Amir Temur 682 -yilligiga bag’ishlangan “Buyuk Sohibqiron siymosi abadiy” nomli bayram tadbiri ssenariysi
Amir Temur – o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadryatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarida xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan siymolardan biridir.
Amir Temur ajdodlarimiz
1-boshlovchi:
— Yillarning qa’ridan omon chiqolgan,
Istibdod taxtini yengib, yiqolgan,
Istiqlol mash’alin gurlab yoqolgan,
Boshi osmon bo’lsin bugun o’zbekning,
Dong’i doston bo’lsin bugun o’zbekning!
2-boshlovchi:
— Beruniy yaratgan ziyosi bilan,
Jon tabibi — ibn Sinosi bilan
Qaddi baland bo’lsin bugun o’zbekning,
Jismi payvand bo’lsin bugun o’zbekning!
— Amir Temur otliq bobosi bilan,
Marvarid yaratgan navosi bilan,
Intizor Boburiy Mirzosi bilan
Nasli ulug’ bo’lsin bugun o’zbekning,
Rizqi to’luq bo’lsin bugun o’zbekning!
1-boshlovchi: —Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar va mehribon tarbiyachilar!
2-boshlovchi: — Assalomu alaykum, shirin bolajon!ar-u aziz o’quvchilar!
1-boshlovchi: — Bugun biz buyuk bobomiz Amir Temur tavalludiga baqishlangan tadbimi o’tkazish uchun yig’ilib turibmiz.
2-boshlovchi: — Amir Temur bobomiz buyuk sohibqiron, sarkarda va qudratli mamlakat tuzib, uni adolatli idora etgan mohir davlat arbobi bo’lgan.
1-bosh!ovchi: — Hurmatli ustozlar, bugun o’quvchilarimiz buyuk bobomizni madh etuvchi she’riar hamda u zotning hayoti va faoliyati to’g’risida turli ma’lumotlar tayyorlab kelishgan. Hozir navbatni ularga beramiz.
2-boshlovchi: — Marhamat, aziz o’quvchilar!
1-o’quvchi:
— Amir Temur bobomiz
Mard-u jasur bobomiz.
Jang-u jadallar kezgan Buyuk davlat, yurt tuzgan.
Abadiy o’chmas nomi,
Tilimizda kalomi.
Unutmaymiz hech qachon
Sizni ulug’ bobojon!
2-o’quwchi:
— Buyuk saltanatni tikladi Temur, ‘
Istagi: avlodim otsa zo’r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo’lib,
Xaiqim osoyishta ko’rsaydi umr.
3-o’quvchi:
— Sohibqiron aytar: ey farzandlarim,
Ko’zimning qarog’i jon dilbandlarim.
Millatning dardiga darmon bb’lingiz,
Bo’shashtirmang mening bo’g’in-bandlarim.
4-o’quvchi:
— Adolat, ozodlik dastida bo’ling,
Yomonlik, razolat qasdida bo’ling.
Nifoq tuxmlarin ekmangiz aslo,
Yaxshilik, ezgulik rostida bo’ling!
Milliy raqs ijro etiladi. Raqs tugagach, o’quvchilar Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida so’zlab berishadi.
1-bosh!ovchi: — Buyuk bobomiz 1336-yil 9-aprelda Keshdan uncha uzoq bo’lmagan Xo’ja Ilg’or qishlog’ida barlos urug’iga mansiib bo’lgan bek Tarag’ay Bahodir oilasida dunyoga keldi.
2-bosh!ovchi: — Temur yoshligidan bilimga tashna bo’lishi bilan birga harb ilmiga qiziqqan, otiarni juda sevgan va mohir chavandoz bo’lgan.
1-bosh!ovchi: — Amir Temur juda olijanob qalb egasi bo’lgan. U Movarounnahrdek buyuk davlat tuzgan. Eron, Turkiya, Hindiston kabi yirik davlatlarda ilm-ma’rifat, madaniyatni targ’ib etgan. Qizil O’rdaning istilochilik hukmronligiga barham bergan.
2-bosh!ovchi: — Amir Temur iqtisodiy mustahkam, xalq manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tuzdi.
1-bosh!ovchi: — Amir Temur buyuk siyosatchi, sarkarda, o’z davrining buyuk davlat arbobi bo’lgan. Uning shiori — «Kuch — adolatdadir», degan purma’no hikmat bo’lgan.
2-bosh!ovchi: — Amir Temur 27 ta katta-kichik tarqoq shaharlarni birlashtirib, qudratli davlat tuzdi.
1-bosh!ovchi: — Amir Temur davlatining poytaxti — Samarqand shahri bo’lib, juda obod va chiroyli shaharga aylantirildi.
2-bosh!ovchi: — Bobomiz Samarqand, Buxoro va Turkistonda tarixiy obidalar, madrasalar, maqbaralar qurdirdi. Obodonlashtirish ishlarini olib bordi.
Amir Temur hayotini yorituvchi sahna ko’rinishi namoyish etiladi. So’ngra o’quvchilar shoir Temur Ubaydulloning «Pirlar qissasi» she’ridan parchalar o’qib berishadi:
1-o’quvchi:
— Temur otli pahlavon,
Topar chog’ida kamol —
Unga bo’ldi esh, hamdam
Shayx Shamsiddin Kulol.
2-o’quvchi:
— Sohib karomatlarning
Biri edi Shayx Kulol.
Tarag’ay Bahodirning
Piri edi Shayx Kulol.
3-o’quvchi:
— Amir Temur bahramand
Pirning o’gitlaridan.
Ixlos bilan ushladi
Shayx Kulolning baridan.
4-o’quvchi:
— Bir tomondan qo’lladi
Suyub Said Baraka.
O’tmas edi uningsiz
Mashvarat-u ma’raka.
5-o’quvchi:
— Shundan buyuk saltanat
Dovrug’ soldi jahonga.
Barcha ta’zim ayladi
Temur Sohibqironga.
6-o’quvchi;
— Buyuk zotlar nafasi
Har doimo qo’llasin!
Ona yurtimni mudom
G’oliblikka yo’llasin!
1-boshlovchi: Sohibqiron buyuk davlat tuzishda, uning gullab-yashnashida quyidagi qoidalarga qat’iy amai qilganligini aytib o’tgan:
1. Men davlatni shoshmay, insonparvarlik bilan boshqardim.
2. Tartib va qoidalarga rioya qilish — mening davlatimni mustahkamladi.
3. Men o’z askarlarimga g’amxo’rlik va olijanoblik ko’rsatdim.
4. Men davlatni haqgo’ylik va aql bilan boshqardim.
5. Adiblar, allomalar, olimlar, tarixchilarga muruwatli bo’ldim.
6. O’z ishimda qat’iy va dadil bo’ldim.
7. O’z xalqimni doim tushundim.
8. Yaxshiga yaxshi, yomonga qattiqqo’l bo’ldim.
9. Men doim ahillikni istadim.
10. O’z askarlarimni hurmat qildim va qonun-qoidalarga qattiq rioya qildim.
1-boshlovchi: — Aziz ustozlar va bilimdon o’quvchilar! Bugun biz buyuk bobomiz hayoti va faoliyatiga doir ko’p narsalarni bilib oldik.
2-boshlovchi: — Biz — O’zbekiston farzandi, buyuk Amir Temur avlodidan bo’lganligimiz bilan faxrlanamiz. Bobomizdek olijanob va haqiqatparvar, yurtsevar bo’laylik!
1-boshlovchi:
— Jahongir so’zidan yaxshilik bunyod,
Bizga mayoq bo’lsin, baxsh etib sabot.
Avlodlar bizlardan ololsin o’mak,
Shunda rizo bo’lur Temurdayin zot.
2-boshlovchi: — Shuning bilan aziz ustozlar, ota-onalar va bugungi tadbirimizda Amir Temur bobomiz haqidagi she’rga navbat.
AMIR TEMUR HAQIDA QO’SHIQ
Siz – Amirsiz, Siz-Temursiz,
jahongir Sulton.
Iymondirsiz, vijdondirsiz
Siz aziz inson.
Qalblar aro ko’tarmoqda
ruhingiz isyon,
Temur bobo, nomingizni
yodetajakmiz.
Olam aro ruhingiznishod etajakmiz.
Tumorlarda, duolardaj yashab qolasiz,
Ko’kni o’pgan binolardaj yashab qolasiz,
Ko’zga ko’chgan/ziyolarda yashab qolasiz,
Narziy bitgan navolarda yashab qolasiz.
Temur bobo, nomingizni yodetajakmiz,
Olam aro ruhingizni shod etajakmiz!
Bobomizga hurmat
O’quvchi:Olti yuz yil ilgari qonunlar va urf-odatlarga asoslangan davlat barpo etgan Sohibqiron saltanatining barcha hududlarida birday amal qilgan “Kuch – adolatda” shiori bugun biz, vorislar uchun ham ustuvor axloqiy-ma’naviy mezondir. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishni oldimizga bosh maqsad qilib qo‘yganimiz va shu yo‘ldan sobitqadamlik bilan olg‘a odimlayotganimiz buning yorqin dalilidir.
1- O’quvchi: Amir Temur o‘zining Shahrisabzdagi koshonasi – Oqsaroy peshtoqiga “Kimki bizning shon-shuhratimizni ko‘rmoqchi bo‘lsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin”, degan ulug‘vor hikmatni naqsh ettirgan. Bu – Amir Temurning, dunyodagi aksariyat jahongirlardan farqli o‘laroq, umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lganidan dalolat.
2- O’quvchi: Bu – Amir Temur yurtimizning jahonda buyuk nufuz kasb etishini, mislsiz go‘zal va obod bo‘lishini, har tomonlama taraqqiy topishini orzu qilgani, bu yo‘lda salmoqli natijalarga erishgani, mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko‘targani, qadimiy shaharlarimizni olamning yetti iqlimiga ma’lumu mashhur tabarruk maskanlarga aylantirgani hamda o‘z sa’y-harakatlarining bu kabi sharofatlaridan haqli ravishda faxrlana bilganining tasdig‘i.
3- O’quvchi: Bu – hamisha el-yurt g‘amini o‘ylab yashagan Sohibqiron dahosining o‘z xalqiga, kelajak avlodlarga murojaati, olijanoblik va bunyodkorlikka chorlovi. Obod va ozod yurtimizda shahar va qishloqlarimiz, bugungi hayotimizning qiyofasi kundan-kun ochilib borayotgani zamirida ham bizga bobokalonimizdan meros bunyodkorlik ruhi, xalqimizning yakdilligi, halol mehnati, aqlu zakovati va teran salohiyati mujassamdir.
4- O’quvchi: Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Istiqlolimizning har bir tadbirida, mustaqil davlatimizning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu hamnafas. Toshkentda, Shahrisabzda, Samarqandda buyuk bobomizning ulug‘vor haykallari qad ko‘tardi. Poytaxtimiz markazidagi xiyobon, shohko‘cha, metro bekati, shuningdek, mamlakatimizning turli hududlaridagi madaniyat va ma’rifat maskanlari Sohibqiron nomi bilan ataladi.
5- O’quvchi: Amir Temur ordeni – yurtimizda mustaqillik davrida ta’sis etilgan va bugungi avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, ozod mamlakatimiz yorqin istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib tarbiyalash ishiga qo‘shgan alohida xizmatlari uchun beriladigan yuksak davlat mukofotlaridandir.
6- O’quvchi: Amir Temur xiyoboniga tutash joyda Sohibqiron bobomiz va uning shavkatli avlodlariga bag‘ishlab bunyod etilgan muhtasham koshona – Temuriylar tarixi davlat muzeyi yurtimizning turli hududlaridan va dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan keladigan ziyoratchilar bilan doimo gavjum.
7- O’quvchi: Amir Temur nomi, uning siymosi xalqimizni birlashtirishda, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo‘lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-quvvat va shijoat bag‘ishlab turibdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “kimki o‘zbek nomini, o‘zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo‘lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak”.
1-boshlovchi: Amir Temur, A. Navoiy, Z.M. Bobur … kabi bobolarga va ular qoldirgan buyuk merosga doimo hurmatda bo’laylik!
2-boshlovchi: Shu bilan Amir Temur bobomiz tavalludiga bag’ishlab tayyorlagan tadbirimiz nihoyasiga etdi.
1-boshlovchi: — Shuning bilan aziz ustozlar, ota-onalar va bugungi tadbirimizni yakunlaymiz. Barchangizga sog’lik-salomatlik, ishlaringizga rivoj tilaymiz. Yurtimiz kelajagi bo’lmish yosh va barkamol avlodni tarbiyalashdek olijanob ishda
hech qachon charchamang!
Dostları ilə paylaş: |