byudjet tizimi deyiladi. Byudjet tizimining tashkil etilishi va tuzilishi tamoyillariga (yaxlitligi, to‘laliligi, haqqoniyligi, oshkoraligi, mustaqilligi)ga byudjet tuzilmasi deb aytiladi.
Davlat mahalliy byudjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etish bo‘yicha davlat, mahalliy hokimiyat organlarining qonunchilik tomonidan belgilab qo‘yilgan faoliyatiga byudjet jarayoni deb aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122 moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston Davlat byudjeti o‘z ichiga respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni oladi”.
O‘zbekiston Respublikasida byudjet siyosatining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Iqtisodiyotni inqirozlardan holi etish;
- Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
- Investision jarayonlarni rag‘batlantirish va iqtisodiyotda jamg‘arish ulushini oshirish;
- Byudjetning moddiy soxa tarmoqlari korxonalariga ajratilayotgan dotatsiya shaklidagi unumsiz xarajatlarini kamaytirish;
- Soliq to‘lash va soliq tizimini takomillashtirish va nazorat qilish orqali byudjetning daromad bazasini mustahkamlash;
- Davlat xarajatlarining samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan faol moliyaviy nazorat o‘rnatuvchi tizimni yaratish;
- Davlat qarzi hajmi ustidan nazoratni kuchaytirish.
- Davlat byudjeti oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
- YAIM va MD ni qayta taqsimlash;
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish;
- Ijtimoiy siyosatni moliyalashtirish;
- Markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va uni ishlatilishini nazorat qilish.
Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini, uning ayrim bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil qilishni, byudjet tizimiga kiradigan byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjetlar tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag‘larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
Jahon tajribasi byudjet qonunchiligi shakllarining xilma-xilligidan dalolat beradi. Ular, odatda, ijroiya hokimiyatiga dasturlarni qonunchilik hokimiyati rahbarligida hisobdorlik saqlangan holda amalga oshirish imkoniyatini beruvchi tuzilmalardir.
Har qanday davlatning huquqiy piramidasi asosini Qonstitutsiya tashkil etadi. Unda davlat moliyasini boshqarishga tegishli jihatlar faqatgina prinsipial tomonlarni chegaralaydi, masalan:
- davlatning barcha mablag‘lari maxsus mo‘ljallangan hisobvaraqqa jamlanishi va ularni faqat qonunchilik doirasida foydalanilishi;
- boshqaruvning markaziy va mahalliy darajalari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- davlat moliyasi borasida ijro va qonunchilik hokimiyatlari o‘rtasida vakolatlarning chegaralanishi.
Konstitutsiyada belgilangan me’yorlardan tashqari, davlat moliyaviy boshqaruvini normativ tartibga solish maqsadida alohida sohalarga tegishli bo‘lgan qonunlar qabul qilinishi mumkin.
Hozirgi davrda turli mamlakatlarda byudjet islohotlari makroiqtisodiy tartibga solish va boshqarish vositasi sifatida qabul qilinmoqda. Byudjet qonunchiligi hukumatga yalpi xarajatlar darajasini, byudjet taqchilligi hajmini va davlat qarzini nazorat qilish imkoniyatini beradi, ya’ni makroiqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlarini nazorat qilish quyidagilarni qonuniy biriktirish orqali amalga oshiriladi:
- hokimiyat qonunchilik va ijro organlari o‘rtasida byudjet vakolatlarining taqsimlanishi;
- hukumatning nazoratni cheklovchi va byudjet protseduralari oshkoraligini pasaytiruvchi byudjetdan tashqari yoki kvazibyudjet faoliyatini taqiqlash;
- qonunchilikdan makroiqtisodiy nazoratni ta’minlovchi vosita sifatida foydalanish maqsadida byudjet taqchilligini, davlat qarzi va uni jalb etishni chegaralash.
O‘zbekistonda byudjet qonunchiligi uzoq muddat amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar (byudjet-huquq munosabatlarining alohida masalalarini tartibga soluvchi) va qisqa muddatli, har yili qayta ko‘rib chiqiluvchi hujjatlardan iborat (2.1-rasm).