Mavzu: induktiv gal'altak ing tuzilishi va turlari reja: induktivlikning tasnifi va konstruksiyasi yuqori chastotali induktiv galtaklar



Yüklə 371,04 Kb.
səhifə3/4
tarix12.08.2022
ölçüsü371,04 Kb.
#63085
1   2   3   4
20.16 M.Xoljo\'rayev 1-must

Moddalarning magnit xossalari


Magnit yumshoq materiallar boshlang’ich va maksimal singdiruvchanlik qiymatlarining kattaligi va koersitiv kuch qiymatining kichigligi (Hc < 400 Alm) bilan tavsiflanadi. Ularning gistirizis sirtmogl i tor bo N ladi (a, b — rasmlar).

Temir nikelli qotishmalar — permaloylarning magnit singdiruvchanligi yuqori, koersativ kuchi kam (b — rasm).

Asosiy metall magnit — yumshoq materiallar — kam uglerodli pölatlar, cho yan doimiy magnit o’ tkazgichlar sifatida ishlatiladi.

Transformatorlar haqida umumiy ma’lumotlar
O'zgaruvchan tokning chastotasini o'zgartirmasdan kuchlanishni bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o'zgartirib beruvchi asboblar transformatorlar deb ataladi.
Transformatorlarda ikkita g’altak umumiy o’zakka kiydiriladi (4.3-rasm). Bunda birinchi g’altakdagi o’ramlar birlamchi chulg’am, ikkinchi g’altakdagi o’ramlar ikkilamchi chulg’am deyiladi.

4.3-rasm.lkkita g’altakli transformatorning umumiy ko’rinishi



Birlamchi chulg’amni Ul kuchlanishli o’zgaruvchan tokka ulaylik. O’zgaruvchan tok chulg’amlarda o’zgaruvchan magnit maydonni hosil qiladi. Bu chulg’amning magnit kuch chiziqlari o’zak bo’yicha ikkilamchi chulg’amga o’tadi. Natijada ikkilamchi chulg’amda U2 kuchlanishli o’zgaruvchan induksion tok hosil bo’ladi. Bu tokning chastotasi birlamchi chulg’amdagi tokning chastotasi bilan bir xil bo’ladi.

Ikkilamchi chulg’amdagi U2 kuchlanishning miqdori birlamchi va ikkilamchi chulg’amdagi simlarning o’ramlar soniga bog’liqdir. Tajriba shuni ko’rsatadiki, ikkilamchi chulg’amdagi o’ramlar soni birlamchi chulg’amdagidan necha marta kam bo’lsa, ikkinchi chulg’amda hosil bo’lgan tokning kuchlanishi shuncha marta kam bo’ladi. Va aksincha, ikkilamchi chulg’amdagi o’ramlar soni birlamchi chulg’amdagidan necha marta ko’p bo’lsa, ikkinchi chulg’amdagi kuchlanish shuncha marta ko’p bo’ladi. Birlamchi chulg’amdagi o’ramlar soni ni, unga berilgan kuchlanish [JI, ikkinchi chulg’amdagi o’ramlar soni n2, unda hosil bo’lgan kuchlanish U2 bo’lsin. U holda quyidagi ifoda o’rinli bo’ladi.


Demak, o’zgaruvchan tokning kuchlanishini o’zgartirish mumkin. Bu otzgaruvchan tokning muhim xususiyatidir.
O’zgaruvchan tok o’tayotgan o’tkazgichdagi kuchlanishni o’zgartirishga o ‘zgaruvchan [okni transformatsiyalash deyiladi. Transformator o’zgaruvchan tok o’tayotgan o’tkazgichdagi kuchlanishni transformatsiyalaydigan asbobdir. «Transformatsiyalash», «transformator» so’zlari lotincha «transformo» so’zidan olingan bo’lib, «o’zgartiraman» degan ma’noni bildiradi.
4.4- rasmda transformator va uning elekr zanjir sxemasida belgilanishi aks ettirilgan.
4.4- rasmd. Transformator va uning elekr zanjir sxemasi

Transformatorlarning magnit ôtkazgichlari sterjenlar bilan yarmodan tarkib topgan. Sterjenlarda cho Ă lS amlar joylashadi, yarmo esa sterjenlarni birlashtiradi va magnit & tkazgichning yopiq lishini ta’minlaydi.


Yüklə 371,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin