Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


Mehnat malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

Mehnat malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish. O’quvchilarni
tarbiyalash va ularni bo’lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda mehnat 
malakalari va ko’nikmalari katta rolg’ o’ynaydi. Qo’yi sinf o’quvchilariga 
mehnat tahlimini berish vazifalaridan biri ularda bir qator mehnat malakalari 
va ko’nikmalarini shakllantirishdir. Mehnat malakalari va ko’nikmalari 
natijasi bo’lib qolmay balki, o’quvchilarni mehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali 
ishlab chiqarish mehnatini bajarishga jalb qilish sharti hamdir. 
Ko’nikma – bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, mahlum 
harakatni ongli bajarishga bo’lgan qobiliyatdir. Masalan: kartonni kesa bilish 
ko’nikmasi, qaychini to’g’ri ushlay bilish, harakatni aniq muvofiqlashtirish, 
yo’nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash, qomatni muvofiq keluvchi 
tarzda tutish degan mahnoni anglatadi. Bu o’rinda ustalik bilan harakat qilib, 
mahlum ishning suhrati va aniqligiga rioya qilish kerak. Aks holda ish qo’pol 
chiqishi mumkin. Berilayotganini o’zlashtirish – bu o’zgalar tajribasini 
natijalarini o’z tajribasini natijalari bilan qiyoslashdir.
Mehnat harakatlarining mukammallashuvi sintetik bosqichda maxsus 
mashqlar tahsirida yuzaga keladi. O’rganuvchining ongli ayrim harakatga 
birlashtirish jarayoniga yo’llangan bo’ladi. 



Malaka - bu faoliyatning mashq qilishlar jarayonida yetilgan, 
mujassamlashgan tajribadir. Bu tez va aniq bajarish, mashq qilish tufayli tarkib 
topgan ko’nikma yoki bu mahlum miqdordagi mashq va usullar bajarilganda 
ko’nikmadan sakrab o’tish degan mahnoni anglatadi. SHunung uchun mazkur 
ko’nikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda tutgan mashq va usullar 
to’g’ri tuzilgan bo’lsa u to’g’ri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning 
takommillashuv darajasi o’qitishning turli bosqichlarida turlichadir. Uning 
strukturasi 
ham 
o’zgaruvchandir. 
Mashqlar 
jarayonida 
o’quvchilar 
bajarilayotgan harakatlar murakkablashib borgan sari, asta-sekin oddiy 
malakalarning murakkab malakalarga birlashuvi sodir bo’ladi. 
Mehnat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish qo’ydagicha asosiy 
bosqichlardan tarkib topadi: 
a) boshlang’ich tushuncha. 
b) mehnat harakatlarini sinov uchun bajarish. 
v) ish harakatlari. 
g) yakun chiqarish. 
1. Ko’rsatilayotgan harakat maqsadga muvofiq, barcha munosabatlarda 
ham namunali bo’lishi. 
2. Ko’rsatish namunaning ongli idrok etilishiga yordam berish kerak. 
O’qituvchi o’quvchining ehtiborini harakatning eng asosiy ahamiyatli 
tomoniga yo’llashi, boshqa harakatni emas, aynan shu harakatning maqsadga 
muvofiqligini asoslash, ularning loyihalash ongli egallanishiga erishish lozim. 
SHunung uchun ko’rsatish doimo qisqa tushuntirish bilan birga boradi. 
3. Ko’rsatish harakat namunasining o’quvchilar tomonidan faol idrok 
etilishini tahminlash kerak. Faollik tafakkur faoliyatida hamda ko’rsatilayotgan 
narsani idrok etishda ish hajmi miqdorining ko’payishida ifodalanadi. 
4. Ko’rsatilayotgan harakat barcha detallari bilan har bir o’quvchiga 
yaxshi ko’rinishi kerak. 
Mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish jarayonidagi 
mashqlar. Mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirishga mo’ljallangan 
mashqlar faqat vaqtga ko’ra taqsimlanganda hamda mahlum tizim asosida 
o’tkazilgandagina ijobiy natija beradi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin