I bob. Tilshunoslikda paradigma va uning kelib chiqishi



Yüklə 41,45 Kb.
səhifə1/10
tarix16.05.2023
ölçüsü41,45 Kb.
#114348
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I bob. Tilshunoslikda paradigma va uning kelib chiqishi


MAVZU: O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVISTIK PARADIGMA
REJA :


KIRISH
ASOSIY QISM
I BOB. TILSHUNOSLIKDA PARADIGMA VA UNING KELIB CHIQISHI
1.1. Paradigma nazariyasi va tarixi
1.2. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi
II BOB. O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVISTIK PARADIGMA
2.1. Sistem struktur an'analarning o'zbek tilshunosligida o'rni
2.2. Lingvistik paradigmalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
XX asrning ikkinchi yarmida yetakchilik qilgan, asosiy maqsadi o‘zbek adabiy tili me’yorlarini yaratish, ona tili ta’limi uchun lingvistik material va tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘lgan o‘zbek formal tilshunosligi ta’siri ostida shakllangan, an’ana sifatida o‘quv rejasidan o‘quv rejasiga ko‘chib kelayotgan edi.
Zero, jamiyat oldida ommaviy savodxonlikni ta’minlash, adabiy nutq me’yorlarini ommalashtirish, xalqning yozma yodgorliklarini nashr etish va yoyish, ta’limni zamonaviy usullar asosida yo‘lga qo‘yish kabi amaliy vazifalar turgan paytda eng samarali va qulay lingvistik tavsif va ta’lim yo‘li formal usul bo‘lishi lozim edi.
Shuning uchun jahonning barcha ilg‘or mamlakatlari tilshunosligida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu ilmiy yo‘nalish keng ommalashdi. O‘zbek tilshunosligida bunday yo‘nalishga Abdurauf Fitrat, Elbek, Qayum Ramazon kabilar tomonidan asos solingan bo‘lsa-da, uning keng va izchil ommalashishi tilshunos Ayyub G‘ulomov faoliyati bilan bog‘liq.
Bu davr tilshunosligi o‘zbek adabiy tili (aniqrog‘i, nutqi) me’yorlarini tadqiq qilish davrini bosib o‘tdi va keyinchalik adabiy nutq me’yorlarini ta’lim oluvchilarga singdirish o‘rta umumiy va o‘rta maxsus ta’lim zimmasiga yuklatildi. Shu boisdan akademik litseylarda bu vazifani ta’lim bosqichlariaro bog‘lanishga qo‘yilayotgan takroriylikdan xolilik va uzviy aloqadorlik talabi asosida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv predmeti o‘z zimmasiga oldi.
XX asrning oxirgi choragida davr, maqsad va vazifalar tubdan o‘zgardi, tilshunoslik, ijtimoiy ehtiyoj natijasi o‘laroq, sistem-struktur tahlil usullariga o‘tdi, o‘zbek tilida lison va nutqni izchil farqlash asosida tilimizning lisoniy sistemasi – lisoniy birliklari va munosabatlarini tadqiq qilish – lisoniy imkoniyatlarni ochish ustuvorlashdi.
Tilga tafakkurni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, 3 nutqiy muloqotda son-sanoqsiz shakl va ko‘rinishlarda voqelanadigan, har bir voqelanish ko‘rinishi o‘ziga xos maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan imkoniyatlar xazinasi sifatida munosabatda bo‘lish kuchaydi. Shuning uchun ushbu kurs ishimizda o‘zbek tilini sistem-struktur usul asosida o‘rganadigan nazariy tilshunoslikning milliy ko‘rinishi – substansial yo‘nalish xulosalari aks ettirilgan.

Yüklə 41,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin