Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

Қўл
 меҳнатининг 
асосий
 усуллари 


16 
Og’zaki bayon qilish usuli ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: 1. 
Monologik bayon qilish, bunda faqat o’qituvchi gapiradi, o’quvchilar esa 
uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo’l mehnati darslarida u tushuntirish 
va hikoya qilish, instruktaj ko’rinishida bo’ladi. 2. Dialogik bayon bo’lib bu 
o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro suhbatidir. 
Tushuntirish va hikoya qilish Bu usulda materiallni jonli va obrazli 
bayon qilishdir. Bu holda yangi bilimni o’qituvchining o’zi beradi. Bahzan 
suhbat davomida o’quvchilarning qanchalik o’zlashtirayotganliklarini bilish 
maqsadida ularga savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya 
agar bajarilgan ishlar, natural rasmlar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni 
ko’rsatib 
bajarilsa, 
anchagina 
tushunarliroq 
bo’ladi. 
Bu 
o’rinda 
tushuntirayotganda – ko’rsat va tushuntir degan qoida bajariladi. Yangi 
materialni bayon qilishda o’quvchilarning bir xil emasligini nazarda tutish 
lozim. Tushuntirishda bu o’zlashtiruvchilarga alohida ehtibor berish lozim. 
Hikoya qilish jarayonida ularning idroklarini faollashtirish maqsadida 
tushuntiralayotgan material yuzasidan ularga bir-ikkita savol berish mumkin. 
Suhbat  turli o’quv maqsadlarda, yahni yangi dastur materialini 
bayon qilish, bilimlarni rejalashtirish va chuqurlashtirish uchun takrorlash 
jarayonida, o’quvchilarning bilimini tekshirish uchun qo’llanishi mumkin. 
O’quvchilarni ulardagi qiziquvchanlikni qo’zg’ab, savollar berishga 
undash foydalidir. Umumlashtiruvchi suhbat yaxshi samara beradi. 
Suhbat xuddi hikoya singari mahlum talablarga javob berish kerak, 
yahni: 
-
savollar shunday shakllantirishi lozimki, ular o’quvchilar 
tafakkurini faollashtirsin, ularni aniq va ishonarli javobni izlashga 
undasin; 
-
mavzuni ochib berishda izchillik bo’lishi uchun suhbatning rejasi 
oldindan tuzib qo’yilgan savollari albatta bo’lishi kerak; 
-
o’quvchilarning diqqati qaysi dalil va xulosalarga qaratilishi 
oldindan belgilanishi lozim. 
Suhbat o’quv materilining chuqur va ongli egallanishiga yordam 
berishi: o’quvchilarda bo’lajak amaliy ishni ongli rejalashtirish malaka va 
ko’nikmalarini shakllantirishda vosita xizmatini o’tashi; egallangan bilimlarni 
amalda qo’llash malakalarini sindirishga yordam berishi kerak. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin