Abu Rayhon Beruniy asarlarida ajdodlarimiz haqida maʼ lumotlar
Abu Rayhon Beruniy ijodi Xorazmning Mahmud Gʻaznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qoʻyadi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga Gʻazna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017–1048 yillarda Gʻaznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat ogʻir kechgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr boʻdsi. Beruniyning “Xorazmning mashhur kishilari” asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-geografik asari “Tahdid nihoyot al-amoniya li tasʼhidi masofat al-masokin” (“Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash” – “Geodeziya”) 1025 yilda yozib tugatilgan. Beruniyning “Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar” asari ham 1029 yil Gʻaznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda oʻsha zamon astronomiyasi bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha fanlar haqida muhim maʼlumotlar berilgan. Beruniyning “Hindiston” nomli mashhur yirik asari “Tahqiq mo li-l-Hind min maʼ-quda maqbula fi-l-aql av marzula” (“Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan taʼlimotlarini aniqlash kitobi”) 1030 yilda yozilgan boʻlib, bu shoh asar Gʻarb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Aka-demik V. R. Rozen “Sharq va Gʻarbning qadimgi va oʻrta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yoʻq”, deb baho bergan. Mahmud Gʻaznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh boʻlgan Beruniy, u yerda sanskrit tilini puxta oʻrganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning oʻsha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida oʻlmas asar yaratishga imkon berdi. “Hindiston” asari yozib tugatilgan yili Mahmud Gʻaznaviy vafot etdi va uning oʻrniga taxtga oʻgʻli Masʼud oʻtirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid “Masʼud qonuni” asarini sulton Masʼudga bagʻishladi. Oʻsha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: “Masʼud qonuni” kitobi matematika va astronomiya boʻyicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini oʻchirib yuborgan”.
Beruniy oʻz asarlari roʻyxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri “Mineralogiya”dir. Bu risola oʻz zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Ovroʻpoda ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yoʻq asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari – “Dorivor oʻsimliklar haqida kitob”ining qoʻlyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar “Saydona” nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda oʻsadigan dorivor oʻsimliklarning toʻla tavsifini beradi.
Beruniy shogirdi Abul Fadl as-Seraxsiy maʼlumoti boʻyicha 11 dekabr 1048 yilda vafot etgan.
Beruniy soʻngi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning oʻz davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolgan-ligi bizga maʼlum. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sansqrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shugʻullanib sheʼrlar yozdi. “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi quyosh kitobi”, “Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Koʻpaytirish asoslari”, “Ptolemey “Almagesti”ning sanskritchaga tarjimasi”, “Foydali savollar va toʻgʻri javoblar”, “Fargʻoniy “Elementlar”iga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan ehtiyotkorlik”, “Oq kiyimlilar” va karmatlar haqida maʼlumotlar”, “Sheʼrlar toʻplami”, “Al-Muqanna haqidagi maʼlumotlar tarji-masi”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” shular jumlasidandir.
Beruniy qadimgi yunon ilmi va uning vakillari Aristotel, Platon, Ptolemey, Yevklid kabilarning asarlari hind olimlari, musulmon olimlari al-Xorazmiy, Fargʻoniy, Battoniy, Roziy, Abu Tammam, ibn Kaysum, Abu Maʼshar asarlari bilan yaqindan tanish boʻlgan, ularga sharhlar, izohlar, tuzatishlar, raddiyalar yozgan. Uning ilmiy merosi gʻoyat rang-barang boʻlib, tibbiyot faniga, astronomiya faniga xizmati juda kattadir. Beruniy oʻz ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi masalasida Ptolemey sistemasiga suyansa ham, yerning harakati haqida Beruniy: “Yerning harakatsizligi (masalasi) astronomiya fanining asosiy masalalaridan biri boʻlib, bu haqda yuz beradigan shubhalarni yechish qiyin”, deb yozadi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida Beruniy Kopernikdan bir necha asr avval Yerni koinotning markazi deb biluvchi geotsentrik va Quyoshni koinot markazi deb oʻrgatuvchi geliotsentrik tizim teng kuchga ega, degan xulosaga keladi. “Geodeziya” asarida Beruniy geotsentrizm bilan bogʻliq boʻlgan baʼzi bir nazariyalarning toʻgʻriligiga shubha bilan qaraganini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Beruniy harakat trayektoriyasi va osmon yoritqichlari shaklining ellipsoid ekanligi haqida birinchi boʻlib fikr yuritgan olimlardan boʻlib, joylarning geografik uzoqligini, kengligini aniqlash yoʻllarini tanlab olishda novator hisoblanadi. U trigonometriyani, geometriyani keng qoʻllash orqali oʻzidan oddingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi. Turli joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlashda Beruniy erishgan natijalar hatto hozirgi zamon olimlarini ham hayratda qoddiradi. Buyuk olim Yer yuzasining har bir qismi oʻzining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini qayd etadi. Markaziy Osiyoning baʼzi bir mintaqalari, shu jumladan, Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy oʻrganishga harakat qilgan ham Beruniydir. Uning Amudaryo vodiysining geologik oʻtmishi va Orol dengizining paydo boʻlishi haqidagi xulosalari oʻsha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biri boʻlib hisoblanadi. Olim “Dengizlar quruklikka, quruqliklar esa dengizga aylanadi” degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamining paydo boʻlishi, jinslar yemirilishining ahamiyati, togʻ jinslarining nurashi kabilar haqidagi xulosalari katta ilmiy ahamiyatga egadir. U togʻlarning paydo boʻlishi va yoʻq boʻlib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olgʻa suradi.
Beruniy Aristotelning naturfilosofiyasi bilan bevosita shugʻullanishi natijasida Aristotel qarashlariga tanqidiy yondashib, hatto zaif tomonlarini tanqid etish darajasiga borib yetdi.
Buyuk bobokalonimiz 1048 yilda G’azna shahrida vafot qilgan. Buyuk olimni nomini abadiylashtirib yurtimizda ko’pgina ilmiy markazlar, ko’chalar, shahar, qishloqlar faxr ila olim nomi bilan ataladi.
O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan eng buyugi – Alisher Navoiy bobomizdir.Biz uning mo’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi - zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo fahrlanib so’z yuritamiz.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g’ururi, shoni-sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z
sa’natkoridir.Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va
e’tiqod bilan qaramasa. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
2008-yilda nashrdan chiqqan “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch “ nomli asarida lisher Navoiyga shunday ta’rif berganlar: “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir. Inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi. Ona tilida muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviy yuksaltirishda, jamiyatda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz”.
Alisher Navoiy :
“Oldig’a qo’yganni emak - hayvon ishi
Og’ziga kelganni demak - nodon ishi”.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) Ulug` o`zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
Hayoti
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tug`ilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg`ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503—1504 yillarda Afg`onistonni egallaydi. 1519—1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi hamda uch asrdan ortiqroq davom etgan (1526—1858 y.y.) Boburiylar (g'arbda Buyuk Mo'g'illar nomi bilan mash'hur) saltanatiga asos soladi. Bobur 1930 yilda Agra (Hindistonda)da vafot etgan. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko`ra Qobulga ko`chirilgan.
Shoir
Lirik merosi «Qobul devoni» (1519)ga, 1528-29 yillarda «Hind devoni» ga jamlangan. To`liq devon tuzgani haqida ma`lumot bor. She`rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g`azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit`a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She`rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta`limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she`riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.
Boburning ulug` asari «Boburnoma» bo`lib, uni «Vaqoe» deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494—1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O`rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. «Boburnoma»ning o`ndan ortiq qo`lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. O`zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar e`lon qildi. «Boburnoma»ning 1948—1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda to`ldirilgan qayta nashri amalga oshirildi.
Boburning nashr qilingan asarlari «Boburnoma»ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Erskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 1826—1985 yillar davomida «Boburnoma» 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o`girilgan.
Yangi alifbo-"Xatti Boburiy"ni (1504) kashf qildi. Unda she`rlar yozdi va Qur’on ko`chirtirdi.
Boburning soliq ishlari haqida ma`lumot beruvchi «Mubayyinul-zakot» (1521), aruz vazni haqidagi «Risolai aruz» (1523-25) kabi asarlari bor. «Aruz risolasi»da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she`riy asarlardagi ko`rinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valining «Volidiya» asarini o`zbekchaga she`riy tarjima qilgan. Boburning «Harb ishi», «Musiqa ilmi» nomli asarlar yaratgani haqida ham ma`lumot bor. Ammo, ular topilgan emas.
Javohirlal Neru, M.Gandi, A.K.Singxa, B.A.Luniya kabi davlat va fan arboblari Bobur va boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi, jahon sivilizatsiyasidagi mavqeini haqqoniy e`tirof etgan. Bobur ijodi bilan xorijiy olimlardan U.Erskin, S.M.Edvards, A.Beverij, X. Beverij, R.M.Kaldekot, Ch.Stori, E.Xolden, L.U.King. F.J.Talbot, D.Ross, J.Elfiniston, I.Mano; F.Ko`prulu, Z.Mansuriy, A.K Singxa, R.Sharma, R.R.Arat, H.Boyir, Sh.Yorqin; N.Ilminskiy, N.Veselovskiy, A.Samoylovich, M.Sale, I.V.Stebleva; o`zbek olimlari Fitrat, P.Shamsiev, H.Yoqubov, V.Zohidov, S.Azimjonova, A.Qayumov, A.Abdug`afurov, G`.Salomov, N.Otajonov, B.Qosimov, S.Hasanov, H.Boltaboev v.b. shug`ullanganlar. O`zbekiston Milliy universiteti olimlari Boburning she`riy mahorati, «Mubayyin» asari borasida tadqiqotlar olib borishmoqda.
«Bobirnoma» mavzusida qator badiiy asarlar ham yaratilgan. Flora Anna Stilning «Boburxon» (Parij, 1940), Fernard Grenardning «Bobur» (Parij, 1930), Harold Lembning «Bobur-yo`lbars» (Nyu-York, 1961) romanlari, Vambek Gaskonining «Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk mo`g`ullar» (Nyu-York, 1980) esse-romanlari shular jumlasidandir. Hindistonlik Muni La`l boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. O`zbek adabiyotida Oybek, P.Qodirov, B.Boyqobilov, X.Sultonov, X.Davron Boburga bag`ishlab roman, qissa va dostonlar yaratdilar.
Bobur nomida xalqaro ilmiy eksriditsiya mavjud bo`lib, uning a`zolari Bobur qadamjolari bo`ylab besh marta safar uyushtirdilar. Ekspeditsiya materiallari asosida «Bobur va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o`rni» memorial muzeyi tashkil qilinib, uning jamg`armasida Bobur nomi bilan bog`liq 500dan ortiq kitob va manbalar bor. Andijonda Bog`i Bobur tashkil qilinib, buyuk shoirning hoki keltirilgan ramziy qabr bor, Ark ichi memorial kompleksi Bobur yashagan davr haqida ma`lumot beradi.