Transformatorlar ikki xil bo'ladi
Agar transformatorning ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanish birlamchi chulg’amidagi kuchlanishdan katta bo’lsa, bunday transformator yuksaltiruvchi transformator deb ataladi.
Yuksaltiruvchi transformatorda n2 va U2 bo’ladi. Agar transformatorning ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanish birlamchi chulg’amidagi kuchlanishdan kichik bo’lsa, bunday transformator pasaytiruvchi transformator deb ataladi.
Pasaytiruvchi transformatorda n2 < n1 va U2 < Ul bo’ladi.
Transformatorda energiyaning aylanishi transformator birlamchi chulg’amidagi ma’lum kuchlanishli elektr energiyani ikkilamchi chulg’amdagi boshqa kuchlanishli elektrenergiyaga aylantiradi.
Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg’amlaridagi tokning quvvati mos ravishda quyidagiga teng: Pł=11U1 va P2=12U2.Takomillashgan transformatorlarning foydali ish koeffitsienti juda yuqori bo’lib, 99-99,5% ni tashkil etadi. Bunday transformatorlarda transformatsiya paytida elektr energiya yo’qotilishini hisobga olmasa ham bo’ladi, ya’ni PI=P2 deb olish mumkin. U holda:
Transformatorda ikkilamchi chulg’amda kuchlanish necha marta ortsa, tok kuchi shuncha marta kamayadi.
Masalan, transformator birlamchi chulg’ami Ul = 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan, deylik. Ikkilamchi chulg’amdagi kuchlanish U2 500 V bo’lsin. Agar ikkilamchi chulg’am iste’molchiga ulangan bo’lsa, undagi 12 tok kuchi birinchi chulg’amdagi Il tok kuchidan 2,4 marta kam bo’ladi.
Bunday munosabatni tavsiflash uchun transformatsiya koeffisienti (k) degan kattalik kiritilgan:
K > 1 bo’lsa, transformator pasaytiruvchi, k < 1 bo’lganda yuksaltiruvchi transformator deyiladi
Dostları ilə paylaş: |