23
O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish bo’limi o’zlarining kiyim-kechaklariga va
turar
joylariga qarashni, nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun dasturxon
tuzashni o’z ichiga oladi. Bu darslarni yil boshida utkazish tavsiya etiladi,
bundan maqsad o’qituvchilarni va ota-onalarni yil davomida bolalarning olgan
bilimlarini qanday qo’llayotganliklarini va sinfda navbatchilik qilganda o’z-
o’ziga xizmat ko’rsatish, uyda ota-onalariga yordam berishlariga imkon
berishdir.
Texnikaga oid mehnat bulimi mehnatning quyidagi turlarini: qog’oz va
karton bilan ishlash, mato bilan ishlash, turli xil materiallardan plastilin,
tabiiy
va neorganik materiallar somon, quritilgan barglar, patlar, chig’onoq, loy, qum,
tsement,yog’och, yumshoq sim, tunuka va boshqa materiallar bilan ishlashni
o’z ichiga oladi.
Bolalarga buyumlarni yasash tartibi haqida, yahni yig’ish, ishlov berish
to’g’risida, ishlatib ko’rish xato va kamchiliklarni yo’qotish
haqida ish urnini
tashkil qilish va boshqalar to’g’risida tasavvur hosil bo’ladi. Bu elementlarning
barchasi keyinchalik modellar va texnikaviy uyinchoqlar tayyorlashda
qo’llaniladi, umumlashtiriladi, bolalarning ijodiy fikrini o’stiradi, To’plangaen
mehnat tajribasini tevarak-atrofdagi texnika bilan bog’lashlariga yordam
beradi.
Qishloq xo’jaligi mehnati bu darslarda o’quvchilar sinfdagi jonli tabiat
burchagi va maktab tajriba hovlisida o’simliklarni o’stirishga, ko’paytirishga
va parvarishlashga oid ishlar bilan shug’ullanadilar.
Mehnat tahlimi dasturi talablari quyidagilarni o’z ichiga oladi.
1.
Buyumlarni kundalik uchun zarurligi.
2.
Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida bolalarga berish mumkin
bo’lgan dasturda ko’rsatilgan bilim va malakalarining mazmundorligi.
3.
Barcha o’quvchilarni darsda band qilish imkoniyati.
Mehnat tahlimining yangi dasturlari, metodlari
va tashkiliy shakllari
asosida ishlab chiqiladi. Mehnat dasturlarida mehnat madaniyatining malaka va
ko’nikmalari aks ettirilgan bo’lib, unga qarab maktab o’quvchisi, o’qituvchisi
va maktab faoliyatiga baho beriladi. O’qituvchi o’quvchilarning u yoki bu
xususiyatlarini, mehnat madaniyatining tarkibiy qismi birligini hisobga
olganda dastur tuzib chiqadi.
Mehnat tahlim yo’nalishlaridan birinchisi bolada va o’smirda inson
mehnati haqida va uning mehnatining mahsuli yaratilgan buyumlar to’g’risida,
ishlab chiqarish muhiti, materiallarni
ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy
ishlab chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil qilishga har tomondan
yondashishni talab qiladi.
Mehnat tahlimining yo’nalishining ikkinchisi, o’quvchilarda oilada va
turmushdagi
vazifalarni taqsimlash, ularni bajarish to’g’risidagi tasvvurlarni
shakllantirish.
Mehnat tahlimining yo’nalishining uchunchisi esa hozirgi zamon
o’quvchisi tabiatga ekologik munosabatda bo’lishni shakllantirish, uni qishloq
xo’jaligi sohasidagi malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish kerak.
24
Mehnat tahlimi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malakalar va
ko’nikmalar
maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati – mehnatga
bo’lgan qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: