Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


Tajribaning umumiy mavzusi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

Tajribaning umumiy mavzusi
1.
Pomidor yoki gulli, manzarali o’simliklar ko’chatini stakan, yashik yoki 
parnikda o’stirish. 
2.
Ortiqcha shoxlarni olib tashlashning pamidorning pishish muddatiga 
tahsiri. 
3.
Bir, ikki va uch poyali pomidorlarni o’stirish. 
4.
Mineral va organik ozuqalarning pomidorning o’sishiga va 
rivojlanishiga tahsiri. 
5.
Turli nav pomidorlarni bir xil to’proqda o’stirish
( boshqa sabzovatlar ustida ham shu tarzda tajriba olib borish
mumkin). O’rni bilan ish davomida paydo bo’ladigan savollarni
hal eta oladigan oddiy tajribalar ham o’tib turish zarur. 
Tajriba davomida o’quvchilarning mustaqil fikrlashlariga, tug’ilgan 
savollarini mustaqil hal qilishlari mumkin qadar kengroq imkon yaratib 
berishlari lozim. SHunda ular tajriba o’tkazish yo’llarini, shunungdek 
tajribadan ko’zda tutilgan maqsadni yaqqol tushunib oladilar.
Bolalar uchun urug’ni stakan, yashik va yerga ekish, yaganalash, 
o’simliklarni o’sishiga va rivojlanishiga qanday tahsir etishini tajriba qilib 
ko’rish ayniqsa qiziqarlidir. Masalan pomidor urug’i 18 fevralda ivitildi
bo’rtgan urug’ 24 fevralda tuproq to’ldirilgan yashik va qog’oz stakanchalarga 
ekiladi. Yashikdagi va stakandagi o’simliklar sug’oriladi va to’prog’i 
yumshatiladi, qisqasi yashik va stakandagi o’simliklar bir xil parvarish 
qilinadi. O’simliklar ikki kundan keyin nish uradi. Dastlabki 2 barg ko’rinishi 
bilan o’simlik urug’ sepiladigan yashikdan olinib, ko’chat ekiladigan yashikka 
o’tkaziladi. Ko’chirib o’tkazish vaqtida asosiy ildizning bir qismi olib 
tashlanadi, keyin o’simlikning faqat ildizi emas, balki poyasining ham bir 
qismi ham tuproqqa ko’miladi. 22 mart o’simlik ko’chat yashikdan olinib, 
birinchi asosiy bargcha poyasini tuproqqa ko’mib parnikka o’tkaziladi. 
Aprelg’ oyining boshida bolalar ko’chatlarning aralash usulda ochiq 
joyga ekdilar va bir oy davomida kuzatdilar. Qog’oz stakanchalarda o’stirilib, 


48 
keyin o’tkazilgan o’simliklar bir joyga ekilib, shu yerda o’sgan o’simliklardan 
tubdan farq qiladi. Tarmoqdagi pamidorning poyasi kalta, baquvvat, barglari 
sersuv, to’q yashil rangli, yaxshi rivojlangan ildizida juda ko’p tomirchalar 
paydo bo’lgan. Bu ildizchalar o’simlikning yerdagi poya qismidan o’sib 
chiqqan. Aksincha bir joyda urug’dan o’stirilgan pamidorning ildizi bequvvat 
va kam edi. Buning sababi bolalardan so’ralganda bolalar bu savolga 
osongina javob berdilar. 
Biz ko’chirib o’tkazish vaqtida asosiy ildizning bir qismini olib tashladik. 
U asta-sekin o’sa boshladi, yonidan chiqqan ildizchalar esa tez o’sib ketdi, 
poyadan ham shoxchalar o’sib chiqdi. O’simlikni poyasi bir oz tuproqqa 
ko’milgani uchun qo’shimcha ildizlar o’sib chiqdi. 
Tajriba natijasida bolalar pamidor ildizini sistemasining o’sishi va 
rivojlanishini kishilarning harakatiga bog’liq ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Tajriba uchun ikki hovli bo’lishi kerak. Birinchi hovlidagi pamidorning bachki 
shoxlari olib tashlanadi, ikkinchi hovlidagi pamidorning shoxlari olinmaydi. 
Tajriba vaqtida o’qituvchi bolalarga bachki shoxlarni yulish usullarini 
o’rgatadi. Bahzida bolalar bir va ikki poyali o’simlikni birinchi gulbargi 
ostidan bargini sezmay qoladilar. Natijada bir poyali o’simlik o’rniga ikki 
poyali, ikki poyali o’simlik o’rniga uch poyali o’simlik o’sadi. 
Bundan tashqari bolalar ikki poyali o’simlikning ikkala poyasida ham 
hosil payqaydilar. U poyali o’simlikning hosili ikkita poyasida, ayrimlarida esa 
faqat asosiy poyasida ekanligini guvohi bo’ladilar. O’quvchilar ikki poyali 
pamidorning mevasi yirikroq bo’lib tezroq pishishini bilgach, qishloq xo’jaligi 
uchun ikki poyali pamidor o’stirish foydali degan xulosaga keladilar. 
Sungra ukuvchilar tajriba asosida ruy bergan jarayonni kuzatishlari 
asosida suxbatlar olib boradi. 
SAVOLLAR. 
1.Qishloq xo’jaligi mehnati ahamiyati? 
2.Ko’chat ekish qaysi fasilda bo’ladi? 
3.Necha poyali o’simlik mavjud? 
4.O’simliklar nima bilan oziqlanadi? 
5.Pamidor urug’i qanday o’stiriladi? 
TOPSHIRIQLAR. 
1.
Qishloq xo’jaligi ekinlari nomini keltiring. 
2.
Ish turi bo’yicha dars ishlanmasini tuzing. 
ADABIYoTLAR. 
1.P.Magzumov. “O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim 
va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.


49 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin