“Buyurtmachi” deb ataluvchi bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Ijrochi”



Yüklə 65,06 Kb.
səhifə4/4
tarix31.01.2023
ölçüsü65,06 Kb.
#81860
1   2   3   4
Xaq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi

V. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
5.1. Ushbu shartnomani bajarish chogʻida va bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar hamda kelishmovchiliklar Taraflar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
5.2. Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etishning imkoni boʻlmagan taqdirda Taraflar kelishmovchiliklarni sudgacha tartibga solishning amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibotini amalga oshirganlaridan soʻng ularni koʻrib chiqish va hal qilish uchun tegishlilik hamda taalluqliligi boʻyicha Sudga murojaat etiladi.


VI. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
6.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va 1 kuniga qadar amal qiladi.


VII. QOʻSHIMCHA SHARTLAR VA YAKUNLOVCHI QOIDALAR
7.1. Mazkur shartnomani oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda mehnat toʻgʻrisida qonunchiligidan kelib chiqadigan munosabatlar tadbiq etilmaydi.
7.2. “Ijrochi” ushbu shartnoma va unga ilova tariqasida berilgan chora-tadbirlar rejalari, dasturlari, shuningdek boshqa tartibdagi majburiyatlarni kunlik va oylik bajarilishi yuzasidan tegishli maʼlumotlarni hamda hisobotlarni keyingi kundan kechiktirmasdan “Buyurtmachi”ga taqdim etadi.
7.3. “Ijrochi” oʻziga biriktirilgan hududdagi debitor qarzdorliklarni oʻz vaqtida undirilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
7.4. “Ijrochi” tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda “Byurtmachi”ning talabiga asosan shartnoma muddatidan oldin bir tomonlama bekor qilinadi.
7.6. “Ijrochi” tomonidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish yozma ravishda murojaat etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda shartnoma boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilgan yohud majburiyatlar bajarilmagan boʻlsa, uning bajarib boʻlmaslik sabablari koʻrsatilishi shart. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish sabablari Taraflar ishtirokida koʻrib chiqiladi va tegishli tartibda rasmiylashtiriladi. Shartnoma majburiyatlari toʻliq bajarilgan boʻlsa, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar, shartnoma boʻyicha majburiyatlar taraflarning biri tomonidan bajarilmagan boʻlsa, uni toʻliq bajarilishi boʻyicha tegishli choralar koʻriladi va ushbu holat boʻyicha kelishuvga erishilmagan taqdirda shartnomaning V-boʻlimida nazarda tutilgan yoʻnalishda hal qilinadi.
7.7. Ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin taraflar oʻrtasidagi majburiyatlarning bajarilishi oʻz-oʻzidan toʻxtatiladi. Bunda taraflarning yozma ravishdagi roziliklari talab etilmaydi.
7.8. Ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugaganda yoki taraflarning talabiga koʻra muddatidan oldin bekor qilinganda “Buyurtmachi” tomonidan “Ijrochi”ga berilgan moddiy-texnika jihozlar va boshqa filialga tegishli buyumlar qabul qilish va topshirish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu holat taraflar tomonidan bajarilmagan taqdirda yetkazilgan zararni oʻrnini qoplash uchun amaldagi qonunchiliklar asosida huquqni muhofaza qilish organlariga yohud sudga murojaat etilishiga asos hisoblanadi.
7.9. Ushbu xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnoma hisoblanib, uning bajarilishi tartibi Mehnat kodeksi va qonunchiligidagi normalarga, shuningdek, munosabatlarga tadbiq etilmaydi.
7.10. Mazkur shartnoma boʻyicha ilovalar uning ajralmas qismini tashkil etadi.
7.11. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilib, ikkala nusxa bir xil kuchga ega va har bir Tarafda ushbu shartnomaning bir nusxasi saqlanadi.


TARAFLARNING MANZILLARI

Buyurtmachi
1
1
1
1
_________________________
M.Oʻ.
1

Ijrochi
1
+998907290610
1
_________________________
M.Oʻ.
1

Yüklə 65,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin