Mehnat darsining maqsadi – shaxsning turmush tarziga, mehnat
madaniyatiga qaratilgan barqaror yo’l yo’riqni qaror toptirish, ijodiy mehnat
qilishga, amaliy, ahloqiy va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish, o’quvchilarni
halq xo’jaligidagi muvoffaqiyatli mehnat faoliyatida zarur bo’lgan ijodiy
qobiliyatlarni, aqliy, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir.
Mehnat tahlimi o’zining bosqichlarida bolalar, o’smirlar va yoshlarning
yoshi, funktsional imkoniyatlarining o’ziga xosligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy
mavqiega muvofiq ravishda ko’p tomonlama yo’nalishga ega bo’lishi lozim. U
qo’ydagilarni taqozo etadi.
-
Mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat qilishga ehtiyojni, unga ongli,
ijodiy
munosabatda
bo’lishni,
o’z
maxoratini
doimo
takomillashtirishga intilishni shakllantirish;
-
Kasbiy
faoliyati
uchun
ahamiyatli
bo’lgan
psixo-fizologik
funktsiyalarini, shaxsning kasb-korlik jihatidan muhim bo’lgan
umumiy va shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
-
Tanlangan faoliyat sohasiga kasbiy faoliyatni keng politexnik bilim
doirasi va kasbiy harakatchanlik bilan birga qo’shgan holda
shakllantirish;
-
Bunyodkorlik faoliyati jarayonida haqiqiy mehnat munosabatlariga
kirishi, jamoa mehnatiga ijtimoiy tajriba to’plash;
-
SHaxsning barcha sohalarida madaniyatni tarbiyalash;
-
Zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash, yangicha iqtisodiy
tafakkurni, omilkorlikni shakllantirish, haqiqiy iqtisodiy faoliyatida
ishtirok etish;
-
Mustaqillikni, tashabbuskorlikni tarbiyalash, muammoli vaziyatlarni
ijodiy ravishda hal qilishga hozirlikni shakllantirish, ishlab
chiqarishni boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etish.
SAVOLLAR. 1.Boshlang’ich sinflarda qanday ish turlari mavjud?
2.Ish unumini oshirishda nimalarga ehtibor berilishi zarur?
3.Mustaqil ishlarning bosqichlarini ayting?
TOPSHIRIQLAR.
1.
Mehnatga oid maqollardan namunalar keltiring.
2.
Mehnat tahlimida kasb-hunar tarbiyasiga qaratilgan talablarni ayting.
ADABIYoTLAR.
1. R.A.Mavlonova ,O.T.To’raeva , K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T.,
“O’qituvchi” 1998 yil