6.O'rta Miyaning Tuzilishi va Yoshga qarab o'zgarishi
O’rta miya (mesencephalon) bosh miyaning nisbatan sodda tuzilishga ega qismi. U filogenezda ko’ruv va eshituv analizatorlarining tapsiri ostida rivojlanadi. Odamda oxirgi miya po’stlog’ida ko’ruv va eshituv markazlari paydo bo’lganidan so’ng, o’rta miyadagi markazlar po’stloq osti markazlari holiga tushib qoladi. O’rta miya uchinchi miya pufagidan taraqqiy etadi. U pufakcha devorlari bir tekis kengayib, dorsal qismidan to’rt tepalik plastinkasi, ventral devoridan miya oyoqchalari hosil bo’ladi. Uning qoldiq bo’shlig’i III va IV qorinchalarni qo’shib turuvchi miya suv yo’liga aylanadi. O’rta miyaning ventral yuzasi yuqoridan (oldindan) ko’ruv yo’llari va so’rg’ichsimon tana, orqadan esa ko’prikning oldingi chekkasi bilan chegaralanadi. O’rta miyada uning taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan quyidagilar joylashgan:
1 .po’stloq osti ko’ruv markazi va ko’z muskudlarini innervatsiya qiluvchi nervlarning o’zaklari. 2.po’stloq osti eshituvi markazi. 3.Bosh miya po’stlog’ini orqa miya bilan bog’lovchi pastga tushuvchi va yuqoriga chiquvchi o’tkazuv yo’llari. 4.Urta miyani bosh miyaning boshqa qismlari bilan qo’shuvchi nerv tolalari. O’rta miya ikki asosiy qismdan: o’rta miyaning tomi yoki to’rt tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan iborat. O’rta miyaning tomi (tectum mesencephali) yoki to’rt tepalik nlastinkasi o’zaro to’g’ri burchak hosil qilib kesishgan bo’ylama va ko’ndalang egatlar bilan ajragan to’rtta tepachadan iborat. Ikkita ustki tepachalarda po’stloq osti ko’ruv markazi, ikkita pastki tepachalarda esa po’stloq osti eshituv markazi joylashgan. Ustki tepachalar o’rtasidagi egatda shishsimon tana (sogrsh rshea!e) engashib turadi. Har bir tepachadan tashqi tomonga qarab tepacha yelkalari yo’naladi. Ustki tepachalar yelkasi tashqi tizzachali tanaga qarab yo’nalib, qisman ko’ruv yo’liga o’tib ketadi.pastki tepachalar yelkasi ichki tizzachali tanacha yo’naladi
Dostları ilə paylaş: |