Bosh Miyaning Umumiy Ko'rinishi. Bosh Miya asosi. 12Juft bosh miya nervlari chiqish yo'llari



Yüklə 244 Kb.
səhifə12/19
tarix02.01.2022
ölçüsü244 Kb.
#39565
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
1-7-Anat javoblari

24. Ko'prik (pons) sut emizuvchilarda plashch taraqqiyotiga bog'liq ravishda payda boiadi. U odamda yaxslii rivojlangan boiib, ko'ndalang bolish shaklida (249-rasm). U yuqoridan miya oyoqchalari, pastdan esa uzunchoq miya bilan chegaralanadi. Uzunchoq miya bilan ko'prik o‘rtasida so‘gon-ko‘prik egati (sulcus bulbopontinus) yotadi. Yon tomonga ko'prik torayib, miyachaning o‘rta oyoqchasiga (pedunculus cerebellaris medius) o'tib ketadi. Ko'prikning tashqi chegarasini uch shoxli va yuz nervlari ildizlari o‘rtasidagi chiziq (linea trigemenofacialis) hosil qiladi. Ko‘prikning ventral yuzasi ko‘ndalang yo'nalgan tolalardan iborat bo'lib, o'rtasida asosidagi egat (sulcus basilaris) joylashgan, uning orqa yuzasi IV qorincha tubini hosil qilishda ishtirok etadi. Ko'prikning ko‘ndalang kesmasi (253-rasm) markazida ko‘ndalang tolalar to‘plami - trapetsiyasimon tana (corpus trapezoideum) joylashgan. Uning tolalari o'rtasida trapetsiyasimon tananing o'zaklari (nuclei corporis trapezoidei) yotadi. Trapetsiyasimon tana ko‘prikni orqa yoki ko‘prikning yopqich qismi (tegmentum pontis) va oldingi ko'prikning asos qismga (pars basilaris pontis) ajratadi. Ko'prikning asos qismi bo'ylama va ko‘ndalang tolalar va ular o'rtasida joylashgan ko'prikning xususiy o'zaklaridan iborat. Ko'prikning bo'ylama tolalari po'stloq va orqa miya o'rtasidagi tolalar (fibrae corticospinales), ko'prikning po'stloq va o'zaklar orasidagi tolalari (fibrae corticonuclearis pontis), po'stloq va ko'prik orasidagi tolalar (fibrae corticopontinae), po'stloq-to'rsimon formatsiya (fibrae corticoreticulares), o'rta miya tomi va ko'prik orasidagi tolalardan (fibrae tectopontinae) iborat bo'lib, ular ko'prikning xususiy o'zaklarida tugaydi. Bu o'zak hujayralari tolalari ko'prik va miyacha orasidagi ko'ndalang tolalami hosil qilib, miyachaning o'rta oyoqehasi tarkibida miyacha po'stlog'iga boradi. Ko'prikning yopqich qismi oq moddasini ko'tariiuvchi sezuvchi yoilar: medial qovuzloq (lemniscus medialis), orqa miya va ko'ruv bo'rtig'i orasidagi tolalar (fibrae spinothalamicae), orqa miya-miyacha oldingi yo'li (tractus spinocerebellaris anterior) va miya sog'oni qismlari orasidagi yo'llar hosil qiladi. Oq modda o'rtasida to'rt (V, VI, VII, VIII) juft bosh miya nervlarining o'zaklari vato'r formatsiya joylashgan. Ko'prik to'rtinchi miya pufagining ventral qismidan taraqqiy etadi. Homilada ko'prikning asosi ko'tarilgan, bo'yiga torayib cho'zilgan shaklda bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda ko'prik turk egari oldida yotadi. Erta bolalik davrida orqa tomonga surilib, 5 yoshda ensa suyagi qiyaligiga yetib boradi.Yosh bolalarda piramida va miyacha o'tkazuv yo'llari yaxshi taraqqiy etmagani uchun uning hajmi kichik va o'zaklari bir-biriga yaqin joylashadi. 5-7 yoshlarda ko'prik tez taraqqiy etib kattalamikiga o'xshash ko'rinishga ega bo'ladi.


Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin