Bosh Miyaning Umumiy Ko'rinishi. Bosh Miya asosi. 12Juft bosh miya nervlari chiqish yo'llari


-Ko'prik.Uning Tuzilishi va Yoshga Qarab O'zgarishi



Yüklə 244 Kb.
səhifə5/19
tarix02.01.2022
ölçüsü244 Kb.
#39565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-7-Anat javoblari

5-Ko'prik.Uning Tuzilishi va Yoshga Qarab O'zgarishi Miya ko‘prigi (lot. pons) miya ustunining bir qismi va odamlar va boshqa ikki oyoqlilarda o‘rta miyadan pastda, uzunchoq miyadan yuqorida va miyachadan oldinda yotadi.Miya ustunidagi miya ko'prigi.Uzunchoq miya va miya ko‘prigining oldingi pastki ko‘rinishiMiya ko‘prigi, shuningdek, Italyan anatomi va jarrohi Costanzo Varolio (1543–75) sharafiga Varoliy ko‘prigi deb ham ataladi.[1] Miya ustunining bu sohasi bosh miyadan miyacha va uzunchoq miyaga tushadigan signallarni o‘tkazuvchi neyral yo‘llar va sezgi signallarini talamusga olib chiquvchi traktlarni ham o‘z ichiga oladi.Miya ustunidagi ko‘prik o‘rta miya va uzunchoq miya orasida, miyachaning oldida joylashgan. Miya ko‘prigi va uzunchoq miyani ajratib turuvchi soha pastki ko‘prik egati (lot. sulcus pontineus inferioris).[3] Yuqorigi ko‘prik egati (lot. sulcus pontineus superioris) miya ko‘prigini o‘rta miyadan ajratib turadi. [4] Miya ko‘prigi ikki qismga bo‘linishi mumkin: miya ko‘prigining asosi (ventral pons) va miya ko‘prigi tomi (dorsal pons). Ko‘prik yuzasidan pastga qarab tushuvchi chiziq bazilyar egat bo‘lib, u orqali bazilyar arteriya o‘tadi. Ko‘prikning asosiy qismi bazilyar arteriyadan chiquvchi ko‘prik arteriyalari orqali qon bilan ta’minlanadi. Miya ko‘prigining kichik qismi oldingi va orqa pastki miyacha arteriyasi orqali qon bilan ta’minlanadi.Odamlarda miya ko‘prigi uzunligi tahminan 2,5 sm. Uning asosiy qismi uzunchoq miya ustidagi keng do‘nglik sifatida ko‘rinadi. Orqa tomondan, Miyacha oyoqchalari deb ataluvchi ikki juft yo‘g‘on poyadan iborat. Ular miyachani ko‘prik bilan (o‘rta miyacha oyoqchasi) va o‘rta miya bilan bog‘laydi (yuqorigi miyacha oyoqchasi Ushbu to‘rt bosh miya nervlari (V-VIII)ning funksiyasiga nafas olishni boshqarish, ixtiyorga bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni boshqarish, eshitish, muvozanat va ta’m bilishda sensor rol va og‘riq va tegish kabi yuz sezgilari, shuningdek, ko‘z harakati, yuz ifodalari, chaynash, yutish kabi harakatlar va so‘lak va ter ajralishi kabilar kiradi.Miya ko‘prigi signallarni old miyadan miyachaga o‘tkazuvchi yadrolardan iborat, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyqu, nafas olish, yutish, qovuq boshqariluvi, eshitish, muvozanat, ta’m bilish, ko‘z harakati, yuz ifodalari, yuz sezgilari va tana holatida qatnashuvchi yadrolari ham bor.Miya ko‘prigida subparabraxial va medial parabraxial yadrolardan tashkil topgan pnevmotaksik markaz bor. Bu markaz nafas olishdan chiqarishgacha bo‘lgan o‘zgarishlarni boshqaradi.[2]Miya ko‘prigi uyqu falaji bilan aloqador va tushlar hosil bo‘lishida ishtirok etishi mumkin.[manba kerak]Klinik ahamiyatiTahrirlash.Markaziy ko‘prik miyelinolizi demiyelinlanish kasalligi bo‘lib, muvozanat, yurish, tegish sezgisi, yutish va gapirishdagi muammolarga sabab bo‘ladi. Bu odatda, klinika sharoitida, transplantatsiya qilish yoki qondagi natriyning tez korreksiyasi bilan bog‘liq. Tashhislanmasa, o‘limga yoki locked-in sindromi (psevdokoma)ga olib kelishi mumkin.


Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin