Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

Mustaqil ishlar – bu o’qituvchining bevosita ishtiroksiz, 
biroq uning topshirig’i bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. 
Bu o’rindda o’quvchilar o’zlarining intilishlarini qo’llab hamda aqliy va 
jismoniy harakatlarining natijalariniu yoki bu formada ifodalab, topshiriqda 
qo’yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar. 
Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish kerakki, 
o’quvchilar qo’l mehnatini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy 
malakalar o’rtasida uzviy aloqada bo’lishi kerakligini his etsinlar. 
O’quvchilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan holda 
bo’lmasligi kerak. 
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan birga 
o’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadilar. 
Mustaqil ishlarning keng qo’llanilishi o’quvchilarda ishga ijodiy 
yondashishni, ulardagi bilishga, qiziqishlarini, olingan bilimlarni amalda 
qo’llay bilishni rivojlantirishga yordam beradi. 
 
Ekskursiya - bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga 
mustaqillik malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rinni 
egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab chiqarish vakillari ham 
qatnashsa, us yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya jarayonida o’quvchilar 
ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani 
o’tkazishdan oldin o’quvchilar oldiga aniq maqsadlar qo’yish, ekskursiyadan 
so’ng savol-javob o’tkazish lozim. Masalan, to’qimachilik kombinatiga 
ekskursiya uyushtirishdan oldin o’quvchilarga guruhlar bo’yicha topshiriqlar 


18 
berish mumkin. Guruhlardan biri ekskursiyadan so’ng alg’bomni jihozlaydi, 
yigiruv tsexini eng yaxshi ishchilarini yozib chiqadi, rasmlar chizadi, ikkinchi 
guruh to’qishning texnologik jarayonini yozadi, uchunchi guruh ishni bo’yash
bo’limida olib boradi va hokazo.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin