BUYUMLAR VA ULARNING TURLARI.
Reja:
1.Buyumlar va ularning turlari
2.Buyumlarning ishlatilishi
3.Buyumlarni turiga qarab ishlatilishi
Chizmalar mashinasozlik sanoatida buyumlar ishlab chiqarishda asosiy va yagona texnikaviy hujjat hisoblanadi. Mashinasozlik sanoatining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan buyumlar standartga muvofiq ikki guruhga: asosiy ishlab chiqarish buyumlari va yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish buyumlariga xalq xo‘jaligiga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan buyumlar kiradi, masalan, zavod traktor, paxta terish
mashinalarini ishlab chiqarsa, bu buyumlar zavod uchun asosiy ishlab chiqarish buyumlari hisoblanadi.
Yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga asosiy ishlab chiqarish buyumlari ehtiyoji uchun ishlab chiqariladigan buyumlar, masalan, traktor yoki paxta terish masinalari ishlab chiqarishda ishlatiladigan turli moslamalar, shtamplar, qirqish va o‘lchash asboblari kabilar kiradi.
Buyumlar standartga muvofiq: detallar, yig‘ish birlikmalari, kompleks va komplektlargaajraladi. Detal - bir nomli va markali materialdan yig‘masdan tayyorlangan buyum, masalan, val, porshen, korpus, shatun, bolt, gayka, shpilkakabilar. Detalning m’lum maqsad uchun o‘yilgan, qirqilgan qismlari uning elementlariga kiradi. Masalan, faska, ariqcha, galtel, shlitsa, rezba va boshqalar.
Yig‘ish birikmalari - tarkibiy qismlari yig‘ish vositasida biriktirilgan buyumlar. Masalan, traktor, stanok, ventil. kran, go‘sht qiymalagich va boshqalar. Shuningdek, yig‘ish birikmalari qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin:
1. Konstruksiyasi bo‘yicha tarkibiy qismlarga ajraladigan buyumlar,
masalan, minorali kranlar, ekskovatorlar, po‘lat konstruksiyali ko‘priklar va boshqalar. Bunday buyumlar ish joylarida yig‘iladi.
2. Umumiy vazifaga ega bo‘lgan yig‘ish birlikmalari va detallar
to‘plamidan tashkil topgan bo‘lib, ular tayyorlovchi korxonalarda boshqa yig‘ish birlikmalariga o‘rnatiladi. Masalan, avtomobilning elektr jihozlari, sovitish tizimi, yonilg‘i bilan ta’minlash tizimi, tormozlash tizimi kabilar.
3. Umumiy vazifaga ega bo‘lgan quti, g‘ilof va shunga o‘xshash idishlarga joylangan buyumlar to‘plami. Masalan, chizmachilik gotovalnyas, o‘lchash asboblari kabilar.
Kompleks - ikki va undan ortiq ixtisoslashtirilgan buyumlar tayyorlovchi korxonada yig‘ish vositasida birlashtirilmagan, ammo o‘zaro
biriga bog‘liq ekspluatatsion vazifalarni bajarishi ko‘zda tutilgan buyum. Kompleksga kiruvchi har bir buyum kompleks uchun bir yoki bir necha asosiy ishlarni bajarishga xizmat qiladi. Masalan, stanoklarning potok liniyalari, parmalash qurilmasi, paxta terish mashinalari va boshqalar. Kompleksni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan detallar, yig‘ish birlikmalari, ehtiyot qismlar ham kompleksga kiradi.
Komplekt - tayyorlovchi korxonada yig‘ish vositasida biriktirilmaganumumiy yordamchi xarakterdagi vazifalarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq bo‘lgan buyumlar. Komplektga ehtiyot qismlar komplekti, asboblar va jihozlar, o‘lchash apparatlari komplekti va boshqalar kiradi.
Shuningdek, komplektlarga yig‘ish birikmalari va detallar bilan qo‘shib jo‘natiladigan, ishlatishda yordamchi vazifa bajaruvchi yig‘ish birlikmalari va detallarni ham kiritish mumkin. Buyumlar tarkibiy qismlari bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga qarab ikkiga
bo‘linadi:
1. Spetsifikatsiyalanmagan (detallar) - tarkibiy qismiga ega bo‘lmagan.
2. Spetsifikatsiyalangan (yig‘ish birikmalari, komplekslar, komplektlar) -
ikki va undan ortiq qismlardan tashkil topgan buyumlar.
Dostları ilə paylaş: |