Abu Nasr Muhammad ibn Nuhammad ibn Uzlug’ ibn Tarxon Farobiy 873 yilda Aris daryosi Sirdaryoga quyiladigan yerda(hozirgi Toshkentdan taxminan 200 km shimoliy-g’arbda) Farob degan joyda tug’ilgan. Farob keyinchalik O’tror degan nom olgan. Farobiy turkiy qabilalardan bo’lgan oilada tug’ilgan va boshlang’ich ma’lumotni turkiy tilda olgan.
FAROBIY ASARLARI HAQIDA Mashxur olim Farobiy kelgusi avlodlar uchun yozib qoldirgan asarlari soni hozirgacha to’liq aniqlanmagan. Bu haqda tarixchilar ham turlicha raqamlarni keltiradilar. Jamoliddin ibn al-Kiftiy Forobiyning 72 asari nomini, Ibn Abi Usaybia 112 asari nomini, nemis olimi Brokkelman 180 ga yaqin asarlari nomini, hozirgi zamon turk olimi Axmad Otash 160 ta kitoblari nomini keltiradi. Lenin bizning davrimizgacha Forobiyning fakqat 40 ta asari yetib kelgan, xolos. O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi M. M. Xayrullaev Farobiy ijodini o’rganish sohasida bir necha yillardan beri ilmiy izlanish ishlari olib bormoqda. M. M. Xayrullaev o’zining 1963 yilda yozilgan «Farobiy va uning falsafiy risolalari» kitobida Forobiy asarlari ro’yxatini tuzgan, bu ro’yxat 119 nomdan iborat, bunda olimning sakkizta asarining o’zbek tilidagi tarjimalari ham bayon etilgan. ’
XIX asr o’rtalaridan boshlab, Farobiy asarlari fransuz, nemis, ingliz, ispan, keyinchalik fors, turk tillariga tarjima etildi. Sovetlar Ittifoqida Farobiyning ko’p asarlari o’zbek, rus, qozoq tillariga tarjima etilib, nashr etildi. Sovet xalqi ulug’ olim asarlari bilan tanishmoqda va ularni zo’r qiziqish bilan o’rganmoqda. FAROBIYNING MATEMATIKAGA DOIR ASARLARI «llmlarning klassifikatsiyasi va ta’rifi haqida kitob»ning matematikaga bag’ishlagan bo’limi arab tilida Qohirada 1949-yilda nashr etilgan bo’lib, uning rus tiliga tarjimasi 1972-yilda nashr etilgan.Bu asarning qo’l yozmalari Parij, Istambul, Madrid kutubxonalarida saqlanmoqda. Kremonalik Gerardo XII asrda bu asarni lotin tiliga tarjima etgan. Kamerario tomonidan lotin tiliga qilingan tarjimasi esa 1588 yilda Parijda nashr etilgan. Bu asar boshqa tillarga ham tarjima etilgan.