Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

2.
 
Qishloq xo’jaligi mehnati agrari: bu dars o’z mazmuni jahatdan 
yuqoridan bayon etilgan dars bilan deyarli bir xil, shu sababli 
darslarni rejalashtirishda yuqorida ko’rsatib o’tilgan tuzilishga amal 
qilish zarur. O’quvchilarning mehnatga aqliy aktivligiga mehnat 
topshirig’ining xarakteri kuchli tahsir etadi. Masalan: “Tabiiy 
materiallardan qurish-yasash” temasidagi darsni olib ko’raylik. 
3.
 
Darsning maqsadi: Tabiiy materiallardan buyum yasash usullarini 
o’rgatish material tanlash,ulash, detallarni bir butun model qilib 
yasash. 
4.
 
Darsning jihozi: qaychi, santimetr, paxol, yumshoq sim. 
5.
 
Darsning borishi: o’qituvchi paxoldan yasalgan o’yinchoq 
uychani ko’rsatib paxoldan o’yinchoq uycha yasash uchun
mahlum o’lchamda paxolcha olish kerakligini tushuntiradi. 
1.Bu o’yinchoq nimadan qilingan? O’qituvchi o’yinchoqni ko’rsatadi. 


29 
2.Bu o’yinchoqni tayyorlash uchun qanday geometrik shakl zarur? Bunda 
o’qituvchi devorning uzunligi 6sm, eni esa undan 2 sm kam, balandligi esa 
enidan 5sm uzun. Tomi esa uy yonlariga 1 sm dan chiqib turadigan bo’lishi 
kerak deb uqtiradi. 
O’zbekiston maktablarida o’quvchilarning tajribalari shuni ko’rsatadiki, 
bolalarning mehnat operatsiyalari shartli grafik usuli bilan mustaqil 
rejalashtirishga olib kelishdan avval, bolalarda mehnat bosqichlari uchun zarur 
bo’lgan dastlabki malaka va ko’nikmalarni hosil qilish kerak. Laboratoriya 
yo’li bilan materialni xossalari va asboblardan unumli foydalanish bilan 
tanishtirishga, bunda bolalarning aqliy faoliyatini faollashtirishga ehtibor 
bermoq lozim, o’quvchilarning qurish yasash qobiliyatlarini rivojlantirish, 
buyumning qismlarini bir butun qilishga o’rgatish keraek. 
Birinchi sinfda chizmani o’qituvchi rahbarligida buyum namunasini 
ko’zdan kechirib qiladi. Bunda o’quvchilarni shartli chiziq namunalari bilan 
asta-sekin har bir darsda alohida tanishtiriladi. 
Boshlang’ich sinflarda chizmachilik elementlari maxsus o’quv fani 
sifatida ham, mehnatga o’rgatish dasturi bo’limida mustaqil bo’lim tariqasida 
ham kiritilmagan. Doskadagi chizmani chiz, uni namunaga solishtir va 
materialni o’zi mo’ljallagan buyumni tayyorlash uchun darsda qilinadigan 
ishlarni oldindan rejalashtirishning tashqi ifodasidir. 
O’quvchilarning mehnati va mustaqilligini faol fikrlash faoliyati 
tashabbusning paydo bo’lishi, uchragan qiyinchiliklarni yengishi avval hosil 
qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qo’llay bilishidir. 
SAVOLLAR. 
1.
O’quvchilarni mehnatga tayyorlash qanday amalga
oshiriladi. 
2.
Mehnat xonalari tashkil qilish usullari. 
3.
Dars nechta bosqichda amalga oshiriladi. 
TOPSHIRIQLAR. 
1.
Mehnat darslarida ish o’rnini qanday tashkil etish kerakligini 
ayting. 
2.
Mehnat xonalari va ish jihozlarini vazifalarini ayting.
ADABIYoTLAR. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin