4
ham alohida ahamiyatga ega. Mehnat fani bo’yicha o’quv materiallarni eslab
qolish boshqa predmetlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Barcha
yangi
asboblar, materiallarni, opreatsiyalarning nomini boshlang’ich sinf
o’quvchilari so’z nomini, predmetini ko’rib idrok etish bilan fikran biriktirib,
tinglab fahmlaydilar, tushunib oladilar.
O’qituvchi mehnat darslarida
faqat tushuntiribgina qolmay, balki asosan
materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni
metarialga ishlov berish
usullarini, ish bosqichlarini izchilligini ko’rsatadi. Shunung uchun mehnat
ta’limida eshitish, ko’rish xotirasi va harakatlanuvchi xotira muhim rolg’
o’ynaydi. O’quvchilarda mehnat darsidan mehnat
darsigacha yangidan-yangi
bilim va ko’nikmalar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash va xotiralab
qolish kerak.
Mehnat ta’limini to’g’ri tashkil etish bolalarni qiyinchiliklarni yengishga,
qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida matonat
va qathiyat bilan kirishishga,
boshlangan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o’rgatish
lozim. Bu o’rinda ijobiy natijalar: mehnatdan quvonish,
lazzatlanish va
qoniqish hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda muhimdir.
Mehnatda shaxsning qiziqish, qobiliyat,
intiluvchanlik kabi shaxsiy
psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mehnatga psixologik va axloqiy
tayyorlash jarayoni murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir.
Dostları ilə paylaş: