By M. Quvondiqova Reja


Ibn Sinoning matematik ijodi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə2/4
tarix11.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#110981
1   2   3   4
10-dars

Ibn Sinoning matematik ijodi
Ibn Sinoning uchta kitobi “Kitob an-najot”, “Donishnoma” va asosan, “Kitob ash-shifo”ga kvadriviumning uch sohasi: geometriya, arifmetika va astronomiyaga oid izlanishlari kiritilgan. Ana shu uchta to‘plamga nazariy astronomiya va bizning davrimizgacha yetib kelmagan amaliy astronomiyaga oid tadqiqotlarini qo‘shish mumkin. 
Geometriyada Ibn Sino dastlab burchak tushunchasi haqida “Risola fi-z-zaviyya” (“Burchak haqida risola”)ni yozgan. Ammo bizgacha yetib kelmagani yoki hali topilmagani bois bu risolaning mazmunidan bexabarmiz. Ikkinchi ishida: “Fakt haqidagi qisqacha bayon shundan iboratki, burchak aylana va urinma (egri chiziqning biror nuqtasiga tegib o‘tgan to‘g‘ri chiziq) orasida qiymatga ega bo‘la olmaydi”, deb yozgan. Bu qarash antik yunon olimlariga yaxshi tanish bo‘lgan. Yevklid “Negizlar”ning III kitobida uni aniqlagan. Undan so‘ng bu fikrni Proklus o‘rtaga tashlagan (mil. avv. V asr). Ibn Sinoning mazkur fikrini olimlar, xususan, Ibn al-Xaysam (1039-y.) keyinchalik “Negizlar”ning arabcha sharhi deb qaradilar. Aylana va to‘g‘ri chiziqning urinishidan nima hosil bo‘lishi faqat matematiklarni emas, qadimgi yunon faylasuflarini ham qiziqtirgan, Aristotel boshchiligida uning ahamiyati muhokama qilingani Ibn Sinoni bu masalaga qaytishga undagan bo‘lsa kerak. 
Beruniyning ilm-fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli boʻlgan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qoʻlida taʼlim oladi. Ibn Iroq falakiyot va riyoziyotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagʻishlaydi. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zoʻr hurmat bilan tilga oladi. Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shugʻullandi. Sharqning boy fan va madaniyatini puxta oʻrganib, yunon ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik olim boʻlib yetishdi. Beruniy shoir, adabiyotshunos ham edi. Ona tilidan tashqari arab, sugʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini egalladi. Keyinchalik, Hindistonda sanskrit tilini oʻrgandi. Oʻz ilmiy asarlaridan birida yozishicha, Beruniy Xorazmda yashagan davrida 990-yildan Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar oʻtkazgan. Bu kuzatishlar uchun oʻzi astronomik asboblar ixtiro etgan. Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan edi. Uning ilmiy merosi juda keng va rang-barang. Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zoʻr qobiliyati uning koʻpchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonidan eʼtirof etilgan. 1035-36-yillarda Beruniy oʻz ilmiy ishlarining roʻyxatini tuzadi. Bunda shu vaqtgacha yozgan Kitob va risolalari 113 taga yetgani koʻrsatilgan. Keyingi yozgan asarlarini ham qoʻshsak, u qoldirgan ilmiy meros 152 kitob va risoladan iborat. Uning asarlari mavzu jihatdan turli-tuman. Koʻpchilik asarlari oʻz zamonasida oʻziga xos bir ensiklopediya hisoblangan. Asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geografiya va geodeziya, 3 tasi maʼdanshunoslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi iqlimshunoslik, biri fizika, biri dorishunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa, 18 tasi adabiyot va boshqa fanlarga oiddir.
Beruniy oʻz zamonasining ulkan matematiklaridan biri edi. Uning matematika faniga qoʻshgan hissasi muhim ahamiyatga ega. Beruniy asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi va trigonometriya tushunchalari maʼlum tartib bilan taʼriflandi. Olimning arifmetika va algebrasining katta yutugʻi shundan iboratki, unda irratsional sonlar arifmetika va algebraning teng huquqli predmeti boʻlib qoldi. Arifmetika sohasida u mashhur uchlamchi qoidani koʻrib chiqadi, besh, yetti va undan ortiq miqdorlarning hollari uchun uchlamchi qoidani umumlashtiruvchi qoidalarni bayon qiladi.
Beruniy trigonometriya sohasida ham katta yutuqlarga erishdi. Baʼzi bir hozirgi zamon tadqiqotchilari Beruniyni trigonometriyaga mustaqil fan sifatida qaragan birinchi olim deb eʼtirof etmoqda. “Al-Qonun al Masʼudiy” asarida yassi va sferik trigonometriyani bayon qilgan. U trigonometrik funksiyaning chiziqli va kvadrat interpolitiv qoidasini ishlab berdi, oʻrtacha aniq hisoblar metodini taklif qilib, tegishli jadvallarni keltirdi, bir qancha oʻnli raqamlar uchun P miqdorini aniq hisoblab chiqdi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin