Vujudga kelishi va tarmoqlari Mil. avv. II asr - milodiy XVI asrda Buyuk Ipak yo'li: - "Buyuk meridianal yo'l"; - "Ipak yo'li" nomini 1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen bergan; - 12 ming kilometrga cho'zilgan; - Sariq dengiz sohilidan boshlangan; - Sharqiy Turkiston, O'rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O'rtayer dengizi sohillarigacha borgan; - bu yo'lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv shaharlari joylashgan. Xitoyga olib borilgan: - So'g'diyonadan - jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyum- lari va qimmatbaho toshlar, -Baqtriyadan - tuyalar;
- O'rta Osiyo viloyatlaridan - uzum, yong'oq, anor. O'rta Osiyoga keltirilgan: - Hindistondan-ip-gazlama va paxta chigiti ortilgan karvonlar; - Xitoydan - guruch va ipak matolar.
Xitoy imperatori U-Di elchi Chjan Syanni ko'chmanchi xunn qabilalariga qarshi ittifoqchi topish uchun yubordi. Xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilardi. Chjan Syan xunnlar qo'liga asir tushadi (o'n yilcha), keyin qo- chib Farg'ona vodiysiga keladi. Oloy vodiysidan o'tib vataniga qaytadi. Xitoyga Farg'ona otlaridan biri va beda urug'idan olib kelgan. Otni "samoviy" deb atagan. U-Di o'z saroyi yaqinida beda ektiradi, keyinchalik Xitoyning butun shimoli bo'ylab ekiladi. Chjan Syan yurgan yo'l - "Buyuk Ipak yoʻli" nomini olgan. Buyuk ipak yo'li Chjan Syan tavsifida
Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G‘arb xalqlari o‘rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li muhim o‘rin tutgan edi.
Bu yo‘l miloddan avvalgi II asrda vujudga kelgan va «Buyuk meridianal yo‘l» deb atalgan.