Byudjet hisobi


hisobining vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/138
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175620
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   138
Byudjet hisobi G\'aniyev 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: 
1.
Davlat byudjeti g’azna ijrosi jarayoni muomalalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish
2.
Buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish; 
3.
Davlat byudjeti ijrosi natijalarini aniqlash; 
4.
Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzish, 
taqdim etish va boshqalar. 
Byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobini yuritish uchun 
operatsiyalar amalga oshirilganligini belgilovchi hujjatlar va ularni o’tkazishga doir farmoyishlar kabi 
birlamchi hisob hujjatlari asos bo’ladi. 
Birlamchi hisob hujjatlar byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalar amalga oshirilgan 
paytda yoki ular amalga oshirilgandan so’ng tuziladi. 
Byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha hisobot davriga doir operatsiyalarni amalga oshirilganligini 
tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo’lsa, ular buxgalteriya hisobida tegishli birlamchi hujjatlarni 
rasmiylashtirish orqali aks ettiriladi. 
Bunda, o’tgan yilga doir byudjetning g’azna ijrosi amalga oshiriladigan moliya yiliga qo’shimcha 
davrda byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobi, belgilangan 
tartibda aks ettirilgan, qo’shimcha davr mobaynida tuzilgan birlamchi hisob hujjatlari asosida, o’tgan 
yilning byudjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobida amalga oshiriladi. 
2.
 
Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari buxgalteriya 
hisobida qo’llaniladigan buxgalteriya xujjatlari. 


Byudjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobini amalga oshirish uchun g’aznachilik 
bo’linmalarining birlamchi hujjatlarga va hisobga olish registrlariga imzo qo’yish huquqiga ega 
hodimlari tomonidan imzolangan birlamchi hujjatlar rasmiylashtiriladi. 
Birlamchi hisob hujjatlarida ma’sul shaxslarning imzolari bo’lmasa, ular haqiqiy hisoblanmaydi.
Byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya yozuvi uchun quyidagi belgilangan 
tartibda rasmiylashtirilganlar asos bo’lib xizmat qiladi: 
G’aznachilik bo’linmalarining g’azna hisobvaraqlaridan, ushbu hisobvaraqlardan pul 
mablag’larining (o’tkazish va qabul qilish) harakatini tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning 
tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz 
holatidagi) ilova qilingan bank ko’chirmalari; 
G’aznachilik bo’linmalari maxsus hisobvaraqlaridan byudjet mablag’lari hisobiga ish haqi va unga 
tenglashtirilgan to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning ma’lum 
maqsadlar uchun byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan naqd pul mablag’lari to’lovi bo’yicha shu 
hisobvaraqlardan pul mablag’larining (o’tkazish va qayta tushirish) harakatini tasdiqlovchi xizmat 
ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari 
(elektron yoki qog’oz ko’rinishida) ilova qilingan bank ko’chirmalari; 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin