Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


R.A.Mavlonova, O.T.To’raeva, K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T.,  “O’qituvchi” 1998 yil  2



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

1. R.A.Mavlonova, O.T.To’raeva, K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T., 
“O’qituvchi” 1998 yil 
2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy 
ishlar” 1996 yil 
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O, “Mehnat tahlim metodikasi”
T., “O’qituvchi” 1986 yil 
4. 
SHumulevich 
N.M. 
“Qog’ozdan 
texnik 
modellar 
yasash” 
T.,“O’qituvchi” 1989 y 
5. 
Vorobg’yov 
A.SH. 
“Konstruktorlik 
va 
modellashtirish” 
T., 
“O’qituvchi”1989 yil 
6. N.Gushkin. V.R.Xiltunin. “Mehnat eng yaxshi tarbiyachi”. T.1988y. 
7..Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y. 


33 
Mavzu: Boshlang’ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy bilim 
tushunchalarini shakllantirish. 
 
 
Mahlumki Respublikamiz mustaqilikka erishib, o’z yo’lini belgilab oldi 
va bozor iqtisodi yo’nalishini tanladi. Bozor iqtisodi ongli kishilik 
taraqqiyotining hamma bosqichlarida bo’lgan va bundan keyin ham davom 
etaveradi. U insonlarga hamisha yo’ldoshdir. 
O’quvchilar ongiga jamiyatimizning demokratik asosida iqtisodiy 
islohatlarni yanada rivojlantirish, mahnaviy-ahloqiy, mehnat tarbiyasi 
tushunchalarini shakllantirish, mehnat darslarida iqtisodiy tushuncha berish 
ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mehnat fanlar asosini chuqur va amaliy o’zlashtirishda, bolalarni 
mehnatga 
bo’lgan 
munosabatini 
ijodiy 
ish 
faoliyatida 
mustaqil 
shakllantirishda, fikr yuritishga o’rgatuvchi ilmiy vositalardan biridir. Ko’p 
asrlik tajriba shuni ko’rsatadiki, insonlarning mehnati tufayli cheksiz boyliklar 
va imkoniyatlarning yechiladi. Mehnat fani iqtisodiy rivojlanishning asosiy 
omili hisoblanib, o’quvchilarning chuqur iqtisodiy bilimini mustahkamlaydi. 
Hali-hanuz iqtisodiy mehnat tarbiyasida ilg’or umumbashariy va milliy 
g’urur, ularning tarbiyaviy harakteri o’z ifodasini topgani yo’q. SHuning uchun 
mehnat darslarida o’quvchilarning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlik 
mehnat faoliyati ko’nikmalarini shakllantirish va kuchaytirish lozim. 
Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. 
Bu vazifalardan biri tadbirkorlik bo’lib, bu mahsulot ishlab chiqarish uni sota 
bilish, tushgan mablag’ni joy-joyiga sarflay olishdir. Bu tadbirkorlik talablarini 
mehnat darslari jarayonida darslar nechoglik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, 
o’quvchilar shunchalik iqtisodiy bilimga va malakaga ega bo’ladilar. Avvalo 
bu darslarning muzmunini to’g’ri belgilab olish zarur. 
- mehnat tahlimi va tarbiyasining ijtimoiy va iqtisodiy yo’nalganligi; 

mehnat 
darslarini 
bozor 
iqtisodi 
talablari 
asosida 
pedagogik 
texnologiyalardan va malakalardan unumli foydalanish; 
- O’quvchilarni qiziqishlarini hisobga olib amaliy to’garaklarga jalb qilish; 
- O’quvchilarni mehnat darslarida iqtisodiy bilim berishda yoshi, shaxsiy 
xususiyatlarini hisobga olish; 
- O’quvchilarni mehnat natijalarini rag’barlantirish va kamchiliklarni 
do’stona hal qilish; 
Mehnat darslari bolalar uchun iqtisodiy bilimlar bilan tevarak- atrofdagi 
hayotni o’ziga xos tarzda bog’lovchi omil bo’lishi lozim. 
SHuning uchun hozirgi kunda mehnat darslarida «o’z-o’zini boshqarish» 
va «o’z-o’zini mablag’ bilan tahminlash» kabi tadbirkorlik ishlarini tashkil 
qilish lozim. 


34 
Masalan o’quvchilarning mehnat darslarida materiallarni isrof 
qilmaslikni, ishning sifatliligini, estetik jihatdan bejirim va chiroyli bo’lishiga 
ehtibor berishlari kerak.
SHu bois boshlang’ich sinflarda mehnat tahlimi va 
tarbiyasi jarayonida tadbirkorlik tushunchalarini, kelgusi mehnat faoliyatida 
muhim 
o’rin 
egallash 
ekanligi 
ko’rsatish, 
tushuntirish 
pedagog 
o’qituvchilarning oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligini tahkidlash 
zarur. O’quvchilarda mexnat tahlimi jarayonida tadbirkorlik tushunchalarining 
dastlabki bosqichlarini amalga oshirishda qo’ydagi vazifalarni bajarish
ko’zda tutiladi. 
1.
O’quvchilarni mehnat tahlimiga oid nazariy va amaliy bilim berishni 
uzviyligini mustahkamlash; 
2.
Kasblar xususiyatni farqlay bilishga o’rgatish orqali ularni turli 
kasblarni to’g’ri tanlashga yo’naltirish; 
3.
Unumli mehnat qilib yuqori samaradorlikka erishishni o’rgatish; 
4.
Mehnat jarayonida erishilgan natijani maktab jamoasi va ota-onalar 
ishtirokida namoyish etish; 
5.
Bajarilgan ishlar sifatini oshirishda kim oshdi savdo maskanlarini 
tashkil etish; 
O’quvchilarda tadbirkorlik tushunchalarini shakllantirishda maktab
mahalla, oila va jamoatchilikni birgalikdagi harakati o’z-o’ziga xizmat qilishni 
tashkil etish, mahsulot sifati hamda turli ish turlari jarayonida mehnat 
natijalarining unumdorligi keskin o’sishda o’z tahsirini ko’rsatadi. CHunki 
tadbirlarda erishilgan yutuqlar bo’yicha o’quvchilarning bajargan buyumlari 
maktab muzeylari yoki sinf burchagida namuna sifatida saqlash, ota-onalarga 
sovg’a sifatida taqdim etish o’quvchilarda amaliy mehnatda ish sifatini yanada 
oshirish, ijobiy natijalarga erishishda samarali tahsir ko’rsatadi. 
O’quvchilarning bajargan ishlaridan maktab sharoitidan kelib chiqib har 
xil ko’rgazmalar va o’quvchilarning o’zlari uchun maktab bozori tashkil qilinsa 
maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
Bunda o’quvchilar o’zlari bajargan ishlar natijalarini, diqqatga, ehtiborga 
sazovor bo’lganligini, o’zini mablag’ bilan qisman tahminlanganligini, o’zini 
boshqara olishini ko’rib, o’z mehnatiga va o’zgalar mehnatiga hurmat bilan 
qaraydi. O’quvchi ongida mehnatga muhabbat o’z samarasini topadi. 
Natijada davlatimizning iqtisodini yuqori darajaga ko’tara oladigan, 
o’zining kasbini, hunarini hurmat qiladigan, jamiyatimizning rivojlanishida 
o’zini hissasini qo’sha oladigan barkamol avlodni tarbiyalashimizda yordam 
beradi. 
SAVOLLAR. 
1.
Iqtisodiy tarbiya nima. 
2.
Mehnat tahlimidagi iqtisod qanday ko’rinishga ega. 
3.
Tadbirkorlik qanday amalga oshiriladi. 
TOPSHIRIQLAR. 


35 
1.
Mehnat tahlimida iqtisodiy tarbiya qaysi ish jarayonida berilishi 
kerakligini ayting. 
ADABIYoTLAR. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin