26
o’quvchilarning ahloqiylikning qanday g’oyalarini anglashga olib kelajagini
diqqat, fikrlash, xotira, tasavvur, irodani rivojlantirish va boshqa shu kabilar
sohasida shaxs sifatini qanday kamol toptirishga erishishini aniq tasavvur
qilmog’i lozim.
Agarda bolalar
yaxshi yoritilmagan sinfda, yoshiga mos kelmaydigan
qo’pol, og’ir asboblar bilan ishlasalar, bu ularning ish natijalariga juda yomon
tahsir ko’rsatadi. Mehnat madaniyati malakalari ko’p marotaba takrorlanadigan
mashqlar natijasida hosil bo’ladi, bunda mashqlar davomida har bir mashq
jarayonida o’rnatiladigan tartib va ish harakati izchilligini sistematik suhratda
tushuntirish berish zaruriyati bilan birga qo’shib olib boriladi.
Mehnat va politexnik jihatdan tayyorlashning yangi dasturi “taqlid qilish”
metodikasini mehnat darsidagi ish sistemasi sifatida rad etadi, tajriba shuni
ko’rsatadiki, bolalar butun buyumni tuzulishini yaxshi tasavvur etsalargina ish
opreatsiyasi va asboblar bilan ishlash usullarini tezroq va puxtaroq o’qib
oladilar, o’qituvchi ayniqsa birinchi sinf o’quvchisi o’qituvchiga taqlid qilishga
intiladi. SHu sababli o’quvchi boshdan boshlaboq faqat to’g’ri usullarni
ko’rishi va eslab qolishi lozim. Bordi-yu o’qituvchi qo’llamasligi
lozim
bo’lgan noto’g’ri ish usulini har doim tahkidlab ko’rsataversa o’quvchi shuni
eslab qolishi mumkin, u o’quvchilar ongiga singshib olib, keyin uni tuzitish
ancha qiyin bo’ladi.
Mehnat darslarida birinchi sinf o’quvchilarining ishlarini kuzatish
natijasida
o’quvchilarni
topshiriqlarni
olib,
buyum
narsani
xuddi
namunadagidek yasash uchun namunani uning qurilishi nuqtai nazardan
sinchklab qarab chiqib, buyumni yasash yo’llarini qunt bilan izlaydilar.
Birinchi
sinf mehnat darslarida, odatda tayyorlanishi kerak bo’lgan
buyum narsaning namunasi ko’rsatiladi. Bunda birinchi sinf o’quvchilari
uchun real, buyum narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi,
bolalar unga qarab mazkur buyum narsa qanday qilinganligini, qanday qilib
xuddi mana shunday tayyorlash mumiknligini o’ylab oladilar.
O’qituvchi yangi mavzuga metodik jihatdan qanchalik to’g’ri
yondashmasin, uni suhbat va ko’rsatmada qanchalik tushunarli qilib
izohlanmasin, baribir bolalar dastlabki vaqtlarda mehnat usullarini har doim
ham to’g’ri qo’llavermaydilar. O’quvchi ko’p savollarni
mustaqil hal qilishi
kerak. O’quvchilarning hayotga mustaqilligi aktiv fikrlash faoliyatini,
tashabbusni paydo bo’lishi, uchragan qiyinchiliklarni yengishi, avval hosil
qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qo’llay bilishni
o’rganish lozim.
Mustaqil mashg’ulot soatida asosiy faol shaxs bolalar. Lekin bunga
qaramay darsning bu bosqichida ham o’qituvchining vazifasi benihoyat katta
va mahsuliyatlidir. Bunday mashg’ulotlarda
maqsadni aytib, ish usullarini
ko’rsatib qo’ya qolish kifoya, bolalar erkin ishlashni kerak deb o’ylash katta
xato bo’ladi. O’qituvchi mumkin qadar kamroq so’zlash, sekin ohista ovoz
bilan gapirishni odat qilishi, o’quvchilarga sezdirmay ularning xarakterini
kuzatish, ularni yaqinlashish va uzoqlashishini, o’rniga qo’yib gapirishni yoki
jim turishni o’rganish lozim. Qoloq o’quvchini yaxshi o’zlashtiralidgan
27
o’quvchiga biriktirib qo’yish kerak. Masalan tikishda o’g’il
bolalar odatda
orqada qoladilar ularga qizlar yordamini biriktirib qo’yiladi, aksincha
texnikaviy modellashda o’quv tajriba hovlisidagi ishlarda bolalar qizlarga
yordamlashishlari kerak.
SHu tarzda o’quvchilarda o’rtoqlarcha o’zaro yordam hissi tarbiyalanadi.
O’qituvchi har bir o’quvchining imkoniyatlarini hisobga olib bolalarni
ruhlantirish lozim. Bolalar mustaqil ishlayotganda o’qituvchining mehnati oson
emas, balki yanada qiyinroq, biroq ijodiy mehnat singari huzurbaxshdir.
O’quvchilar mustaqil ishlayotganda o’qituvchi passivdek ko’rinadi, lekin
aslida o’qituvchi oldida u rahbarlik qilish lozim bo’lgan xilma-xil xususiyatli
o’ttiz-qirq bola bor. Bahzilarini butun dars davomida bezovta qilmaslik lozim,
boshqalarga ko’rsatma berish kifoya, qolganlari yordamga muhtojdir. Mustaqil
mashg’ulot vaqtida bolalar qo’ng’iroqni ham sezmay qoladilar, hatto ishini
davom ettirishga ruxsat etilsa quvonadigan hollar ham bo’ladi. O’zlariga
yoqqan ishga sho’ng’ib ketib va tez ishlaydigan o’rtoqlarini ko’rib bolalar bor-
bora o’zlarining ish suhratini tezlashtirishni odat qilib oladilar. Ishni o’z
vaqtida tekshirmaslik o’quvchining ishga qiziqishini kamaytiradi.
Ishni
tekshirish va baxolashga bolalarning o’zlari jalb qilish kerak bu bilan ular
mehnatga ongli munosabat, aktivlik va tashabbus rivojlanadi. Mehnat
natijalarini birgalikda tekshirish va baholash bolalarning xotiralarida mahlum
bir buyumni tayyorlashning barcha bosqichlari, ayrim usullari tiklanadi. Uyga
topshiriq berish darsning muhim bosqichidir. Mehnatdan uyga bajarib kelish
uchun beriladigan vazifani avvalo darsda ishni yaxshi uddalay olmagan
o’quvchilarga berish zarur.
Dars besh bosqichga bo’linadi:
1.
Dostları ilə paylaş: