi. Ikkinchi neyron shu o‘zaklar hujayralaridan boshlanib, til-yutqin nervi tarkibida bigizsimon-halqum mushagiga, adashgan nerv tarkibida halqum, yumshoq tanglay, hiqildoq va qizilo‘ngachning yuqori qismi mushaklariga, qo‘shimcha nerv tarkibida trapetsiyasimon, to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushaklarga, til osti nervi tarkibida til mushaklariga boradi.Po‘stloq-bosh miya nerv o'zaklari odtasidagi yodning buzilishi odatda markaziy palaj yoki parez holatida uchraydi. Agarda bosh miya nervlaming o‘zaklarida yoki nervlarida jarohatlanish ro‘y bersa,periferik palaj yoki parez holati yuz beradi.


Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin