Mavzu: induktiv gal'altak ing tuzilishi va turlari reja: induktivlikning tasnifi va konstruksiyasi yuqori chastotali induktiv galtaklar



Yüklə 371,04 Kb.
səhifə1/4
tarix12.08.2022
ölçüsü371,04 Kb.
#63085
  1   2   3   4
20.16 M.Xoljo\'rayev 1-must



MAVZU:INDUKTIV GAL'ALTAK ING TUZILISHI VA TURLARI
REJA:
1. INDUKTIVLIKNING TASNIFI VA KONSTRUKSIYASI
2.YUQORI CHASTOTALI INDUKTIV GALTAKLAR
3.TRANSFORMATORLAR HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT


lnduktivlikning tasnifi va konstruksiyalari

Radiotexnik apparaturaning yuqori chastotali qismlari vazanjirlarida qo’llanilish sohasi va tuzilishi turlicha bo’lgan induktivlikg’altaklari qo’llaniladi (4. L—rasm). Qarshilik va kondensatorlardan farqli ravishda ular sanoatda keng ko’lamda ishlab chiqarilmaydi.



4. l—rasm. Induktivlik g’altaklarining elektr sxemalarda shartli belgilanishi: drossel(a), tarmoqlangan drossel(b), magnit o’zakli(v), ferrit o’zakli(g) va sozlovchi o’zakli g’ altak(d)

Qo’llanish sohasiga qarab g’altak o’lchamlari, ularning shakli, o’rash usuli, sim izolyatsiyasining qalinligi, karkas materiali turlicha bo’lishimumkin.
Induktivlik g’altaklari konstruksiyasi: qaysi chastota diapazonida va necha quvvatli tebranma konturlarida qo’llanilishiga ham bog’liq bo’ladi. Tebranma kontur ishchi diapazoni ortgan sari, odatda g’altak induktivlik qiymati kamayadi. Induktivlik g’altagining asosiy elementlari bo’lib: karkas, o’ram va ekran hisoblanadi.
Karkas. U o’ram uchun asos bo ‘lib xizmat qiladi va o’ramning mexanikmustahkamligi va bikrligini, chiqishlar va o’zakni mahkamlamligini, hamda shassiga qulay mahkamlanishini ta’minlashi kerak. Karkas uchun materiał induktivlik g’ altagiga qo’yilayotgan talablardan kelib chiqqan hołda tanlanadi. Katta quvvatli tebranma konturlarida ishlatiladigan induktivlik g’ altaklari elektr jihatdan ham mustahkam bo’lishlari talab qilinadi. Induktilik g’altaklari konstruksiyasi va karkas o’lchamlari turlicha bo’lishi mumkin. Karkaslar yuqori chastotali press kukunlar, keramika, polistirol va yuqori chastotali dielektriklardan tayyorlanadi. Keramikadan yasalgan yig’ma karkaslar glazur yordamida yopishtiriladi, so’ngra kuydiriladi. Keramik karkaslar uchun radiofarfor, ultraradiofarfor va steatit qo’llaniladi. Karkasdagi o’yiq(kanavka)lar o’ramlarni siljishiga Olib keladiganmexanik ta’sirlarni kamaytirishi natijasida induktivlik barqarorliginioshiradi. Kanavkali karkaslarda misli, kumushlangan izolyatsiyasiz simlarqo’llaniladi. Sim chiqishlarini mahkamlash uchun karkasda tirqish yokimontajli lepestok bajariladi.
O’ram. O’rta va uzun to’lqin diapazonida ishlaydigan g’altaklardaodatda linsendrat sim, qisqa to’lqinli g’altaklar uchun esa bir tolaliemallangan simlar qo’llaniladi. Linsentrat—bu ipak bilan izolyatsiyalangan, emal bilan qoplangan diametri0,07 * 0,2 mm bo’lgan katta miqdordagi(7tadanl 19 gacha) mis simlardan tashkil topgan o’ram. Ekran. Ba’zi alohida tizimlar orasidagi parazit aloqalarni va tashqi magnit maydonlar ta’sirini kamaytirish maqsadida, induktivlik g’altaklari elektr o’tkazuvchi ekranlar bilan himoyalanadi. O’zgaruvchan magnit maydoni ta’sirida ekranda uyurma toklar induksiyalanadi. Ular o’z navbatda dastlabki maydonga qarama—qarishi yo’nalgan magnit maydon hosil qiladilar. Natijada g’altakka tashqi magnit maydon ta’siri sustlashadi. Ekran materialining solishtirma elektr qarshiligi qancha kichik bo’lsa, bu maydon shuncha katta bo’ladi. Ekran ta’sirida yo’qotishlar va g’altakning xususiy sig’imi ortadi, induktivligi esa kamayadi. Ekran tayyorlashda kichik elektr qarshilikka ega bo’lgan materiallar—mis, latun va alyuminiy qo’llaniladi. Radio qabul qilgich va uzatish qurilmalarida ko’pincha induktivligi boshqariladigan g’altaklar qo’llaniladi. Chunki ular keng diapazon polosasida tebranma konturni sozlovchi asosiy qism hisoblanadilar.

Bunday g’altak o’ramlarining bir qismi katta diametrli o’zakka, qolgan qismi esa kichik diametrli karkasga o’raladi. Kichik g’altak kattasini ichiga joylashtiriladi va o’qi katta g’altak o’qiga perpendikulyar joylashgan valikka mahkamlanadi, o’ram chiqishlari esa ketma— ket ulanadi. Valik buralganda g’altaklarning o ‘zaro ta’siri o ‘zgaradi va natijada induktivlik ham o’ zgaradi.



Induktivlik g’ altaklarining asosiy parametrlari. Yuqori chastotali g’ altakning induktivligi, asilligi, xususiy sig’imi va induktivlikning temperatura koeffitsiyenti uning son va sifat ko’rsatgichlari bo’lib hisoblanadi. G’altak induktivligi — asosan uning o’lchamlari, shakli va o’ramlar soniga bog’liq bo’ladi. G’altak o’lchamlari qancha katta va undagi o’ramlar soni qancha ko’p bo’lsa, induktivlik shuncha katta bo’ladi. Bundan tashqari, g’altak induktivligiga unga kiritilayotgan o’zak va uni ekranga joylashtirish katta rol o’ynaydi. Radiotexnik apparaturada induktivligi mikrogenridan o’nlab milligenrigacha bo’lgan yuqori chastota g’altaklari qo’llaniladi. O’zgaruvchan tok zanjirlarida ishlayotgan g’altakning ish sifatini asillik (QL) bilan ifodalash qabul qilingan. Radioapparaturalarda odatda o’rtacha asillikka ega bo’lgan (40+200 tartibdagi) g’altaklar qo’llaniladi. Yuqori asillikka ega bo’lgan g’altaklar (300 dan yuqori) faqat maxsus holatlardagina (masalan, o’tkir rezonans xarakteristikaga ega bo’lgan kontur va filtrlarda) qo’llaniladi. G’altak o’ramlari va qatlamlari sig’im hosil qiladi. Bu sig’imni g’altakka paralle ulangan kondensator deb qarash mumkin. G’altakning bu xususiy sig’imi uning sifat ko’rsatkichlarini yomonlashtiradi (asillik va barqarorlik kamayadi, tebranma konturdagi chastota diapazonini egallash koeffitsiyentini kamaytiradi, drossel sifatida ishlatilayotgan g’altak ta’sirini yomonlashtiradi). Shu sababli g’altaklar loyihalashtirilayotganda uning o’lchamlarini kichraytirishga harakat qiilinadi. G’altakning xususiy sig’imi ko’p hollarda uning o’lchamlari va o’rash usuliga bog’liq bo’ladi. Bir qadam oraliqda o’ralgan bir qatlamli g’altaklar (1+3 PO va universal o’ramli ko’pqatlamli g’altaklar (5+30 PO kichik sig’imga egadirlar. O’ramlarni alohida seksiyalarga ajratish yo’li bilan ham xususiy sig’imni kamaytirish mumkin. Atrof muhit temperaturasi o’zgarsa g’altak o’lchamlari ham o’zgaradi, natijada uning induktivligi ham o’zgaradi. Temperatura 1 OS ga o’zgarganda induktilikning nisbiy o’zgarishi induktivlikning temperatura koeffitsiyenti (ITK) deyiladi. ITKni kamaytirish uchun maxsus choralar ko ‘riladi.

Yüklə 371,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin