13
zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uyg’otish,
ijodiy qobiliyatlar, har qanday
faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirishga, ijodiy masalalarni
mustaqil hal etishga o’rgatish vazifasini yuklaydi.
Mehnat tahlimiga o’rgatishning ahamiyati mehnat malakalarini
egallash imkoniyatini berish bilan cheklanmaydi,
balki bu malakalar hamma
uchun kerakligini ehtirof qilish kerak. Ko’pgina ilmiy kengashlar, agarda
ularda qatnashgan kishilar turmush ishlarini bajarishni: ovqat pishirish, kiyim
yamash, ozodalikni saqlash va shu kabilarni bilmaganlarida shunchalik
muvaffaqiyatga erishmagan bo’lardilar.
Mehnat tahlimiga o’rgatishda ham zamonaviy
pedagogika ishlarini
to’g’ri tashkil etish va uning usullariga qo’yadigan umumiy talablariga
muvofiq tarzda amalga oshirish kerak. O’qitish metodlari – bu o’qituvchi va
o’quvchilarning usullari bo’lib, bular yordamida o’qituvchi o’quvchilarni
bilim, ko’nikma va malakalarini egallashlariga erishiladi. O’qituvchi o’z
tajribasida
o’qitishning
xilma-xil
usullaridan
foydalanishi
mumkin.
O’qituvchining intilishi, hatti-harakati darsda o’quvchilarning diqqat-
ehtiborlari susaymasligiga, fikrlarning jamlangan bo’lishiga, ularning
chambarchasliklariga yo’llangan bo’lishi kerak. O’qituvchi
darsning har bir
daqiqasini qadrlab, o’quvchilarni ham shunga o’rgatish kerak. Har bir
o’qituvchiga o’z uslubi, o’z usulining o’ziga xosligigi ega bo’lish huquqi
berilgan. Biroq shuni aytish mumkinki, bularning barchasiga mustahkam bilim,
bir qarashda hammaga ravshan bo’lgan haqiqatlarni egallab olganlaridagina
erishish mumkin.
O’z faoliyatini o’qituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi bo’lgan
o’qituvchilar mana shu hammaga mahlum haqiqatni o’zlashtirishdan
boshlashlari kerak. Ular darslarda suhbat, gapirib berish, amaliy mashg’ulotlar
kabilardan foydalanib o’zlashtirganini tekshirish, yangi mavzuni tushuntirish
va o’tilganini mustahkamlashni eng boshidan o’rganishlari lozim.
Faqat
barchaga mahlum haqiqatlar o’zlashtirgandan keyingina va sinfning
imkoniyatlarini nazarda tutib, yangisini qo’llash mumkin.
Mehnat tahlimi bilimlarini egallash, o’zlashtirish, amalda qo’llash va
o’quvchilarni
rivojlantirish
faol
jarayonining
muvaffaqiyati
asosan
o’qituvchining bilimi hamda ishga ijodiy yondashishiga bog’liq.
Mexnat tahlimini amaliy mexnat faoliyati bilan birlashtirish va
ukuvchilarning ilmiy bilimlarini chukur uzlashtirishini tahminlashda
tahlimning turli usullaridan foydalaniladi. Nazariy materialni tushuntirish
chogida ukituvchi ukuvchilarning bilimlari va tajribasiga suyanadi. Ukuvchilar
tomonidan bajariladigan barcha mexnatga oid xarakatlar
nazariy bilimlarni
bilishga tayanadi.
Kur-kurona taxminiy yul bilan egallangan kunikma va malaka tor
mahnoda bulib, puxta bula olmaydi. Amaliy topshiriklarni tanlash mexnat
tayyorgarligini
nazariy
va
amaliy
saviyasini
kutarish
vazifalariga
buysundirilishi kerak. Ukuvchilarga berigan topshiriklar ularni ijodiy
izlantirish, tahlim olish va adabiyotlar bilan ishlash malakasini shakllantirishi
lozim.
14
Boshlangich sinflarda ish materiallarining mazmuni,
xajmi va usullari
ukuvchilarning tayyorgarlik boskichiga mos kelishi zarur. Ukuv materiallarini
ukuvchilarga yetkazib berishda fakat soddalashtirish yuli bilan borish
maksadga muvofik bulmaydi. Bunday yul bilan borish ukuvchilarning akliy
rivojlanishi tahminlay olmaydi. Xar bir mavzuni urganishda soddadan
murakkabga karab borish maksadga muvofikdir.
Ko’pgina o’qituvchilar o’qitishning turli metod va usullarini qo’llab
shunungdek, sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etib, yaxshi o’zlashtirish
natijalariga erishmoqdalar va bilimga muhabbat hamda qiziqishlarini
sindirmoqdalar. Bunday o’qituvchilar qo’l mehnatini o’rgatishda o’quvchilarga
turmush sohasidagi bilim va ko’nikmalarni singdirish bilan birga, ularda ijodiy
qobiliyatlarni
va bilishga qiziqishini, mustaqil faollikni o’stirishga yordam
bermoqdalar.
O’qitish usullari bilimlarni shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi
kerakki, unda o’quvchilar chizmani o’qituvchi chizgan o’lchamlar asosida
emas, balki buyumni istalgan o’lchami bo’yicha chizib, egallagan bilimlarini
amalda qo’llay olsinlar.
Qo’l mehnatiga o’rgatishda qo’llaniladigan asosiy usullar tizimi
qo’ydagichadir:
1.
Og’zaki bayon qilish.
2.
Tushuntirish va hikoya qilish.
3.
Suhbat.
4.
Mashqlar.
5.
Amaliy ishlar.
6.
Labaratoriya ishlari.
7.
Mustaqil ishlar.
8.
Ekskursiya.
9.
Kitob bilan ishlash.
10.
Texnik vositalar.
Mehnat tahlimi jarayonida o’quvchilarni mehnat tahlimi va tarbiyasiga
tayyorlashda mana shu usullardan samarali foydalanilsa o’qituvchi
o’quvchilarning mehnat tahlimi va tarbiyasining malaka va ko’nikmalarini
egallashlariga va mehnatga tayyorlash to’g’ri tarbiyalansa, haqiqiy mehnatkash
uchun zarur bo’lgan sifatlar shakllanadi.