Bosh Miyaning Umumiy Ko'rinishi. Bosh Miya asosi. 12Juft bosh miya nervlari chiqish yo'llari


Miyachaning Tuzilishi va yoshga qarab ôzgarishi



Yüklə 244 Kb.
səhifə3/19
tarix02.01.2022
ölçüsü244 Kb.
#39565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-7-Anat javoblari

3.Miyachaning Tuzilishi va yoshga qarab ôzgarishi.

Miyacha bolalarda biroz yuqoriroqda joylashgan bo`lib, bosh miya qutisining ensa qismini to`ldirib turadi. Yangi tugilgan bola miyachasining vazni 20,5- 23 g bo`ladi. 9-oylikda 84-95 g, 15-yoshda 143 g, kattalarda 150 g, bo`ladi. Miyacha ikkita yarim shardan iborat bo`lib, muskullarning uyg`un qisqarishida va harakatlarida, bir guruh muskullarning tеgishlicha tarang turishini saqlashda ishtirok etadi. Miyachaning faoliyati izdan chiqsa odam uyg`un harakat qila olmay qoladi.Miyacha (lot. cerebellum – kichik miya) umurtqalilar bosh miyasining bir qismi. Odatda miya yarimsharlaridan kichik, lekin ba’zi baliqlarda undan katta bo‘lishi ham mumkin. Odamlarda miyacha harakat boshqariluvida katta rol o‘ynaydi. U shuningdek ba’zi bir kognitiv funksiyalarda, masalan diqqat va til, shuningdek qo‘rquv va qoniqish kabi hissiy boshqaruvlarda ham ishtirok etadi,ammo asosiy ta’siri harakatga bog‘liq funksiyalarda. Odam miyachasi harakatni chaqirmaydi, lekin harakatdagi koordinatsiya, tartib va aniq davomiylikni ta’minlaydi: u orqa miya va miyaning boshqa qismlaridan sezuvchi impulslarni qabul qiladi va ular asosida harakatning o‘ta aniq chiqishini ta’minlaydi.Miyachaning jarohatlanishi odamlarda nozik harakatlar, tana holati boshqariluvi va yangi harakatlar o‘rganilishi buzilishiga olib keladi. Anatomik jihatdan, odam miyachasi bosh miyaning pastki qismi tegib turuvchi alohida tuzilma bo‘lib, miya katta yarimsharlari pastida yopishib turadi. Uning po‘stlog‘i tartibsiz burmalarga ega yarimsharlar po‘stlog‘idan farq qilib, parallel egatlardan iborat. Bu parallel egatlar miyacha po‘stlog‘i aslida akkordion holatiga keltirilgan davomli yupqa to‘qima ekanligini ko‘rsatadi. Bu yupqa qatlamda bir qancha neyron turlari o‘zaro tartib bilan joylashgan. Eng muhimlari Purkinye hujayralari va donador hujayralarder. Bu kompleks tuzilma katta miqdordagi signallar bilan ishlash imkoniyatini beradi, lekin miyacha po‘stlog‘idan chiquvchi deyarli barcha ma’lumot miyacha ichidagi oq moddada joylashgan kichik chuqur yadrolar tizimi orqali o‘tadi.Miyacha harkat boshqaruvidagi asosiy rolidan tashqari, harakatni o‘rganishning bir qancha turlarida muhim, sezgi-harakat (sensorimotor) munosabatlari o‘zgarishlarida yangi harakat o‘rganishdagi ishtiroki sezilarli. Sezgi-harakat kalibratsiyasini miyachadagi [sinaptik plastiklik]ka bog‘liqligini ko‘rsatuvchi bir qancha nazariy modellar ishlab chiqilgan. David Marr va James Albus tomonidan ilgari surilgan modellar har bir miyacha Purkinye hujayralari umuman farqli 2 xil signalni qabul qilishini o‘rganish asosida yaratilgan: biri donador hujayralarning parallel tolalaridan keluvchi minglab kuchsiz signallar; boshqasi yagona ko‘tariluvchi toladan keluvchi juda kuchli signallarni qabul qilish. Marr–Albus nazariyasining asosiy ma’nosi ko‘tariluvchi tolalar “o‘rgatuvchi signal”larni tashiydi va parallel tolalardagi signal kuchini uzoq davom etuvchi o‘zgarishini chaqiradi. Parallel tolalardagi uzoq muddat depressiyalarini o‘rganish shu turdagi nazariyalarni rivojlantirdi, lekin ularning ishonchliligi baxsli masala.


Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin