Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


Kadrlar tayyorlash buyicha milliy dasturi.( Barkamol avlod-  O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,“SHarq” nashriyoti)  2



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

1. Kadrlar tayyorlash buyicha milliy dasturi.( Barkamol avlod- 
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,“SHarq” nashriyoti) 
2. R.A.Mavlonova ,O.T.To’raeva , K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T., 
“O’qituvchi” 1998 yil 


10 
3. X.Sanaqulov ,M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy 
ishlar” 1996 yil 
4. R.A.Mavlonova ,Goroxova,Ogluzdina O., “Mehnat tahlim metodikasi” 
T., “O’qituvchi” 1986 yil 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu: Mehnat darsining maqsadi va vazifalari. 
Hunarni asrobon nedkumdir oxir, 
Olib tuproqqamu ketgumdur oxir. 
A.Navoiy. 
Mustaqil har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur 
bo’lgan mahnaviyat qirralari iymon, ehtiqod, vatanparvarlik, insonga
cheksiz muhabbat do’stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur kabi
fazilatlarini shakllantirish zarur. 
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og’zaki va yozma ijodiyot 
avloddan-avlodga o’tib kelayotgan iymon-ehtiqod sirlarining nazariy va 
amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan 
“Tahlim to’g’risida”gi yangi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
tahlim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi. Uzluksiz tahlimni tashkil 
etishni rivojlantirish printsiplari uzluksiz tahlimni isloh qilish, uzluksiz tahlim 
tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan. Prezidentimiz I.A Karimov 
tahkidlaganidek “Har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo’yib 
kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga 
qo’yilgan maqsadga erishishi o’zlariga bog’liq ekanligini, yahni bu narsalar 
ularning sobit qadam, g’ayrat, shijoatlariga, to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz 
mehnatsevarliklariga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak”. 
Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati 
uchun astoydil kurashish, o’sib kamol topayotgan yosh avlodga tahlim-tarbiya 


11 
berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo’lib, yosh 
avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa 
qo’shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan 
biri hisoblanadi. Kichik sinf o’quvchilarini qo’l mehnatiga o’rgatishning asosiy 
maqsadi, boshlang’ich mehnat elementlari bosqichlarini yahni bajariladigan 
ishlarning oddiy elementlari (qog’ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, 
geometrik figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar. 
Undan tashqari qo’l mehnatiga o’rgatishda “Tikish va bichish”, 
“Pazandachilik”, “Plastilin bilan ishlash”, “ Qog’oz va karton bilan ishlash”, 
“Applikattsiya va mozayka ishlari” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib 
boradilar. Har bitta bo’lim o’quvchilarni hayotga mustaqil qilib tarbiyalashda 
muhim o’rin egallaydi. 
Yaratilgan mehnat natijalari o’ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini 
ko’rgan o’quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat
kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o’rganadi. 
Topshirilgan ishga mahsuliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash, 
o’qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun 
foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi. 
Boshlang’ich maktablarda mehnat tahlimi va tarbiyasining asosiy 
vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumtahlim 
maktablarining 
boshlang’ich 
sinflarida 
kasb 
tanlash 
izchilligini 
takomillashtirish, davlat tahlim standartlari talabi bo’yicha tarbiyalash hamda 
o’quvchilarni kasb-hunar egasi bo’lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim 
berishlardan tashkil topgan. 
Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning 
ehtiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, 
ish joyini to’g’ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish 
usullariga, ish harakatlarining mehyori va sifatiga, ish ko’rsatkichini 
tahminlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olinggan aniqlik va tozalikka rioya 
qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak. 
Kerakli material va asboblari bilan yetarli tahminlanmaganlik ham mehnat 
madaniyatini shakllanishiga salbiy tahsir etadi. Bahzan o’quvchilarning 
tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o’qituvchining ko’p vaqti 
bekorga sarf bo’ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qog’ozini olib kelmasdan 
mashgulotlarga katnashish ish qilayotgan o’rtog’ini narsa so’rab chalg’itadi. 
SHuning uchun o’qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida 
o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro do’stona yordamga tayanib o’z vaqtida choralar 
ko’rish lozim. Biroq har qanday holatda ham o’quvchini uyga junatmaslik yoki 
jazo berish tartibida o’quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak. 
Mehnat tahlimiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatning aqliy 
rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo’llashni talab qilmaydigan, 
tafakkurni 
faollashtirmaydigan 
mehnat 
faoliyati 
aqliy 
qobiliyatlarni 
o’stirmaydi. 


12 
Mehnat tahlimi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibda va 
harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish 
bilan birga bo’ladigan ko’p marta mashq qilishlar natijasida tarkib topadi. 
SAVOLLAR. 
1.Mehnat deganda nimani tushinasiz? 
2.Mehnatga qanday munosabatda bo’lish kerak? 
3.Boshlang’ich sinflarda qanday ishlar o’rganiladi? 
4.Qo’l mehnatiga o’rgatishda asosiy maqsad nima? 
TOPSHIRIQLAR. 
1.
Qo’l mehnati ishlariga ijodiy yondoshuvda nimaga ehtibor qaratish 
kerakligini ayting. 
2.
Mehnat darslarida ish qurollarini joylashtiring. 
ADABIYoTLAR. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin